«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet19/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat savollar
Pyotr Ilich Chaykovskiy

Pyotr Ilich Chaykovskiy 1840 yilning may oyida Uralda Kamsk-Botkinsk zavodi boshqarma boshlig’i oilasida tug’ildi.


Kompozitorning yoshlpk yillari dastlab Votkinsk va Alapaevsk shaharlarida o’tdi. Bolaning musiqaga bo’lgan havasi juda erta uyg’ondi. Ammo uni o’n yasharligida Peterburg huquq bilim yurtiga o’qishga berdilar. Chaykovskiy 1859 yilda o’qishii tugatgach, yustitsiya departamentida chinovnik lavozimida ishlaydi, Shu davrda unda musiqa va teatrga bo’lgan havasi zo’raya boshladi. 1861 yilda Chaykovskiy A. Rubinshteyn tomonidan tashkil qilingan «musiqa sinflari» da qatnasha boshladi, 1862 yilda esa Peterburg kon- servatoriyasiga o’qishga kirdi, oradan bir yil o’tgandan keyin Yustitsiya departamentidagi ishidan istehfoga chiqdi.
Chaykovskiy A. Rubinshteynning kompozitsiya klassida o’qigan chog’ida A. N. Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» dramasi asosida orkestr uchun uvertyura, simfonik orkestr uchun «xarakterli raqslar», Fortepiano uchun sonata va variatsiyalar hamda Shillerning «Shodlik» odasiga kantata yozdi. 1865 yilda Chaykovskiy Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyat bilan tugatdi. 1866 yil- da Moskvaga bordi va rus musiqa jamiyatining Moskva bo’limiga qarashli «musiqa sinflari»da dars bera boshladi. Kompozitor pedagoglik faoliyatini ijodiy ishlari bilan birga olib bordi. Mana shu yillarida uning «Qish xayollari» nomli birinchi simfoniyasi (1866 yilda), A. N. Ostrovskiyning «Volgada ko’rgan tush» pyesasi asosida «Voevoda» operasi (1868 yilda, bu asar partiturasi keyinchalik kompozitor tomonidan yirtib tashlangan edi) va «Taqdir» deb ataladigan simfonik poemasi yozilgan edi.
Chaykovskiy 1866—1868 yillarda kompozitorlar — «Qudratli to’da» a’zolari bilan tanishdi, ular bilan yaqindan aloqada bo’ldi, rus milliy musiqa san’atini rivojlantirishda ularga ko’maklashdi. Kompozitor 1869 yilda o’zining mashhur asarlaridan biri — «Romeo va Juletta» uvertyura-fantaziyasini yaratdi, Jukovskiyning «Undina» poemasi asosida opera yozdi (bu opera ham «Voevoda» operasining qo’l yozmasi singari yo’q qilib tashlangan edi). Yetmishinchi yillarda Chaykovskiyning ijodi yanada rivoj topdi; u uchta torli kvartet, 2, 3 va 4 simfoniyalar, A. N. Ostrovskiyning «Snegurochka» ertagiga musiqa, birinchi «Oq qush ko’li» baleti, «Dovul» va «Franchesko da Rimini» nomli simfonik asarlar, Fortepiano bilan orkestr uchun ikkita kontsert, skripka bilan orkestr uchun bitta kontsert, orkestr uchun syuita, Fortepiano pyesalari, «Oprichnik», «Temirchi Vakula», «Evgeniy Onegin» va «Orlean qizi» nomli operalar yaratdi. Bu asarlarni yozish davrida kompozitorning g’oyat kuchli mahorati, ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqdi, ijodiy uslubi shakllandi.
Chaykovskiyning pedagogik faoliyati uning yangi-yangi ijodiy, rejalarini amalga oshishiga xalaqit bera boshladi. Nihoyat, kompozitor 1877 yilning kuzida pedagogik faoliyatini to’xtatib, Peterburgga ketadi, so’ngra 1885 yilgacha chet ellarda: Shvetsariya, Italiya va Frantsiyada yashaydi: Bu vaqt ichida kompozitor o’z ijodiy planlarini amalga oshira boshladi. «Torli orkestr uchun serenada», «Italyan kaprichiosi», Fortepiano triosi, romanslar, orkestr uchun uchta syuita, Beshinchi simfoniya, «Uyqudagi go’zal» baleti, «Mazepa», «Cherevichka» va «Charodeyka» operalarini yozishga muvaffaq bo’ldi.
Chaykovskiy «Charodeyka» operasini tamomlagan yili, ya’ni 1887 yilda jahonning ko’pchilik mamlakatlarida shuhrat qozondi va Yevropa shaharlariga borib kontsertlar berdi. Bunday sayohatlar yana bir necha bor takrorlanib turdi. Keyingi sayohatlaridan birida Angliya va Germaniyada bo’ldi, unga Kembridj universiteti tomonidan «Huquq doktori» faxriy unvoni berildi.
Rossiyada ham Chaykovskiy nomi hurmat bilan tilga olinadigan bo’ldi. U 1885 yilda Rus musiqa jamiyati Moskva bo’limlaridan birining direktori lavozimiga saylandi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asarlar nomidan shu narsa ma’lumki, Chaykovskiy musiqaning barcha janrlarida ijod qilgan hamda yuksak badiiylikka erishgan.
Ammo sa’hatning barcha janr va formalar orasida kompozitor opera san’atini juda yaxshi ko’rgan. Ijodkor o’zining maqolalari, kundaligi va xatlarida opera janrining juda muhimligi va eng demokratik janr ekanligini aytadi. U N. Fon Mekka yozgan xatida «Sizni kishilarga opera, faqatgina opera yaqinlashtiradi. Sizning musiqangizni haqiqiy shinavandaga yetkazadi...» deydi.
Chaykovskiy butun ijodiy faoliyati davomida opera janriga qayta-qayta murojaat qildi. Kompozitorning operalari mazmun, janr, hajmi jihatdan xilma-xildir.
Chaykovskiy operalarida orkestr muhim rol o’ynaydi, u dramaturgiya bilan organik bog’lanib ketadi va opera simfonizmiga aylanadi.
Kompozitorning birinchi operasi «Oprichnik» bir-biri bilan bog’langan bir necha dramatik yo’nalmaga ega. «Temirchi Vakula» operasi esa hajviy-fantastik mazmunda yozilgan.
Chaykovskiyning o’ziga xos opera uslubi uning «Evgeniy Onegin» operasida yaqqol ko’rinadi. Bu operada ijodkorning butun e’tibori qahramonlarning ichki dunyosini ochishga qaratilgan.
«Orlean qizi» va «Mazepa» operalarida esa vatanparvarlik g’oyasining tantanasi asosiy o’rin tutadi. Ayniqsa, «Orlean qizi» operasida frantsuz xalqining qahramoni Janna d’Arkning fojiali obrazi markaziy rol o’ynaydi.
1890 yilda yozilgan «Pikovaya dama» operasi kompozitor opera ijodining eng yuqori cho’qqisi bo’ldi. Chaykovskiyning o’zi ham bu to’g’rida «yo men adashyapman yoki «Pikovaya dama» haqiqatdan ham bebaho, nodir asar», deb yozgan edi.



Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling