«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet36/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat uchun savollar:

  1. Asarning shakli qanday?

  2. Prokofyev musiqasining targ'ibotchisi kim edi?



Mavzu: Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich.


Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich zamonamizning atoqli kompozitorlaridandir. Shostakovich 1906 yilda Peterburgda injener-kimyogar oilasida tug'ildi. Otasi musiqani tuShunadigan va qadrlaydigan, musiqa namoyondalari bilan yaqindan munosabatda bo'lgan ziyolilardan edi. Onasi ham musiqa olamiga yaqin bilan birga fortepianoda chalar edi. Oiladagi musiqa muhiti yosh Dmitriyga ta'sir qilmay qolmadi. Bolakay to'qqiz yoshidan fortepiano chalishni o'rgana boshladi. 1919 yildan 1925 yilgacha Leningrad Konservatoriyasida ikki mutaxassislik-kompozitsiya va foprtepiano bo'yicha L. Nikolayeva, kompozitsiya bo'yicha M. Shteynberg sinflarida ta'lim oldi. Kompozitor konservatoriyada o'qib yurgan chog'larida orkestr uchun «Uchta fantastik raqs» va birinchi simfoniyasini yozdi. Kompozitorning bundan keyingi ijodiy yo'li -ijodiy izlanish, zo'r muvaffaqiyatlar, ba'zida esa muvaffaqiyatsizlik bilan bog'liqdir. Uning «Aforizmlar» va «Birinchi fortepiano sonatasi» asarlarida «Nos» (Gogolning asari asosida) operasida modernizm ta'siri sezilib turadi. 1930 yilda «Oltin asr», 1931 yilda «Bolt» va 1943 yilda «Musaffo sharsharalar» baletlarini yozadi. Bu asarlari orasida 1932 yilda yaratilgan «Mtsensk uyezdlik Ledi Makbet» («Katerina Izmaylova») operasi o'zining novatorligi, monumentalligi bilan alohida o'rin tutadi. «Katerina Izmaylova» operasining librettosini D.Shostakovichning o'zi X. Preys bilan birgalikda, N.Leskovning qissasi asosida yozgan. «Katerina Izmaylova» operasi janr va musiqaviy ifoda vositalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Operada nafis va yumshoq lirika, mudhish fojia, hajviy xalq epik elementlari, inson hissiyotining yorqin dramatizmi muhim o'rinda turadi. Bu opera 1956 yilda muallif tomonidan qayta ishlangan. Shostakovishning Ulug' Vatan urushi yillarida yaratgan barcha asarlari ichida Yettinchi simfoniyasi katta Shuhrat qozondi. Kompozitorning o'zi bu asari haqida bunday deb yozgan edi: «Men qahramonliklar ko'rsatayotgan, dushman ustidan g'alaba qozonish uchun kurashayotgan kishilarimiz haqida asar yaratishni istar edim ...Men o'zimning Yettinchi simfoniyamni bizning fashizm bilan bo'lgan kurashimizga bizning albatta g'alaba qilishimizga, mening jonajon shahrim-Leningradga bag'ishlayman». Yettinchi simfoniyadan boshlab, Shostakovich ijodida urushni qoralash mavzusi muhim o'rin oldi. Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich ijodiy izlanishlar bilan bir qatorda pedagoglik faoliyati ham uning hayotida muhim rol o'ynaydi. Kompozitor 1937-1939 yillarda Leningrad konservatoriyasida, 1943-1948 yillarda Moskva konservatoriyasida o'nlab kompozitor kadrlarni tarbiyalab yetishtiriradi. Uning o'quvchilaridan A. Gadjiyev, K. Karayev, Yu.Levitan, G. Sviridov kabi talantli kompozitorlar yetishib chiqdi. Shostokovichning ijodi urushdan keyingi yillarda yanada gullab yashnadi. U «O’rmonlar haqida qo"shiq», «Katta poema» oratoriyasini, «Vatanimiz ustida quyosh charaqlaydi» Lelingraddagi kichik opera teatrida va Moskvadagi V. I. Nemirovich Danchenko nomidagi musiqaviy teatr sahnasida birinchi marta qo'yilgan. Biroz o'tgandan keyin opera adolatsiz tanqidga duch kelib repertuardan olib tashlanadi va 1962 yildan boshlab yana qo'yila boshlaydi. Shu yillar mobaynida D. Shostakovich bir qator cholg'u asarlarni va Shu jumladan fortepiano uchun 24 ta prelyudiya turkumini yaratadi. 30-yillar o'rtasida yozilgan 4, 5 va 6 simfoniyalarda dramatik g'oyalar o'z aksini topgan. 5-simfoniya 1937-yil 21-noyabr kuni Leningrad filarmoniyasining zalida dirijor Yevgeniy Mravinskiy rahbarligida ijro etiladi. 5-simfoniya Betxoven va Chaykovskiy an'analarini davom ettiradi. Simfoniyadan tashqari kompozitor kamer asarlar ustida ham ishlaydi. Birinchi torli kvartet; fortepiano, 2 ta skripka, alt va violanchel uchun kvintet asarlarini yaratadi. Kvintet asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. 1939-yilda Shostakovich 33 yoshga to'ladi, bu davrga kelib u Leningrad konservatoriyasi professori bo'ldi. Uning sinfida Sviridov, Levitin kabi bo'lajak kompozitorlar saboq oldilar. 1943-yilda Moskvaga ko'chib kelganda uning sinfida Karayev, Gali'nin kabilar ta'lim oladilar. Shunday qilib Shostakovich maktabi paydo bo'ladi. 1941-yil 22-iyun kuni Buyuk ona vatan urushi boshlanadi. Shostakovich o'zining 7- simfoniyasini yozadi Simfoniya 1941-yili iyul dekabr oylari davomida yaratilgan. 3 ta qism blokadaga tushib qolgan Lelingrad shahrida, final esa Kuybishev shahrida yozib tugatilgan. O'zining jona-jon shahrini evakuatsiya to'g'risida buyruqqa bo'ysunib tark etadi 7- simfoniya avval Kuybishev, keyin Moskvada, so"ng, samolyotda olib keltirilgan partiturani blokadali Leningradda ijro etishgan. Undan keyin xorijda. 1942-yil yozida 7-simfoniya Toskanii rahbarligida Nyu Yorkda ijro etilgan. 2 yil o'tgandan so'ng 8-simfoniyasini yaratadi. 8-simfoniya urush to'g'risida fojeaviy poemasidir. Urushdan keyingi yillarda kompozitor jamoat ishlari bilan Shug'ulanadi. Dm. Dm. Shostakovich 1975-yilning 9-avgust kuni vafot etgan.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling