«musiqa nazariyasi» kafedrasi
XIX asrning 60-70 yillardagi rus musiqa madaniyati
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
XIX asrning 60-70 yillardagi rus musiqa madaniyati.
1861 yilda dehqonlar ozodligi haqida reforma (isloxot) chiqarilgandan keyin san'atni barcha turlari tez rivojlana boshlaydi. Adabiyot sohasida Anton Pavlovich Chexov, Lev Nikolayevich Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, Vladimir Galaktionovich Korolenko, va boshqalar. Musavvirlik sohasida Serov, Kramskoy, Shishkin, Ayvazovskiy, Repin, Surikov kabilar ijod qilishadi. Musiqa san'atida ham ijrochilik shakllanadi. Pianist A.G.Rubinshteyn, violonchelist Davidov, skripkachi Auer, Venyavskiy, musiqaShunoslar Serov, Kuyi Stasov va boshqalar o'z maqolalari bilan chiqishadi. Dirijorlardan Napravnik, A.G.Rubinshteyn, M.A.Balakirev va boshqalar ishlaydi. 1859-yil Peterburg shahrida Anton Grigoryevich Rubinshteyn Rus musiqa jamiyatini tashkil qiladi. Bu jamoada musiqa sinflari bor edi. Shu sinflardan keyinchalik 1862-yilda birinchi rus konservatoriyasi tashkil topadi. Uning asoschisi va birinchi direktori A. G. Rubinshteyn bo'lgan. 1860-yilda Moskva shahrida Rus musiqa jamiyati, 1866-yilda ikkinchi rus konservatoriyasi ochildi. Uning asoschisi va rahbari Nikolay Grigoryevich Rubinshteyn bo'ladi. 1860-yillar oxiri 70-yillar davomida Peterburg shahrida Miliy Alekseyevich Balakirev «Qudratli to'da» kompozitorlar jamoasini tashkil qiladi. Jamoaga beshta kompozitor a'zo bo'lgan: 1. Miliy Alekseyevich Balakirev. 2. Sezar Antonovich Kyui. 3. Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov. 4. Modest Petrovich Musorgskiy. 5. Aleksandr Porfiryevich Borodin. Keyinchalik Shu kompozitorlar o'z ijodiy yo'llarini topib 70-yillarda tarqalib ketgan. Sezar Kyui ko'proq musiqa tanqidchisi sifatida tanilgan. Rimskiy-Korsakov va Musorgskiy opera kompozitorlari bo'lgan. Rimskiy-Korsakov ertaklarga qiziqib, aksariyat operalarini ertak janrida yaratgan. «Oltin xo'roz», «Qorqiz», «O'lmas Kashey», «Maykechasi», «Rojdestvo arafasidagi tun». Musorgskiy yaratgan operalardan «Boris Godunov», «Xovanshina», «Sorochin Yormarkasi» kabi operalari dunyo bo'yicha mashhur. A.P.Borodin ko'proq afsonaviy mavzularga qiziqib, o'z ijodida rus botirlari obrazlarini yoritadi. «Knyaz Igor» operasi, ikkita kvartet, 16 ta romans, «O'rta Osiyoda» nomli bir qismli simfonik manzarasi kabi taniqli asarlari mashhur. 60-yillarda Balakirev «Bepul musiqa maktabi»ni tashkil etadi. Unda musiqaga qobiliyati bor bolalar o'qishlari mumkin edi. Shu maktabda va rus musiqa jamiyatida simfonik orkestrlar mavjud bo'lgan. Rubinshteyn va Balakirev o'zlari dirijorlik qilib, kontsertlarini tashkil qilib chet el va rus kompozitorlari asarlari bilan tanishtiradi. Shu yillarda xalq ijodiga ham qiziqish oshib, kompozitorlar xalq kuylarini qayta ishlashar edi: M.A. Balakirevning ikkita to'plami «O'ttizta rus xalq qo'shiqlari», «Qiriqta rus xalq qo'shiqlari». N.A.Rimskiy-Korsakovning «Yuzta rus xalq qo'shiqlari», P.I.Chaykovskiyning «Ellikta rus xalq qo'shiqlari» mavjud. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling