«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet17/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat savollari:

  1. Asar nimaga asoslanib yaratilgan?

  2. U nechta asardan iborat?

  3. Ularga ta’rif bering?

Mavzu: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov


Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 1844 yilda Novgorod guberniyasi, Tixvin shahrida tug’ildi.


Rimskiy-Korsakovlar oilasi musiqadan yaxshi xabardor edilar: otasi Forte piano chalar, tog’asi va onasi xalq qo’shiqlari, operadan ariyalar aytardilar.
Bolada musiqa qobiliyati juda yoshligidan boshlandi. Olti yasharligida ota-onasi u bilan musiqa mashg’ulotlarini boshlaydilar. Ammo yoshlik chog’larida musiqa uni u qadar qiziqtirmaydi. Dengiz romantikasi, dengizchi bo’lish ishtiyoqi uni ko’proq qiziqtirar edi. Bu havas uzoq dengiz safaridan xat yozib turgan dengizchi akasining ta’sirida yana ham oshib bordi.
Uning dengizchi bo’lish orzusi tezda ro’yobga chiqdi: 1856 yilda u Peterburgdagi dengiz korpusiga o’qishga berildi. Dengiz korpusida o’qish bilan bir qatorda, u opera spektakllarini, xilma-xil kontsert programmalarini eshitadi va jiddiy musiqa namu nalari bilan tanishadi.
Dengiz korpusida ham musiqa to’garagi tashkil etiladi, Rimskiy-Korsakov unga faol ishtirok etadi. U Shu davrda rus musiqasini qadrlovchi, ma’lumotli va ajoyib pianist Kanilladan musiqa ta’limi oladi, Fortepiano uchun pyesalar yozadi. Hatto, simfoniya yaratish borasida ish boshlaydi.
Kanilla o’z shogirdining ajoyib qobiliyati borligiga qanoat hosil qilgach, uni Balakirev bilan, uning to’garagining a’zolari — Kyui, Borodin, Musorgskiy va Stasov bilan tanishtiradi.
Rimskiy-Korsakov 1862 yilda dengiz korpusida o’qishni tugatgach, dengizchilik ma’lumotini tugallash uchun «Almaz» nomli o’quv kemasida dunyo bo’ylab sayohatga ketishga majbur bo’ladi.
Uch yil davom etgan bu sayohat Rimskiy-Korsakovga katta ma’naviy ozuqa beradi. U Belinskin, Gertsenh, Dobrolyubov va boshqalarning badiiy, ijtimoiy-tarixiy va tanqidiy asarlarini o’qiydi. Bu esa kompozitorning demokratik dunyoqarashini mustahkamlanishiga yordam berdi.
Shu bilan bir qatorda u tabiatning xilma-xil manzaralari va ayniqsa dengiz stixiyasidan yorqin taassurotlar oldi. Keyinchalik dengiz obrazi uning ijodida katta o’rin egalladi.
Rimskiy-Korsakov Peterburgga qaytgandan keyin uning kompozitorlik va Peterburg konservatoriyasida professorlik faoliyati boshlanadi.
Rimskiy-Korsakovning ijodiy merosida epik-ertak xarakteridagi operalar markaziy o’rinda turadi. Kompozitor «Snegurochka (bahor ertagn), «Sadko» (opera-bshina), «Noch pered rojdestvom» (opera kolyadka), «Kashey bessmertnny» (kuz ertagi), «Skazanie o nevidimom grade Kiteje i deve Fevronii» (opera doston), «Zolotoy petushok»(afsona), «Pskovityanka» (opera-solnoma) operalarini yozgan. Kompozitor tomonidan operalarga qo’yilgan sarlavhalarnnng o’zi asarlarning xalq san’ati janrlari bilan bo’lgan mustahkam aloqasini ifodalaydi.
Rimskiy-Korsakovning fikricha «Snegurochka» operasi eng mukammal operalaridan biri (bu opera A. N. Ostrovskiyning Shu nomli ertak pyesasi asosida yaratilgan).
«Sadko» operasining yaratilishi Glinkaning rus ertak-epik opera janridagi «Ruslan va Lyudmila» operasidan keyin muhim voqea bo’ldi.
Rimskiy-Korsakovning ijodiy merosida simfonik asarlar katta o’rin egallaydi.
«1001 kecha» arab ertaklaridagi obrazlar bilan bog’liq bo’lgan «SHahrizoda» nomli programmali simfonik syuitasi kompozitorning noyob asarlaridan hisoblanadi.
«Ispan Kaprichchiosi» esa ispan xalq temalari asosida yaratilgan ajoyib simfonik pyesadir.
Rimskiy-Korsakov rus xalq qo’shiqlarini o’rganish, to’plash va qayta ishlash sohasida ko’p ishlar qildi. 100 ta va 40 ta xalq qo’shig’idan iborat ikkita to’plam tuzdi.
Rimskiy-Korsakov hayotining so’nggi yillarida rus musiqa madaniyatining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan turli ishlarni zo’r g’ayrat bilan bajardi: konservatoriyada pedagoglik va tashkilotchilik ishlarini olib bordi, simfonik kontsertlarda dirijyorlik qildi, Musorgskiy bilan Borodinning ulkan ijodiy merosini sistemalashtirdi, tugatilmagan asarlarini poyoniga yetkazdi.
Rimskiy-Korsakov 1908 yilda vafot etdi.
Rimskiy-Korsakov opera san’atining donishmandi, programmali simfonik musiqaning ajoyib namunalarini yaratuvchi yirik rus kompozitorlaridan biri edi.
Kompozitor butun hayoti davomida o’n beshta opera, xor va orkestr uchun kantatalar, simfonik orkestr uchun uvertyuralar, 7 ta syuita, Fortepiano uchun kontsert, 2 ta torli kvartet, bir qancha darsliklar yaratdi.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling