«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Mavzu: Qadimgi rus musiqa madaniyati


Download 237.77 Kb.
bet2/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Mavzu: Qadimgi rus musiqa madaniyati.
Reja:

  1. Qadimgi rus musiqa madaniyati

  2. Kiyev rusining musiqa madaniyati

  3. Moskov rusining musiqa madaniyati

Bayoni:
Qadimgi rus musiqa madaniyati o’ziga xos boy va ko’p qirralidir. Qadimgi rus xalqining qo’shiq san’ati 2 yo’nalishda rivojlangan. Bular:

  1. Kalendar doirasidagi (Mavsumiy) qo’shiqlar

  2. Oila davrasida kuylanadigan qo’shiqlar

Kalendar doirasidagi qo’shiqlar, tabiat xodisalari bilan bog’liq bo’lib ular ta’sirida paydo bo’lgan. Bu qo’shiqlar fasllar almashganda kuylanadi. Bahorda odamlar tabiatni uyg’onishini sharaflab, undan ularga mehribon bo’lishini so’rashadi. Kuzda esa bergan mo’l xosil uchun sharaflashgan.
Oila davrasida kuylanadigan qo’shiqlarni oilaviy marosimlarda kuylashgan. Qadimgi slavyanlarda motam qo’shiqlari keng tarqalgan.
Buyuk Rus davlati bir necha knyazliklarga bo’linadi.bular: Kiyev, Novgorod, Vladimir Suzdal, Moskov knyazliklaridir. Bular Rossiya tarixida madaniy jixatdan katta axamiyatga ega.
Kiyev Russining musiqa madaniyati
Kiyev Novgorod, Vladimir Suzdal, Moskov knyazliklari birgalikda, birlashgan xolda musiqa san’atida muvaffaqiyatlarga erishdi. X asrda bu davlatlar dunyo tarixida birinchi o’ringa chiqgan. Kiyev Evropa shaxarlari ichida eng kattasi hisoblanadi. Kiyev Russi kelajak avlodga judayam boy ma’naviy yodgorliklar qoldirgan. Bulardan biri 1037-yilda barpo etilgan “Sofiya Soboridir”. Shu bilan birgalikda Novgorod teatrida taniqli xalq qaxramoni qo’g’irchoq Petrushkaning paydo bo’lishi ham Shu davrga to’g’ri keladi.
Moskov Russining musiqa madaniyati
Moskov Russining musiqa madaniyati juda boy bo’lib, undagi qo’shiq janri 4 yonalishda shakllangan. Bular:

  1. Tarixiy qo’shiqlar

  2. Cho’zib aytiladigan qo’shiqlar

  3. Diniy (Cherkov) qo’shiqlar

  4. Saroy qo’shiqlari

Tarixiy qo’shiqlar xalq ijodi bilan bog’liq bo’lib, ularda tarixiy voqealar ya’ni Mongol-Totar bosqinchilariga qarshi kurashlari mavzulari kuylangan. Qo’shiqlarning asosiy mavzusi ijtimoiy tengsizlikka qarshilikni tasvirlagan.
Cho’zib aytiladigan qo’shiqlar. Rus musiqa madaniyatida yorqin milliy qo’shiqlardan biri bo’lib, u cho’zib aytiladigan lirik qo’shiqlardir. Ularda asosan rus dehqonlarining ozodlikka chiqishi va dehqon ayollarini achiq hayotlari kuylangan. Qo’shiqni boshqa janrlardan ajralib turuvchi jixatlari – ohangi yig’i va konsanans asosida shakllangan. Cho’zib aytiladigan qo’shiqlar xor ijrosida aytiladi. Ijroda asosiy ovozga bir necha ovozlar qo’shilib erkin improvizatsiya (Badihalash) asosida yangi ovozlar paydo bo’ladi.
Diniy (Cherkov) qo’shiqlar cho’zib aytiladigan qo’shiqlar katta ta’sir etgan. XVI asrda yangi ko’p ovozli cherkov qo’shiqchiligi katta o’rin egallaydi. Bu qo’shiqchilikni uch ovozli polifonok xususiyati ahamiyatlidir.
Saroy qo’shiqlari asosan saroy xori bilan bog’liqdir va rus musiqa madaniyatida aloxida o’rin egallaydi.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling