«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar: 1. Ma’ruza matni bo’yicha konspekt yozing. 2. Rus musiqa san’ati haqida qanday o’z mustaqil fikrlaringiz bor Adabiyotlar
- Mavzu: XVIII asr musiqa madaniyati. Reja
Tayanch iboralar:
1.Kalendar doirasidagi qo’shiqlar – tabiat xodisalari,insonni hayoti Shu hodisalarga bog’liq bo’lgan qo’shiqlar. 2. Oila davrasidagi qo’shiqlar – oilaviy marosimlarda kuylashgan, Qadimgi slavyanlarda motam qo’shiqlari Nazorat savollari: 1. Rus hududida yashagan xalqlar madaniy an’analarining qadimiyligi va boyligi nimada? 2. Kiyev, Moskov rusi madaniyatlarida san’at turlari bilasizmi? Topshiriqlar: 1. Ma’ruza matni bo’yicha konspekt yozing. 2. Rus musiqa san’ati haqida qanday o’z mustaqil fikrlaringiz bor? Adabiyotlar: 1.Музыкально – энциклопедический словарь Мю-1990 г. 2. Русская музыкальная литература Вып-1 - Э.Л.Фрид 1979 г. Mavzu: XVIII asr musiqa madaniyati. Reja: 1. XVIII asrda Rossiya madaniyatining rivojlanishi. 2. Musiqa san’atining rivojlanishi va ta’sir etgan omillar. 3. Yangi shakl va janrlar. Bayon: XVIII asr Rossiya tarixida rivojlanishni o'zgartirgan voqealar sodir bo'ldi. Pyotr I ni farmonlari Rus davlati va uning madaniyatiga tubdan o’zgartirish kiritdi. Bu esa milliy madaniyatni har tomonlama rivojlanishiga olib keldi. XVIII asr rossiya madaniyatida maorif asri hisoblanadi. Diniy qarashlar o’rniga inson o’ylari birinchi o’ringa chiqdi. Volter, Russo, Teme Shiller nomlari butun dunyoga mashhur bo’ldi. XVIII asr mashhur madaniyat arboblari Yozuvchilar: Lomonosov, Derjavin, Karanzin, Fonvizin, Radishev. Rassomlar: Rokotov, Levitiskiy, Borovikovskiy. Haykaltaroshlar: Shubin. Arxitektorlar: Bajenov, Kazakov Rus san’atidgi katta yutuqlardan biri fan, musiqa sohasida milliy maktablarni yaratilishi bo’ldi. Rossiyada musiqa san’atining yangi turlari: opera, fortepiano va simfonik asarlar paydo bo’ldi. XVIII asr oxirida rus musiqa madaniyatida esdaqolarlik voqea- milliy kompozitorlik musiqa maktabi tashkil topdi. Kompozitorlar: Fomin, Pashkevich, Bortnyanskiy, Berezovskiy, Xandashkin, Matinskiy, Skolovskiy, Kozlonskiy, Dublinskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi. Rus madaniyatining yuksalishi va taraqqiy etishi Pyotr I islohoti bilan bog’liq bo’lib, birinchi marta Rossiyada armiya, flot, gazeta, teatr, universitet, fan akademiyasi, musiqiy ansambl paydo bo’ldi. Rus musiqa sohasida yangi shakllar vujudga keldi. XVII asrda vujudga kelgan Kant shakli-lirik, dramatic, hajviy turlarga boy bo’ladi. 1702 yilda nemis aktyori Mogann Kuns tomonidan tetr ochildi.Teatrning yutug’i Shundki, zodagonlar uchun emas, balki oddiy xalq uchun tomoshalar ko’rsatgan. Maorifat asri (Vek Prosvetseniya G’arbiy Yevropada) Rossiya madaniyatiga ta’sirini bildiradi. Pyotr I ning farmonlari Rus davlati va uning madaniyatiga tubdan o'zgartirish kiritdi. Bu esa milliy madaniyatning har tomonlama rivojlanishiga olib keldi. Lekin bu o'zgartirishlar faqat jamiyatni boy qatlamlariga foyda keltiradi. Jamiyatni past qatlamlarida yashovchi aholi qullarga aylandi. Pyotr I musiqani dvoryan oilalariga kirib borishiga diqqatini qaratdi. Musiqa faqat bayramlarda emas, balki ochiq kechalar ishtirokchisiga aylandi. Ansambllarda chet eldan kelgan menuet, allemanda, gavot va boshqa raqslar ijro etilardi. Chet el musiqasi bilan tanishish uchun Pyotr I har hafta chet el kompozitorlari- Korelli, Vivaldi va boshqa kompozitorlarning asarlari ijro etiladigan konsertlar uyushtirardi va bu konsertlarga kelish majburiy edi. Musiqa bilan tanishish majburiy bo'lsada, bu holat dvoryanlarni musiqaga qiziqishiga olib keldi. Ular zerikishganlarida har xil musiqiy asarlarni yozishar va bolalarini musiqaga o'rgatishardi. Pyotr I o'tkazgan hamma bayramlarda ijrochi va aShulachilar ishtirok etardi. Bu bayramlarda Kant shaklida asarlar ijro etilardi. Kantlar asosan va Pyotr I ni sharaflash mazmunida bo'lardi. Bu kantlar "kant-vivat" deb ham atashardi. Kantvivatlarning musiqasi marsh shaklida bo'lib ko'tarinkilik va bayramona kayfiyatda bo'lardi. Kantlarni ba' zi harakterlarini ta' siri rus klassiklarining asarlarida bilinadi. Glinkaning "Ivan Susanin" operasining "Slavsya" xori bunga misol bo'ladi. Moskvada 1702-yilda ochilgan teatr (Kunst teatri) musiqa va teatr hayotini rivojida katta ahamyatga ega. 1733-yili imperatritsa Anna loanovna tomonidan Peterburgga gastrol uchun italiyan drama truppasi taklif qilindi. Ko'p o'tmay kompozitor Franchesko Arayi boshchiligida opera truppasi tashkil etildi. 1736-yil Shu truppa tomonidan Arayi musiqasi bilan 1-marta "Sevgi va nafrat kuchi" nomli Italiya operasi qo'yildi. Truppada italyan va fransuz kompozitorlarining operalari doimo qo'yilardi. XVIII asr ning 50-yillarida operalar rus tilida ijro etila boshlandi. Birinchi Shunday opera Arayi tomonidan yozilib, Sumarikov so'zi bilan qo'yilgan bo'lib nomi "Tsefal va Prokris"edi. U 1755-yil qo'yilgan. Yangi san'at uchun hayotdan olingan rus milliy hayoti manbasi bo'ldi. Rossiyada yangi kompozitorlar guruhi pay do bo'ldi. Bulardan Y. U. Fomin, D. S. Bortuyanskiy, V. A. Pashkeyevich, M. Matinskiy I. Y. Xandoshkin, M. S. Berezovskiy, O. A. Kozlovskiy va boshqalarning ismlarini aytish joiz. Ularning ko'pi chet-elda ta'lim olgandi. Shu davr musiqasi umumyevropa madaniyatiga umumlashdi. Rus kompozitorlari yevropa kompozitorlaridan musiqa qoliplari, garmoniya va orkestrovka sirlarini o'zlashtirishadi. Lekin bu ularga rus bo'lishlariga halal bermasdi. Ular ijodlarini rus hayoti, harakterini va qo'shiqlaridan foydalanib aks etardilar. Kompozitorlar guruhi katta tarixiy ahamiyatga ega. Ular milliy kompozitorlik maktabiga asos solishgan. Ular ijodida opera, vokal lirik musiqa rivojlanib XIX asrda o'zining gullagan davriga keldi. XVIII va XIX asrning birinchi yarimidagi rus musiqasi. Rus musiqasi o'z rivojida katta va sharafli yo’lni bosib o'tdi. Glinka, Dargomijskiy, Borodin, Musorgskiy, Rimskiy- Korsakov, Chaykovskiy, Skryabin, Raxmaninov, Glazunov va boshqa buyuk, buyuk kompozitorlar Shular jumlasidandir. Ularning san'ati Rossiyani butun dunyoga sharaf va Shuhrat bilan tanitdi. Ular musiqasi yer sharining ko'pgina mamalakatlarda yangrab, odamlar qalblarida eng ezgu, ravshan va sof tuyg'ularni uyg'otmoqda. XIX asrdagi rus musiqa madaniyatining gullashi Rossiyadagi rivojlanish yo'llari bilan tayyorlangan. XVIII asrda shahar maishiy qo'shig'i paydo bo'ladi. Xarakteri ifodali, garmonik jo'r ovozi bilan. Shahar qo'shig'ining rivojlanishiga rus shoirlarning ijodi kuchli ta'sir ko'rsatgan. XVIII asrda rus xalq qo'shiqlarning birinchi nota yozmalari paydo bo'ladi. Xalq qo'shiqlar to'plamini birinchi bo'lib gusli chaluvchi qo'shiqchi V. Trutovskiy chiqargan. Undan keyin shoir N. L'vov va kompozitor, pianinochi L. Prach hamkorligida ancha kengaytirilgan xalq qo'shiqlar to'plami chiqarilgan. XVIII asr davomida xalq qo'shiqlarning ohanglari turli xil cholg'u pyesalarida, teatr uchun yozilgan musiqada va operalarda yangraydi. Albatta, xalq qo'shig'iga qiziqish birdaniga paydo bo'lmagan. Uzoq vaqt mobaynida ikkala rus poytaxtlari aholisi chet el kompozitorlar tomonidan yaratilgan asarlarni tinglashardi. Peterburg saroyida soni kam tomoshabinlar davrasi uchun spektakllar qo'yilardi. 30 chi yillardan boshlab Peterburg va Moskvaga turli xil opera truppalari xorijdan tashrif buyuradi. Spektakllarning narhi arzon bo'lgan. Spektakllar italyan va fransuz komik operalari tarzida qo'yilib, mazmunlari turmush tarzidan olingan edi. Ushbu tomoshalarda kuylash huddiki gapirish, ya'ni dialoglar bilan aralash o'tardi. Birinchi rus operalar ham gapiruv operalar namunasi bo'yicha yaratilardi. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling