«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet33/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

Nazorat uchun savollar:

  1. Kontsert nechchi qismdan iborat.

  2. Kompozitorning fortepiano uslubi haqida gapiring.



Mavzu: I.F. Stravinskiy hayoti va ijodi (1881-1971)

I. F. Stravinskiy buyuk rus kompozitori va drijori. Uning ijodi XIX asr musiqa madaniyatida eng salmoqli o’rinlardan birini egallagan. Bolaligidan musiqa san’atiga qiziqqan Stravinskiy dastlab fortepianoda asarlar ijro etgan. 1900-1905 yillarda Peterburg unversitetining yuridika fakultetida o’qidi. 1903-1905 yillarda buyuk rus kompozitori N. A. Rimskiy-Korsakovdan kompozitorlik ta’limini oldi. Shu yillarda o’zining eng mashxur asarlarini yaratdi.


I. F. Stravinskiy ijodida balet janri alohida o’rin tutadi. Ayniqsa uning ijodida S. P. Dyagilev bilan uchraShuvi katta ro’l o’ynaydi. Kompozitor 1910 yilda milliy fantastic ruhdagi “Olov qushi”, 1911 yil “Petrushka”, 1912 yilda “Muqaddas bahor” baletlarini yozadi. Baletlarida sof xalq kuylari ruhidagi musiqasi bilan boyitib haqiqatdan ham rus xalq ertaklariga xos bo’lgan g’oyani talqin etadi.
Stravinskiy ijodini bir necha davrga bo’lish mumkin.
1- ilk davri (1908-1920) – ushbu davrdagi asarlarida kompozitor rus folkloriga qadimiy slavyan xalq kuylaridan foydalanib, unga bo’lgan qiziqishini o’z asarlarida namoyish qildi. Yuqorida keltirilgan baletlar buni isbotlaydi.
2- o’rta davri (1920-1950) – ijodining keying yillarida Stravinskiy qadimgi grek ertak afsonalari va bibliyadan olingan mavzularga asarlar yozdi.
3- so’ngi davri (1950-1970) – ushbu davrda kompozitor diniy mavzulardagi asarlarini yaratdi.
Nazorat uchun savollar:

  1. I. F. Stravinskiy ijodidagi yetakchi janr?

  2. I. F. Stravinskiy ijodining qaysi davrida rus xalq ertaklariga murojat etgan?

Petrushka” baleti
I. F. Stravinskiy ijodidagi eng mashxur asarlaridan biri “Petrushka” baletidir. Ushbu asar ijodining ilk davrida yaratilgan bo’lib uning 1- namoyishi 1911 yil 13 iyun kuni Parijdagi Shatle teatrida bo’lib o’tadi. Bu asar juda katta muvoffaqiyat qozondi.
Mazmuni: Maslenitsa bayrami avjiga chiqqanda keksa fokuschi odamlarga Petrushka, raqqosa va arab ijrosidagi tomoshani ko’rsatadi. Fokuschi o’z sehri bilan qo’g’irchoqlarga odamlarga hos his-tuyg’ularni ato etgan. Petrushka o’zining ayanchli ahvolidan qattiq istirobda. Uning tashqi ko’rinishi kulugili o’zi qaram ahvolda. U raqqosani yaxshi ko’radi. Arab boy ammo toshbag’ir, o’ziga bino qo’ygan. Yengil tabiat raqqosa Petrushkaning muhabbatini nazarga ilmaydi. Boy arabga yoqishga intiladi. Bayram avjiga chiqqanda fokuschi teatridan dod-faryod eshitiladi, tirilgan qo’g’irchoqlar ko’chaga yugirib chiqadilar. Arab Petrushkaga qilich sanchib uni o’ldiradi. Fokuschi hammani tinchlantirishga xarakat qiladi. Uning sehri bilan Petrushkaga avvalgi qo’g’irchoq holatiga qaytadi. Odamlar uning boshi yog’ochdan yasalganligini tanasi arra to’pon bilan to’ldirilganini ko’rib tinchlanadilar va tarqaladilar. Ammo keyin fokuschi nihoyatda hayratga tushadi. Teatr uzra Petrushkaning arvohi ko’rinadi va o’zini qiynagan fokuschiga tahdid qiladi.
Stravinskiy yaratgan musiqa nihoyatda ajoyib, voqealarni tasvirlashdagi haqqoniylik, obrazlarning aniqligi ulardagi Petrushkani tasvirlvchi musiqa fojiali tusga ega. Ammo asosiy qahramonlar qo’g’irchoq ekanligi balet mazmuniga o’ziga xos xususiyatni beradi. Baletning tuzilishi simfoniyani eslatadi. U to’rt ko’rinishdan iborat.

  1. ko’rinish – Allegro

  2. ko’rinish – sekin sur’atda

  3. ko’rinish – skertsoga o’xshash

  4. ko’rinish – final

Qismlarda to’xtash yo’q 1- ko’rinish “Moslenisiada xalq sayli” deb nomlanadi. Musiqada xalq bayrami tasvirlangan va ko’cha raqqosasi bilan bog’liq epizodlar ajralib turadi. Bu asarda rus xalq qo’shiqlaridan “Pod vecher ocheneyu ……………” kuyidan foydalanilgan. Bu ko’rinish klarnet va goboylarning baland tovushidagi ijrosi bilan yakunlanadi, va bu narsa jon kirgan Petrushkaning ohu-zorini tasvirlaydi.
2- ko’rinish Petrushkaning uyi deb ataladi. Musiqa Pterushkaning ayanchli ahvolini uning istiroblarini ifodalaydi. Uning raqsi quvnoq. Bu yerda raqqosa keladi va to’satdan g’oyib bo’ladi, Petrushka yana yolg’iz qoladi. Ammo uning istirobli nolalarini bayram qilayotgan xalqning quvnoq ovozi bosib ketadi. Barabanlar sadolari ostida 2-ko’rinish tugaydi.
3- ko’rinish arab uyida deb nomlangan. Arabning qo’pol raqsi bilan boshlanadi. Bu raqs raqqosi ijrosidagi boshqa raqslar bilan ommalashadi. Raqqosa bemani arabga yozish uchun bu raqsni ijro etadi. Shuning uchun kompozitor ataylab bachkana kuy yozgan. Klarnet sozi jo’rligida ijro etiladi. Keying nomer arab raqqosa duetidir. Bu nihoyatda to’pori karikaturaga oid valsdir. To’satdan Petrushka kirib keladi, musiqada uning ayanchli noroziligi ifodalanadi. Arab Petrushkani xaydab chiqaradi, yana baraban sadolari bilan 3- ko’rinish tugaydi.
4- ko’rinish “Moslenisiada xalq sayli” bayram avjiga chiqqan, musiqa sho’x quvnoq xarakterda enagalar raqsi davomiga mashxur xalq qo’shiqlari va kuylaridan foydalanilgan. Aravakashlar va ot boqarlar musiqasi qo’pol xarakterda. Petrushkaning nidosi bu ko’rinishning avji hisoblanadi. Truba sadolari ostida arab Petrushkani o’ldiradi. Fokuschi kelib qo’g’irchoqni tiriltirgan paytda truba ijrosida Petrushka mavzusi yangraydi va teatr uzra uning arvohi ko’rinadi va u qochib ketadi.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling