«musiqa nazariyasi» kafedrasi
PYOTR ILICH CHAYKOVSKIYNING
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
PYOTR ILICH CHAYKOVSKIYNING
SIMFONIK IJODI. Chaykovskiy o`zining xayoti va ijodi davomida juda ko`p opera va balet simfoniya va kamer asarlarni yaratib asrning buyuk kompozitorlari qatoridan o`rin olgan. Kompozitor ijodining 60-70 yillarida yaratilgan simfonik asarlar lirik fojeali qarama-qarshiliklar g`oyasidadir. Chaykovskiyning xayoti va ijodi davomida simfonik musiqa katta o`rinni egallagan. Kompozitorning dastlabki asari 1864 yilda Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» dramasiga yozgan uvertyurasidir. Oltinchi simfoniya va uchinchi fortepiano koncerti o`limidan oldin yozilgan mashxur asarlaridandir. Chaykovskiyning simfonik ijodi chuqur va rang-barang. U o`z ijodi bilan inson qalbini aniq va ravshan ocha bilgan, Shu bilan birga g`am va alam, baxt va baxtsizlikni ham. Kompozitorning ichki dunyosi - ijodining asosiy mavzusidir. Kompozitor ijodidan Shu bilan qoniqib qolmaganligi, tabiat manzaralarini yorqin namoyon qila olganligini ham uchratamiz. U o`z simfonik ijodida katta xayotiy, falsafiy muammolarni lirika bilan o'z o`rniga qo`ya olgan va o`z vaqtining xayotiy muammolarni ko`rsata olgan. Lirik asarlarining dramaturgiyasida xayotiy qarama-qarshiliklar orkestr tembri oxanglarida aks etgan. Kompozitor asarlarining ko`proq qismi dasturli. Masalan, «Romeo va Juletta» uvertyurasi. Dasturli simfoniyalaridan biri bu «Manfred»^ dastur kompozitorga xayoliy turtki bo`lib, adabiyotlardan yana ham yorqin kuylar yaratgan. Kompozitorning bazi bir dasturli simfoniyalari, masalan «6-simfoniya»si yaratilganda uning uchun katta axamiyatga ega bo`lgan. Shunga qaramay nashr qilinmagan. Kompozitorga xos bo`lmagan abadiy obrazlar asarlarining hama qismlarida mavjud. Uning uchun asosiysi — umumiy g`oya bilan asarlarini ilxomlanib yorita olishi. Shu bilan birga yorqin, ma'noli musiqiy mavzuni aniq bo`lishiga yordam bergan. Chaykovskiyning turli xil janrlardagi simfonik asarlari orasida mazmunli, bir qismli uvertyura va poema asosiysidir. Kompozitorning birinchi uchta simfoniyasi juda xilma xil Moskva tabiatini ifodalovchi xarakterga ega. Simfoniyalari. Birinchi -«Qish hayollari» sol minor tonalligida yozilgan va lirik mungli xarakterdadir. Kompozitorning ijodida rus tabiati katta o`rin egallagan. Simfoniyaning final qismida alolxida xalq turmushini yorqin yoritib bergan. Ikkinchi simfoniyasi - Do minor tonalligida yozilgan. Unda ukraina oxangi, xarakterli, manzarali turmush uning ijodining «Kuchkistov» Uchinchi simfoniyasi - Re major tonalligida. Xamma simfoniyalaridan boshqacha tuzilishda yozilgan bo`lib, besh qismdan iborat. Simfoniyada raqs ya'ni vals, polonez katta o`rin egallagan va kompozitor syuitaga yaqinlashtirib yozgan. To`rtinchi simfoniya - Chaykovskiyning bu simfoniyasi rus musiqasida mashxur asarlaridan xisoblanadi. Kompozitor атrofidagi insonlar aro nizo, kelishmovchilikni ushbu simfoniya dramasida to`liq ma'noli so`zlar bilan yoritib bergan, so`ng shu singari «M^rsfred» beshinchi va oltinchi sifoniyalarini ham o`z mavzusi orqali gavdalantirgan ya'ni namoish qilgan. Hamma turli echimlar mavzuda ilgari esa, bular turli xil tipda final qismida edi. Bularning hammasi simfoniyaga qo`shilib, umumiylashib g`oyalari niyat va tuyg`ulari aks etgan. Har bir simfoniyada siymolar baxt saodat haqida orzu qiladigan siymolarga qarshi kuylaydi - musiqada insonning xayot uchun, xursandchilik uchun qatiy kurashi aks ettiriladi (ochib beriladi). Chaykovskiyning orkestr syuitalaridan uchinchi asar muximligi bilan ajralib turadi. Motsartning fortepiano pesalari qatoridan joy olgan «Mocartina» syuitasi orkestr transkripciyasi —boy g`oyaga ega. Kamer orkestri uchun yozilgan «Torli soz uchun serenada» syuita janriga juda yaqin. Chaykovskiyning simfonik ijodida koncertlar muxim o`rin tutadi. Bular ichida fortepiano uchun binichi koncert, skripka uchun koncert va rakoko, mavzusida violonchel bilan orkestr uchun variaciyalar aloxida axamiyatga ega. Bu soxada Chaykovskiy o`zining yaratgan asarlari bilan koncert janrining rivojiga katta xissa qo`shdi. Chaykovskiy simfonist nafaqat Glinka an'analarini davom ettirdi, balki Betxovenning dramatik simfonizmini va ertak romantiklarning (birinchi navbatda Shubertning) lirik qo`shiqchilik an'analarini ham davom ettirdi. Chaykovskiy dunyo musiqa san'atida Betxovendan keyingi buyuk simfonistdir. Simfonik asarlari tartibi: 1. « Zimniye gryozi » 1866 y. 2. Ikkinchi simfoniyasi (1872 yilda yozilgan 1879 yilda redakciya qilingan). 3. «Uchinchi simfoniya» 1875 y. 4. «To`rtinchi simfoniya» 1877 y. 5.«Manfred» 1885 y. 6. «Beshinchi simfoniya» 1888 y. 7. «Oltinchi simfoniya»-«Pogeticheskaya» 1893 y. Mavzu: PETR ILICH CHAYKOVSKIYNING "YEVGENIY ONEGIN" operasi. REJA:
Operaning yaratilish tarixi. Operaning qisqacha mazmuni. Musiqa tili. Operaning san’atdagi o’rni (navatorligi). Yaratilish tarixi. P.I.Chaykovskiy yoshligidan Pushkin she’rlarini sevib o’qigan va bu uni ilxomlantiradi. Kompozitorning Pushkin she’riy romandagi eng sevimli joyi Tatyanani Oneginga yozgan xati bo’lgan va kompozitor bu so’zlarga musiqa yozishni orzu qilgan. Kompozitorning orzusi amalga oshib operani yozishni Moskvada boshlab 1877 yili Italiyaga borib, 1878 yili yakunlaydi. Operaning katta qismi rus tabiati qo’ynida yozilgan. Uning librettosini Chaykovskiy iltimosiga ko’ra do’sti K. S. Shilovskiy yozadi. “Yevgeniy Onegin” operasi kompozitor opera ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Opera premyerasi 1879 yil 29 mart kuni Moskvadagi kichik teatrda N.Rubinshteyin qo’l ostida Moskva Konservatoriyasining talabalari tomonidan ijro etildi. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling