«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet38/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat uchun savollar:

  1. Asarning shakli qanday?

  2. Asardagi variatsiyalarning ahamiyat.

D. D. Shostakovichning asosiy asarlar ro'yhati.
1). 15ta simfoniya (ular ichida VII «Leningrad», XI «1905 yil», XII «1917 yil», V. L. Lenin xotirasiga bag'ishlangan XIII bas, xor va orkestr uchun. 2). “Katerina Izmaylova” operasi. Nos operasi. 3). «Kazn Stepana Razma» (Stepan Razin qatl etilishi) vokal-simfonik poemasi. 4). “O'rmonlar haqida qo'shiq” oratoriyasi. 5). Skripka, violonchel, fortepiano va orkestr uchun kontsertlar. 6). 15 torli kvartet 7). Fortepiano, 2 skripka, alt va violonchel uchun kvintet. 8). Fortepiano, skripka va violonchel uchun trio. 9). Fortepiano uchun 24 prelyudiya va fuga. 10). Fortepiano uchun 24 prelyudiya. 11). Vokal turkumlar, (qo'shiqlar (ular orasida «Pesnya o vstrechnom»,«Pesnya Mira»)). 12). Kinofilmlar uchun musiqa. (“Vstrechniy”, “Miltiqli odam”, “Yosh Gvardiya”, “Gamlet”, “Karl Marks” va boshqalar.


Mavzu: Aram Ilyich Xachaturyan.

Aram Xachaturyanning nomi jaxon musiqa shinavandalari orasida mashhurdir. Uning skripka, violonchel, fortepiano uchun yozgan konsertlari, «Gayane», «Maskarad» syuitalari doim yangrab turadi. Aram Ilyich Xachaturyan 1903-yilda Tiflisda muqovasoz oilasida tug’ildi. Uning bolalik yillari Shu yerda o'tdi. Juda yoshligidan arman qo'shiqlarini o'rgandi. U gruzin va ozarbayjon qo'shiqlari bilan ham tanishdi. O’n sakkiz yoshga kirgach, musiqa bilim yurti dargohiga birinchi qadam qo’ydi, 1922-yilda Moskvada Gnessinlar nomidagi musiqa texnikumida violanchel sinfida, so’ngra 1926-yildan boshlab kompozitsiya sinfida o'qidi. Xachaturyan texnikumda o'qib yurgan chog'laridayoq skripka bilan fortepiano uchun raqs, fortepiano uchun «Poema» yozdi. Bu asarlarida arman milliy koloriti yorqin ifodalangan edi. Xachaturyan 1929-yildan 1934-yilga qadar Moskva davlat konservatoriyasida Myaskovskiy, Vasilenko Ivanov-Radkevich sinflarida uch yil aspiranturada ta'lim oldi. Uning 1929-yilda skripka va fortepiano uchun yozgan «Qo’shiq-poema» si va 1932- yilda yozgan «Tokkata» hamda triosi yosh kompozitor nomini keng ommaga tanitdi. Ijodkor triosining xarakterli tomoni uchinchi qismining o'zbek xalq kuyiga asoslangan variatsiya formasida yozilganligidir. Kompozitorning 1933-yilda simfonik orkestr uchun yozilgan raqs syuitasiga ham lezgincha, armancha raqs kuylari bilan bir qatorda o'zbek xalq kuyi kiritilgan. Tasviriyligi bilan ajralib turuvchi «Qilichbozlar raqsi» hozirgacha ijrochilarning sevimli asarlaridan bo’lib kelmoqda. 1944-yilda Xachaturyan og'ir tarixiy damlarni o'z boshidan kechirayotgan xalqning kechinmalarini ifodalovchi ikkinchi simfoniyasini yozdi. Oradan ikki yil o'tgach, Xachaturyanga bu simfoniyasi uchun uchinchi marta davlat mukofoti berildi. 1944-yilda u Armaniston Davlat gimnini yaratishda ishtirok etdi. Kompozitor urush yillarida «Boltiq dengizi» nomli mashxur qo'shiq, Pogodinning “Kreml kuranti” spektakliga musiqa, «Maskarad» simfonik syuitasi va boshqalarni yaratdi. Xachaturyan urushdan keyingi yillarda ham yirik formali musiqa asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ovoz bilan simfonik orkestr uchun uchta ariya, violonchel bilan orkestr uchun konsert yozdi. 1947-yilda Xachaturyan organ bilan orkestr uchun simfonik poema yozdi. Xachaturyanning 1948-yildan keyin yozgan eng yirik asarlaridan biri «Spartak» baleti (N.Volkov librettosi) dir. Balet klaviriga yozilgan so'z boshida Shunday deyiladi: «Spartakning ozodlik uchun kurash temasi, qullik zanjirlariga qarshi qo’zg’alon, ezilgan xalqqa erkin va mustaqil hayot kechirish huquqini berishga intilish singari g'oyalar baletning asosiy temasi hisoblanadi...» Librettoda asosan Spartakning haqiqiy faktlarga asoslangan tarjimai holi beriladi.



Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling