«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Русская
Nazorat savollari:
P. I. Chaykovskiyning hayoti va ijodi haqida so'zlab bering. P. I. Chaykovskiy ijodining rus musiqa madaniyatidagi ahamiyati haqida gapirib bering. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. V. Vladimirov. A.Lagutin. “Русская музыкальная литература” Mavzu: P.I.CHAYKOVSKIYNING "UYQUDAGI GO`ZAL" BALETI. Reja: Yaratilish tarixi. Qisqacha mazmuni Musiqiy tili I. Yaratilish tarixi. "Uyqudagi go`zal" baletini XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida yashb ijod qilgan frantsuz yozuvchisi Sharlya Perro xalq ijodidan olib yozadi. Balet prologdan va uch pardadan iborat. II. Qisqacha mazmuni. Prolog: Kunlarning birida Avrora malikani tug`ilishi marosimiga bag`ishlangan yig`ilishga xalqini taklif qilib, qirol Florestano`z saroyida bayram uyushtiradi. Lekin -hammani bayramga taklif qilgan Katalabyut yovuz jodugar Karabosni taklif qilishni unutadi. Qahrli jodugar esa dahshatli qarg`ishini yetkazadi: -16 yoshga to`lgan kuni Avrora o`z qo`liga ip yigiradigan charxning g`altagini sanchib, abadiy uyquga ketadi. Hamma vahimali holatda. Shavqatsiz j odugar K arabosga yalinish befoyda. Yovuz Karabosning qalbiga faqatgina mag`rur feya Sireni kira oladi va sexru - jodusini qaytib olishini so`raydi. Karabos: -“Avrora doimiy uyquda emas, u 100 yil uyquga ketadi va go`zal shahzoda bo`sasidan so`ng sexru-jodudan ozod bo`lib uyg`onadi":- deydi. I- parda. Saroyda katta bayram uyushtirilgan. Avrora ip yigiruvchi qariya bilan raqsga tushmoqda. To`satdan Avrora aylanayotib sanchiq ta'sirida yiqildi. Oldindan bilgan saroy ahli ko`z o`ngida yovuz jodugar Karabos gavdalanadi. Avrora uxlab qoladi. Lekin u bilan birga feya Sireni va saroy ahli ham uyquga ketadi. II- parda. 1- ko`rinish: 100 yildan so`ng. Ovdan qaytib kehyotgan shahzoda Dezire va uning xalqi o`yin-kulgu qilib, dam olishmoqda. Shahzoda Dezire yolg`iz qolganda unga feya Sireni ko`rinadi va Avrorani qiyofasini ko`rsatadi. Dezire bu go`zal qizni ko`rib qoyil qoladi. Feya Sireni orqasidan saroyga borib qizni ko`rishni istaydi. 2 - ko`rinish: Avrora va butun saroy uyquda. Shahzodani saroyga kirishiga yovuz jodugar Karabos halaqit beradi, lekin hammasi befoyda bo`lib chiqadi. III- parda. Florestan saroyida malika Avrora va shahzoda Dezire to’ylari munosabati bilan uyushtirilgan tantanali kecha. Mehmonlar orasida ko`plab rang-barang ertak qahramonlari aks ettirilgan. Barcha qatnashchilarning yuragida quvonch va shodlik jo`sh urmoqda. MUSIQIY TILI. Balet g`oyasi - zulmatda jabr ko`rgan xalqning g`alabasi va quvonchidan iborat. "Uyqudagi go`zal" Chaykovskiyni eng hayot tasdiqlovchi va yorqin asarlaridan biridir. Musiqa - bayramona quvnoqlik, yorqin, lirik Shu bilan birga samimiy va insonni ichki dunyosini ifodalagan. Fantastik syujet Avrorani kechinmalari, Dezire, feya Sirenini tuyg`lari baletdagi insoniy tuyg`ularni aks ettirishda yordam beradi. Insoniy yorug`likka - yovuzlik ya'ni jodugar Karabos obrazi qarama - qarshi turadi. Asosiy qarama - qarshilik ikkita musiqiy mavzu orqali -mavzu Sireni va Karabos mavzusida yoritiladi. Yovuzlik va yomonlik ustidan yahshilik va insoniylik har doim g`alaba qozonadi. Bu g`laba Chaykovskiy baletining III - pardasida tantanali va bayramona tasvirlangan. Buyuk Pyotr Ilich CHaykovskiy rus musiqa madaniyatida klassik baletni asoschsi bo`lib, butun dunyo musiqasida yangi san'at - balet uchun musiqa san'ati janrini yaratdi. CHaykovskiyning "Lebedinoye ozero" asarida (1876-yilda yozilgan.) Balet san'atidagi islohot harakatlari yaqqol sezildi. Ertak syujetiga asoslangan holda ya'ni, qizning oq-qushga aylanishi haqida bo`lib, Chaykovskiy asarda Shunday lirik- romantik, musiqaviy qissa yaratdiki; sevgi va haqiqatni, insonni go`zal hayollari va Shu bilan birga bu tuyg`ularga qarshi turgan yovuz tuyg`ularni ham ochib bera olgan. CHaykovskiy ijodigacha baletda musiqa ikkinchi darajada ya'ni, xoreografiya uchun yozilgan jo`rnavoz rolini bajargan edi, endi esa yaratgan baletlarini musiqa san'atidagi o`rni, opera va simfonik asarlari kabi teng musiqiyjanr bo`ldi. Aynan musiqa birinchi o`rinni egallab, kompozitorning ichki hislari (yakka raqs nomerlari orqali) asarning bosh mazmunini ochib berdi. Kompozitor opera va simfonik janrlarga asoslanib, balet janrini chuqur g`oya, ma'noli, xarakterlarni aniq ko`rsatib beradigan ifodalovchi sifatida namoyon qildi. Kompozitorning opera va simfonik ijodidagi negizlari-balet janrida qo`llanilgan. "Balet- huddi Shunaqa simfoniya",- degan edi kompozitor CHaykovskiy va o`zini balet asarlarida simfoniya va opera janrlariga xos musiqaviy- mavzuviy - negizlari rivojlanishi uslubini qo`llagan. Chaykovskiy islohot printsiplarini tasdiqlab keyingi ikkita ertak baletida davom etdi:- "Uyqudagi go`zal" (1889- yilda yozilgan) va "Shelkunchik" ( 1892- yilda yozilgan). Musiqaviy xoreografik san'atidagi asosiy shakllar-"klassik" va "xarakterli" raqslar, pontamima va divertismentlar Chaykovskiyning baletlarida yangi ma'noga va ahamiyatga ega bo`ldi, ya'ni musiqiy mazmunini yoritish vazifasiga qaratildi. Chaykovskiyning baletlarida raqsdan bosh qahramonni xarakteri va umumiy mohiyatini ifodalovchi sifatida foydalanildi. Masalan: baletli adajio, monolog yoki lirik duet ftmksiyasini bajarib, obrazlarni psixologik holatini yaqqol ochib beradi. Chaykovskiyning baletlaridagi harakatlarda Shunday raqslar asosiy o`rinni egallaydi. Harakterli raqslar esa ikkinchi darajali balet personajlarini va atrofdagi sharoitni yoritadi. Ko`pincha atrofdagi muhitni Chaykovskiy xilma- xil milliy janrlar-xarakterli raqslar va syuitalar orqali ifodalaydi. Shunga asoslangan holda raqs turida doim Chaykovskiyning ichki dunyosi ko`rsatilgan. Pantomima ( raqs - xarakat) baletda operadagi rechitativlar singari syujetni xarakatini davom ettirishga qaratilgan va kuychanligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa vals ritmlari faqatgina valsda emas, balki boshqa musiqa nomerlarida qo`llanilgan. CHaykovskiy balet musiqasini rivojlanishida xarakterli raqs, fortepiano pesalarini ustida ishlashga katta ahamiyat berdi. Balet janrida CHaykovskiy Glinkaning davomchisi bo`lib, uning simfonizatsiyalangan raqslarini o`z ijodida namuna sifatida qo`llagan. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling