«musiqa nazariyasi» kafedrasi


S.V.RAXMANINOVNING “№2 FORTEPIANO VA


Download 237.77 Kb.
bet32/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

S.V.RAXMANINOVNING “№2 FORTEPIANO VA
ORKESTR UCHUN KONTSERTI”.


Rus fortepiano kontserti tarixida Raxmaninov yetakchi ro’l o’ynagan. Uning asarlari Yevropa musiqa san’atida yangilik bo’lib kirgan. Mazkur II kontsertida revolyutsiya arafasidagi kayfiyat qaxramonlik kechinmalari, g’alabaga ishonch, ezgulik va go’zallik haqidagi romantik orzular badiiy kuch bilan ko’rsatilgan.
Raxmaninovning kontsert uslubi shakllanishiga Chaykovskiyning kontsertlari (ayniksa I kontserti) katta ta’sir yetgan. Kontsert yaratishga xos bo’lgan uslublarni Raxmaninov Chaykoviskiydan meros qilib oldi va uning an’analarini davom etirdi. Raxmaninov kontsertlari musiqasi xam lirik-dramatik xarakterda, ularda milliylik yaqqol seziladi, chuqur lirika va turli janrlarga xos bo’lgan elementlar aniq seziladi.
Musiqaning rivojlanishidagi qarama-qarshilik xususiyati, xayotga muhabat mavzusi, bularning xammasi Chaykovskiy yaratgan kontsertlarga xos xususiyatdir. Raxmaninov ana Shu xususiyatlarni Chaykovskiy printsiplarini (negizlarini) rivojlantirish bilan birga kontsert janrini simfoniyaga yaqinlashtirdi. Kompozitor Listning kontserlariga xos bo’lgan xususiyatlar xam Raxmaninov ijodida seziladi. Buni Birinchi navbatda kontsertlarning ko’tarinki ruhda (patetik) yozilganligi, yetuk ijrochilik mahoratida va fortepiano va orkestr partiyalarining nihoyatda yaqinligida sezish mumkin.
Kontsertning yaratilish tarixi: Asarni II va III qismlari 1900 yilda yozilgan va Shu yilning dekabr oyida Ziloti raxbarligida ijro etildi. Bir necha oydan so’ng kontsertning I qismi xam yozildi va Shu yili Raxmaninov ijrosida butun kontsert ijro etildi. Kontsert yaratilishidan 3 yil oldin kompozitor xech narsa yozmadi, chunki uning I simfoniyasini nixoyatda buzib sifatsiz ijro etdilar. Mazkur kontsertni yaratilishi Shundan inqiroz (Krizis) davri tutaganligidan dalolat beradi. Shu kontsert bilan kompozitorning ijodi yanada rivojlanib ketdi.
Taxlili: Kontsert 3 qismdan iborat. I qism musiqasi lirik- dramatik xarakterda.
Asosiy mavzu avval fletada, so’ng chuqur kuychan-deklamatsion, insonning ichki xotirjamligini ko’rsatuvchi kuy klarnetda ko’rsatiladi.
O’rta Adajio qismga o’tish Daminanta tonalligini isbotlovchi mavzuning ikki marotaba (birin-ketin orkestr va solist) va kichik yakunlovchi qismdan so’ng keladi. Klarnetda ijro etilayotgan latofatli kuy fortepianoga o’tgandan so’ng asta-sekin fojiaviy tus oladi.
Skripka ijrosidagi lirik mavzu reprizadan so’ng qisqa ko’pirtirilgan koda bilan yakunlanadi.
Final III qism (Allegro scerzando).
Mi-majordan do-majorga so’ngra do-minorga o’tuvchi modulyatsiya bilan katta kirish qismi ochib beradi. Kirish qismidayoq bo’limga xos xis-tuyg’u, irodalilik ustunlik qiladi. Finalning xarakteri kontsertning 1-qismi bilan mavzu bog’likligida xam seziladi, ya’ni kirish qismining boshi 1-qismning rivojlovidagi tokkata motiviga asoslangan.
Shu bilan qismlar orasidagi mavzu bog’liqligi seziladi. Fortepiano ijrosidagi asosiy mavzu asta-sekin sharqonaviy muxitni eslatuvchi yordamchi partiyaga o’tadi. Rivojlov qismi asosiy partiya materialida tuzilgan bo’lib garmonik qarama-qarshiliklar registr va ritmlarni ko’pligi orqali dramatik va jo’shqin xarakterga egadir.
Koda kontsertni yakunlaydi. Akkordlardan iborat fortepiano jo’rligida orkestrda unison orqali yordamchi partiya ko’rsatiladi.
Kontsert finali g’ururli va kuchli mazkur epizodda o’z yakunini topadi. Raxmaninovni 2-kontsert orqali kompozitorni fortepiano uslubi haqida tuliq tuShuncha hosil kiladi.

  1. Raxmaninovga xos lirik mavzu- bu quyilib keluvchi kuyning cho’qqiga asta-sekin kutarilishi va xuddi Shunday shiddatli tushishi.

  2. Orzuga boy va lirik tabiat manzaralarini ko’rsatishda turg’un tovushlarni kuylovchi yoqimli kuylar qo’llanishi.

  3. Raxmaninovni garmonik tili kupovozli akkordlarni akkordsiz tushishlari bilan kullanishi rang-barangligi rus xarakteriga xos diatonikaga asoslanishi ‘plagal oborotlariga murojat etishi bilan ajralib turadi.

  4. Mavzu asosini ko’rsatuvchi irodali ritmlarni qo’llanishi.

  5. Boy va yangicha fortepiano fakturasida Raxmaninovning yetukligi va yangicha uslubi o’z aksini to’gan.

  6. Kontsertning yorqin simfonik xislatlari faqatgina murojaat etmagan.

Ayrim romanslarida xalq qo’shigi va maishiy shahar qo’shig’i bilan bog’liqlik seziladi. Rus lirik qo’shiqjanriga Raxmaninov ijodini ilk davri 90-yillarda murojaat etdi. U xalqqo’shig’ining barcha usullarini kursatishga xarakat kilmagan xolda professional musiqaning garmonik va faktura ifodalovchi vositalarini keng qo’llagan.Shuning bilan birga bu janr dramatik planda izoxlanadi. Bunga T. Shevchenko so’zi bilan yozilgan «polyubilya ya na pechalg svoyu» qo’shiq-romansi bo’la oladi. Mazmuni bo’yicha bu qo’shiq rekrutchilar mavzusi bilan, usuli va janr bo’yicha - yigilar bilan bog’likdir.Kuy asosiga ko’p marta qaytariladigan tertsiya tuzumi olingan. Shuningdek xar kuy oxirida qayg’uni ifodalovchi melodik fraza o’tadi.
1915 yilda yozgan daxo asari «Vokaliz» Raxmaninovni vokal lirikasida aloxida o’rin egallaydi. Kompozitorning boshqa romanslari bilan bu asarni rus qo’shiqchiligiga yaqinlik birlashtiradi. Bu bog’liklik haqida kuyning kengligi, shoshilmasdan ijro etilishi va rivojlovning to’xtovsizligi dalolat beradi.
Musiqa ifodalovi Shu darajada kuchliligidan kompozitor poetik so’zdan voz kechgan. Shuning uchun «Vokaliz»ni «Rus so’zsiz qushig’i» deb atash mumkin.
Garmonik ifodalov vositalar: Diatonika, plagal aylanmalar (5-6 taktlar), ovoz yo’nalishidagi paralelizmlar (3-taktdan to yakunigacha); “Vokal” musiqasining chuqur rus xarakterligini yana bir bor tasdiqlaydi. “Ne poy krasavitsya pri mne” romansi «sharq qo’shiqlari» janirining o’ziga xos davomi sifatida qabul qilinadi. Kuyning asosiy mavzusi kuychan va qayg’ulidir. Bu she’rga murojat etgan Glinka va Rimskiy-Korsakovdan farqli ravishda Raxmaninov o’z qo’shig’iga ehtirosli-fojiaviy fayz bergan. Romansda qo’shiqchilikni asos qilib olingan. A. Fet so’ziga bastalangan “V molchatn’y nochi” romansi sevgi lirika yo’nalishidagi - qo’shiqlarga misol bo’la oladi. Insturmental kirish qismidanoq extirosli tuyg’uning ustunligi aniqlanadi. Kuychan deklamatsion-ifodali vokal yonadashishini triolga akkord fakturasi kuzatadi. Romans o’rta qismida jo’rnavoz xayajonli xarakatlanadi. Yuqori boruvchi sekventsiyalar izchilligi fojeaviy (vokal partiyasidagi fa # tovushining bir necha bor qaytarilishi so’ng fortepiano partiyasiga qaytarilishi) olib keladi. Shu joyda sevgi extirosi yuqori choqqini egallaydi.



Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling