«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet23/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat savollari

  1. Yevgeniy Onegin” operasi kimning asari asosida yozilgan?

  2. Operaning yaratilish tarixi.

  3. Operaning qisqacha mazmuni.

  4. Musiqa tili.

  5. Operaning san’atdagi o’rni (navatorligi).



MAVZU: PYOTR ILICH CHAYKOVSKIYNING
BALET IJODI


BAYONI: Buyuk Pyotr Ilich CHaykovskiy rus musiqa madaniyatida klassik baletni asoschsi bo’lib, butun dunyo musiqasida yangi san’at – balet uchun musiqa san’ati janrini yaratdi.
CHaykovskiyning “Lebedinoye ozero” asarida (1876-yilda yozilgan) balet san’atidagi islohot harakatlari yaqqol sezildi. Ertak syujetiga asoslangan holda ya’ni, qizning oq-qushga aylanishi haqida bo’lib, CHaykovskiy asarda Shunday lirik-romantik, musiqaviy qissa yaratdiki; sevgi va haqiqatni, insonni go’zal hayollari va Shu bilan birga bu tuyg’ularga qarshi turgan yovuz tuyg’ularni ham ochib bera olgan.
CHaykovskiy ijodigacha baletda musiqa ikkinchi darajada ya’ni, xoreografiya uchun yozilgan jo’rnavoz rolini bajargan edi, endi esa yaratgan baletlarini musiqa san’atidagi o’mi, opera va simfonik asarlari kabi teng musiqiy janr bo’ldi. Aynan musiqa birinchi o’rinni egallab, kompozitorning ichki hislari (yakka raqs nomerlari orqali) asaming bosh mazmunini ochib berdi.
Kompozitor opera va simfonik janrlarga asoslanib, balet janrini chuqur g’oya, ma’noli, xarakterlami aniq ko’rsatib beradigan ifodalovchi sifatida namoyon qildi.
Kompazitoming opera va simfonik ijodidagi negizlari- balet janrida qo’llanilgan. “ Balet- huddi Shunaqa simfoniya”,- degan edi kompozitor CHaykovskiy va o’zini balet asarlarida simfoniya va opera janrlariga xos musiqaviy- mavzuviy - negizlari rivojlanishi uslubini qo’llagan.
Chaykovskiy islohot printsiplarini tasdiqlab keyingi ikkita ertak baletida davom etdi:- “Uyqudagi go’zal” (1889- yilda yozilgan) va “Shelkunchik” (1892- yilda yozilgan).
Musiqaviy xoreografik san’atidagi asosiy shakllar- “klassik” va “xarakterli” raqslar, pontamima va divertismentlar Chaykovskiyning baletlarida yangi ma’noga va ahamiyatga ega bo’ldi, ya’ni musiqiy mazmunini yoritish vazifasiga qaratildi. Chaykovskiyning baletlarida raqsdan bosh qahramonni xarakteri va umumiy mohiyatini ifodalovchi sifatida foydalanildi. Masalan: baletli adajio, monolog yoki lirik duet fünksiyasini bajarib, obrazlarni psixologik holatini yaqqol ochib beradi. Chaykovskiyning baletlaridagi harakatlarda Shunday raqslar asosiy o’rinni egallaydi. Harakterli raqslar esa ikkinchi darajali balet personajlarini va atrofdagi sharoitni yoritadi. Ko’pincha atrofdagi muhitni Chaykovskiy xilma- xil milliy janrlar- xarakterli raqslar va syuitalar orqali ifodalaydi. Shunga asoslangan holda raqs turida doim Chaykovskiyning ichki dunyosi ko’rsatilgan.
Pantomima ( raqs - xarakat) baletda operadagi qaratilgan va kuychanligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa vals ritmlari faqatgina valsda emas, balki boshqa musiqa nomerlarida qo’llanilgan.
CHaykovskiy balet musiqasini rivojlanishida xarakterli raqs, fortepiano pesalarini ustida ishlashga katta ahamiyat berdi. Balet janrida CHaykovskiy Glinkaning davomchisi bo’lib, uning simfonizatsiyalangan raqslarini o’z ijodida namuna sifatida qo’llagan.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling