«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet15/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

M.P.Musorgskiyning
Boris Godunov” operasi

Reja:
1. Operaning yaratilish tarixi


2. Qisqacha mazmuni
3. Dramaturgiyasi
Bayoni:
1.Yaratilish tarixi.
«Boris Godunov» operasini yozilishi va saxnaga qo`yilishi orasidagi davr Musorgskiy xayotida aloxida o`rin egallagan. «Boris Godunov» Musorgskiyning yangi xayotga qo'ygan qadamining ilk namunasi bo`lgan. 1868 yilning kuzida Pushkinshunos olim V. Nikolskiyning maslaxati bilan «Boris Godunov» tragediyasi asosida operani yozishga kirishdi. 1869 yilda operaning partiturasi yozib tugatildi. Boshlang`ich ko`rinishda opera 7 ta ko’rinishdan iborat bo`lgan. Musorgskiy partiturani Shu ko`rinishda teatr komitetiga taqdim etdi va opcrani imperator saxnasida qo`yilishini iltimos qildi. Lekin uning iltimosini rad etishdi. Rad etishlariga qaramay Musorgskiy shashtidan qaytmadi va operaning davomini yozishga kirishdi. Shunday qilib 1872 yilda operaning Yangi nashri paydo bo`ldi. U 9 sur'atdan iborat. Birinchi nashridagi «V carskom tereme» sur'ati yangi variant bilan almashtirildi. Unga Polsha saxnasi, Marina Mnishek obrazi Kroma saxnasi kiritldi.
II. Qisqacha mazmuni.
Voqea 1598-1605 yillarda Rossiya va Polshada bo`lib o`tadi. Novodeviche monastiri maydoniga xalq majburan to`planadi. Ular Boris Godunovdan taxtga o`tirishni yalinib so`rashlari kerak. Boris esa soxtalik bilan xalq talabini rad qilmoqchi bo`ladi. Boris taxtga o`tiradi. Xalq uni olqishlaydi, ammo Borisni vijdon azobi qiynaydi.Tun. Chudovoy monastiri xujrasi. Pimen monastir tarixchisi yilnoma yozmoqda. Yosh monax Grigoriy Pimendan shaxzoda Dmitriyning o`dirilishi tarixini bilib oldi. Grigoriy monastirdan qochib, Litva chegarasidagi xujralardan biriga keladi. Pristav kishilari qochoq Grigoriyni izlab kelganda Grigoriy qochib qutiladi.
Saroy xizmatkori, ayyor Shuyskiy shox Borisga Litvada soxta shaxzoda Dmitriy paydo bo`lganlagini aytadi. Shox bezovtalanadi. U Shuyskiydan shaxzodaning yoshlik paytida rostdan o`ldirilganligini yana surishtiradi. Shuyskiy shaxzodaning o`ldirilgan ligini tasdiqlaydi. Sandomirda Marina Moskva taxtini, boyliklarini orzu qiladi. Makkor ayol Marina soxta Dmitriyni Moskvaga yurish boshlashga rozi qiladi.
Moskva. Vasiliy Blajenniy sobori maydonida xalq yig`ilgan, ular orasida soxta Dmitriy lashkarlari kelayotganligini haqida xabar tarqaladi. Oddiy xalq xaqiqiy shaxzodaning tirikligiga ishonadi. Birgina telba tentak yonidan o`tayotgan Borisga «Shaxzodani o`ldirgan qotil uchun sig`inib bo'lmaydi»-deydi.
Moskva Kremli. Granovit palatasida boylar maslaxati. Shox Boris kelib taxtga o`tiradi va o`ladi. O`rmonda soxta Dmitriy lashkarlari bilan paydo bo`ladi va Moskvaga yurish qiladi, xaloyiq xam uning ketidan ergashadi.
III.Dramaturgiya.
Operaning dramaturgiyasi obrazlarni qarama-qarshiligi asosida tuzilgan. Xalq saxnalari xalq qo’shig`i orqali yorqin tasvirlangan: xalq qayg`usi -yig`i orqali ,xalqdan chiqqan odamlarni (Varlam va Yurodiviy) qo’shiqlar orqali tasvirlangan.
Rus saxnalariga qarama-qarshi turgan qism - III-qismdir. Bu qismda pol'shani raqs orqali ko’rsatilgan.
Musorgskiy ariyalardan ko`ra, monalogni afzal ko`radi-rechetativ va oxangni birligi mazmunini yorqin ifodalaydi.
Boris Godunovni monologi-psixologik, lirika-dramatiklig xolatini ko`rsatadi.



Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling