«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modest Petrovich Musorgskiy
Modest Petrovich Musorgskiy Rus kompozitori, «Qudratli to’da» ishtirokchilaridan biri Musorgskiy o’z ijodida realistik va xalqchillik printsiplarini aks ettirgan hamda XIX asr 60-yillarida musiqada revolyutsion demokratik g’oyalarni dadil va izchillik bilan ifodalay olgan taniqli kompozitorlardan hisoblanadi. Modest Petrovich Musorgskiy 1839 yil mart oyida Pskov gubernasi, Toropets uezdi, Kareva qishlog’ida tug’ildi. Otasi unga Fortepianoda dastlabki musiqa mashg’ulotlarini o’rgatdi. 1849 yilda otasi uni akasi bilan birgalikda Peterburgga olib keldi va Petropavlovsk maktabiga o’qishga berdi. 10 yoshli Musorgskiy o’sha davrning mashhur Fortepiano muallimi Perkedan darslar oldi. Modest 1852 yilda gvardiya podpraporshiklari maktabida o’qiy boshladi. Ammo musiqa mashg’ulotlarini ham davom ettira berdi va o’n uch yoshida birinchi ijodi — polkani yozdi. 1856 yilda Preobrajen polki ofitserlar maktabida o’qidi. Bunda ham bo’lajak kompozitor, musiqa bilan Shug’ullanishni davom ettirdi. Shu davrda u qadimgi yunon katolik dini va cherkov musiqasi bilan qisman tanishishga muyassar bo’ldi. Musorgskiy 1856 yilda Borodin va Dargomijskiy bilan tanishdi. 1856—1857 yillar davomida Dargomijskiy uyida ayrim musiqa ishqibozlari to’planishar va asosan Glinka, qisman Dargomijskiy asarlarini ijro etishar va bahslashar edi. Bu to’garakka Musorgskiy ham qatnashadigan bo’ldi, bu yerda u dastlab Kyui, so’ngra Balakirev bilan tanishdi. Shu narsa ma’lumki, Musorgskiy muallimi Gerkedindan Fortepianoda chalishdan boshqa hech narsaga o’rganmagandi, Shu sababdan u garmoniya, polifoniya, musiqa ijodi qoidalari va instrumentovkadan mutlaqo xabarsiz edi. Lekin u o’z ilmiy saviyasini oshirish ustida tinmay ishladi, Balakirevdan musiqa formalarini o’rgandi. 1858 yilda ikkita skertso va bir qancha romanslar yozdi. Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasiga musiqa yozishni maqsad qilib qo’ydi, ammo bu orzusi amalga oshmadi. Musorgskiyning harbiy xizmatda bo’lishi uning musiqa mashg’ulotlari va ijodiga tobora ko’proq xalaqit bera boshladi, istagan rejalari amalga oshmadi va nihoyat 1859 yilda u Preobrajen polki xizmatidan istehfoga chiqdi. Musorgskiy 1863—1864 yillar mobaynida Floberning sharq koloriti tasvirlangan «Salambo» romani asosida opera yozishga kirishdi, ammo bu opera ham tugatilmay qoldi. Lekin Shunga qaramasdan oradan o’n yil o’tgandan keyin, bu tugallanmagan operaning ko’pchilik nomerlari uning mashhur «Boris Godunov» operasiga kiritilgan edi. 1865 yilda kompozitorning onasi vafot etdi. U qattiq qayg’urdi va Fortepiano uchun ikkita pyesa: «Buvim va men», «Birinchi tanbeh»ni, «yot uxla, dehqon o’g’li» nomli allani yozdi. Kompozitorning 1865 yilda yozgan yorqin obrazli romanslaridan biri «Savishna» romansi bo’ldi. Oradan bir yil o’tgach, 1866 yilda birin-ketin ijodkorning xilma-xil mavzulardagi vokal asarlari: «Gopak» (SHevchenko she’ri), «Orzu» (Geyne she’ri), «Seminarist» (Musorgskiy she’ri), 1867 yilda «Qo’ziqorin terish» va «Yahudiy qo’shig’i» (Mey she’ri), «Bazm» (Koltsov she’ri), «Echki», «Shum bola», «Klassik» va «Yetimcha» (Musorgskiy she’rlari), «Bolalar qo’shig’i» (Mey she’ri), «Yeryomushka allasi» (Nek rasov she’ri) va boshqalar yaratildi. Musorgskiy Shu davrda birgina qo’shiq ijodi bilan chegaralanib qolmadi. U xor va orkestr uchun «Sennaxerbning yengilishi» nomli asarni (Bayron she’ri), «Lis tog’ida Ivanova tuni» simfonik asarni yaratdi. 1869 yilda kompozitor Gogolning «Uylanish» komediyasi asosida opera yozdi. Musorgskiy ijodida ham, Dargomijskiy ijodidagi kabi, dehqonlarning mudhish hayoti, tengsizlik, ochlik, yalang’ochlikka norozilik mavzulari asosiy o’rin egallay boshlaydi. Bu mavzu dastlab uning vokal ijodlari: «Kalistriat», «Yeryomushka allasi» singarilarda namoyon bo’lsa, so’ngra uning ikkita mashhur asarlari — «Boris Godunov» va «Xovanshina» operalarida g’oyat zo’r kuch bilan tasvirlandi» Musorgskiy bu operalarida, Glinka «Ivan Susanin» operasida boshlab bergan traditsiyaga amal qilib, yangi opera janri — xalq musiqali dramalarini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bu operalarda xalq aktiv ishtirokchi shaxsdir. Shu sababdan ham operalarda xalq obrazlarini ifodalaydigan xor sahnalariga katta o’rin berilgan. Tarixchi V. Nikolskiy Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi ososida opera yozishni Musorgskiyga maslahat bergan edi. Bu fikr kompozitor diqqatini o’ziga tezda jalb qiladi va operani yozishga kirishib, uni ikki yil—1868—1870 yilda yozib tugatdi. Ammo teatr rahbarlari asarda sevgi intrigalari va xotin-qizlar roli yo’qligini bahona qilib uni qabul qilmadilar. Kompozitor asarni qaytadan ishlab, unga Polsha sahnasi, Marina Mnishek obrazi va kroma sahnasini kiritdi hamda 1872 yilda operani batamom yozib tugatdi. «Boris Godunov» operasida dramatik ziddiyatlarni musiqa vositasida ishontirarli va haqqoniy qilib tasvirlashda vokal partiyalarining rechitativligi va voqealarni to’xtovsiz musiqaviy rivoji muhim rol o’ynaydi. «Boris Godunov» operasi birinchi marta 1874 yilda Peterburgdagi Mariin teatrida sahnaga qo’yildi. «Boris Godunov» operasining qisqacha mazmuni. Voqea 1598—1605 yillarda Rossiya va Polshada bo’lib o’tadi. Novodeviche monastiri maydoniga xalq majburan to’planadi. Ular Boris Godunovdan taxtga o’tirishni yalinib so’rashlari kerak. Boris esa soxtalik bilan xalq talabini rad qilmoqchi bo’ladi. Boris taxtga o’tiradi. Xalq uni ol- qishlaydi, ammo Boris notinch, uni vijdon azobi qiynaydi. Tun. CHudovoy monastiri hujrasi. Pimen yilnoma yozmoqda. yosh monarx Grigoriy Pimendan shahzoda Dmitriyning o’ldirilish tarixini bilib oladi. Grigoriy monastirdan qochib, Litva chegarasidagi hujralardan biriga keladi. Pristav kishilari qochoq Grigoriyni izlab kelganda Grigoriy qochib qutuladi. Saroy xizmatkori, ayyor Shuyskiy shoh Borisga Litvada soxta shahzoda Dmitriy paydo bo’lganligini aytadi. Shoh bezovtalanadi. U Shuyskiydan shahzodaning yoshlik paytida rostdan o’ldirilganligini yana surishtiradi. Shuyskiy shahzodaning o’ldirilganligini tasdiqlaydi. Sandomirda Marina Moskva taxtini, boyliklarini orzu qiladi. Makkor ayol Marina soxta Dmitriyni Moskvaga yurish boshlashga rozi qiladi. Moskva. Vasiliy Blajenniy sobori maydonida xalq yig’ilgan, ular orasida soxta Dmitriy lashkarlari kelayotganligini haqida xabar tarqaladi. Oddiy xalq haqiqiy shahzodaning tirikligiga ishonadi. Birgina telba-tentak yonidan o’tayotgan Borisga «Shahzodani o’ldirgan qotil uchun sig’inib bo’lmaydi», — deydi. Moskvа Kremli. Granovit palatasida boylar maslahati. Shoh Boris kelib taxtga o’tiradi va o’ladi. Urmonda soxta Dmitriy lashkarlari bilan paydo bo’ladi va Moskvaga yurish qiladi, xaloyiq ham uning ketidan ergashadi. Musorgskiy XVII asrda bo’lib o’tgan haqiqiy voqealar asosida libretto yaratib, boshqa bir opera — «Xovanshina»ni yozdi. Asar kompozitor vafotidan besh yil o’tgandan keyin, 1886 yilda Peterburgda sahnaga qo’yildi. Doim ijodiy izlanishda bo’lgan Musorgskiy 1870 yilda yirik sahna asarlari — operalar bilan bir qatorda o’nlab musiqali va romanslar ham yaratdi. Dastlab kompozitor «Rayok» so’ngra «Klassik» asarini yozdi, «Klassik» asarida kompozitor do’stlari bilan Peterburgning boshqa toifa musiqachilari orasidagi keskin kurash tasvirlanadi, shundan keyin Musorgskiy bolalar hayotidan olingan beshta musiqaviy asar «Burchakda», «Qo’ng’iz», «Qo’g’irchoq bilan», «Uyqudan oldin» nomli bolalar pyesalarini yozdi. 1875 yilda Musorgskiy Gogolning boshqa bir asari — «Sorochin yarmarka»si asosida opera yozishga kirishdi, ammo asar tugatilmay qoldi. Kompozitor hayotining so’nggi yillarida «Mefistofel qo’shig’i» asarini, Fortepiano uchun «Qayiqchalar», «Gurzuf», «Qora dengiz to’lqini» singari asarlarini yaratdi. Musorgskiy 1881 yil mart oyida vafot etdi. Atoqli kompozitorning «Boris Godunov» bilan «Xovanshina» operalari sotsial-tarixiy obrazlarni chuqur tasvirlashda, xalq ommasini haqqoniy va yorqin ifodalashda jahon musiqa san’atida tengi yo’q asarlardan hisoblanadi. Kompozitor ijodida sotsial va individual xarakteristikalarning xilma-xilligi, jozibadorlik, yuksak dramatizm, psixologik taassurot musiqa ifoda vositalarining yangi va boy xususiyatlari bilan organik bog’langandir. M. P. Musorgskiy ijodiy merosi beshta opera, xor, skertso, intermetso, Fortepiano uchun syuita, 16 ta pyesa, 67 ta romans va qo’shiqlardan iboratdir. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling