«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
Nazorat uchun savollar:
Balet nechi qismdan iborat? Baletning qaysi qismlarida xalq kuy va qo’shiqlaridan foydalanilgan? Mavzu: Sergey Sergeyevich Prokofyev. Sergey Sergeyevich Prokofyev 1891 yilning aprelida Yekaterinoslavsk guberniyasining, Baxmutovsk uyezdi, Solntsovka qishlog'i (hozirgi Donetsk viloyati,Krasnoye qishlog'i)da tug'ildi. Sergeyning otasi agronom, onasi fortepianoda chalishni biladigan ziyoli ayollardan bo'lgan. Sergey fortepiano chalishni dastlab onasidan o'rgana boshladi, besh yoshida kichik musiqa piyessalarni yaratishga urinib ko'radi 1902-yildan boshlab Glierdan musiqa ta'limi ola boshlaydi. 1909-yilda A.Lyadov raxbarligida Peterburg konservatoriyasi kompozitsiya sinfini tugatadi. Prokofev kompozitsiya sinfida o'qigan yillarida boshlagan ijodiy qadamini bevosita sahna asarlari bilan, birinchi navbatda opera san'ati bilan bog'laydi . Bolaligida u dastlab «Bahaybat polvon», «Kimsasiz orollarda» singari musiqali pyesalar yozishga urinib ko'rgan, 1904-1905 yillarda «Undina», 1908-yilda «Vabo tarqalganda bazm», 1911-1915 yillarda «Maddalena»,singari asarlar ustida ishlaydi. Prokofev konservatoriyada o'qishni davom ettirib, 1914 yilda fortepiano mutaxassisligi bo'yicha A.Yesipova sinfini bitiradi. Forteipano sinfida o'qish bilan bir qatorda N.Cherepning dirijorlik sinfida o'qib, dirijo'rlik kasbini ham egallashga muvaffaq bo'ladi. Bu o'qishlar Prokofev mahoratining har tomonlama kamol topishiga yordam bergan edi. 1912-1913 yillarda fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert, 1915 yilda simfonik orkestr uchun «Skif suitasi» (Ala va Lolliy), fortepiano uchun pyesalar va romanslar yozadi. Prokofev 1915-1916 yillarda Dostoevskiy asari asosida o'zining birinchi katta operasi «Qimorboz»ni yozadi. Bu uning Oktyabr inqilobi g'alabasiga qadar yaratgan yirik asarlaridan edi. 1917 yilda uning mashhur «Klassik simfoniyasi» yaratildi. Kompozitor 1918-1932 yilar davomida chet ellarda yashaydi. U chet ellarda turgan davrida ham musiqa janrining xilma-xil shakllari ustida jiddiy ishlaydi.Kompozitor 1919 yilda «Uchta apelsinga muhabbat» operasini yozadi. Opera Karlo Gotsinning asariga asoslangan bo'lib, romantik ertak-opera sifatida talqin qilinadi. Bu asar, muallifning takidlashicha, teatrda o'ynashga mo'ljallangan shodiyona maskali spektakildir. Prokofev 1919-1927 yillarda B.Bryusov romani asosida «Jozibali farishta» operasini yozadi. Bu opera 1928 yilda Parijda, 1955 yilda esa Venetsiyada sahnaga qo'yilgan edi. Kompozitor chet elda bir qancha baletlar ham yozgan. «Yetti masqarabozni engan bir masqaraboz haqida ertak» (1920) «Po'lat sakrashi» (1925), «Daydi o'g'il» (1928), «Dneprda» (1930) singari baletlar Shular jumlasidandir. Prokofev chet ellarda bu sahna asarlaridan tashqari uchta simfoniya, fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert va boshqa asarlarni yozdi. Prokofevning ijodi vataniga qaytib kelgandan keyin yanada rivoj topdi, avtorning tanlagan mavzular doirasi kengaydi, ajoyib opera va baletlar yarata boshladi. 1936 yilda yilda uning mashhur baleti «Romeo va Djuletta» yuzaga keldi, 1941 yilda «Zolushka» 1949 yilda «Tosh gul haqida ertak» baletlarini yozib tugatdi. Kompozitor opera yaratish ustida to'xtovsiz ish olib bordi. Natijada «Semyon Kotko» (1939), «Monastirdagi nikoh» (1940), «Urush va tinchlik» (1943) «Chin inson haqida qissa » (1948) operalari yaratildi. Sergey Sergeyevich Prokofyevga 1947 yilda RFSR xalq artisti unvoni, 1946 va 1951 yilda Davlat mukofoti sovrindori va vafotidan keyin 1957 yilda Lenin mukofoti sovrindori berildi . Kompozitor 1953 yil mart oyida Moskvada vafot etdi. Prokofev o'z hayoti davomida 8 ta opera, 7 ta balet, oratoriya, 6 ta kantata, 7 ta simfoniya, simfonik syuitalar, uvertyuralar, fortepiano uchun 5 ta konsert, skiripka va orkestr uchun 2 ta konsert, violonchel va orkestr uchun 2 ta konsert, damli orkestr uchun 5 ta marsh, 2 ta torli kvartet, 14 ta sonata, 30 ta romans, bolalar, teatr va kinofilmlar uchun bir qancha asarlar yozdi. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling