«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII simfoniya.
Nazorat uchun savollar:
Kompozitorning mashxur asarlarini sanang? S. S. Prokofev asosan qanday janrlarda ijod qilgan? S.S.Prokofyev. Simfonik ijodi. Ma'lumki, simfonik orkestr uchun Prokofyev 7 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun 5 ta kontsert, skripka va orkestr uchun 2 ta kontsert, violonchel va orkestr uchun 2 kontsert yaratgan. Prokofyevning birinchi Klassik simfoniyasi inqilobgacha bo' Igan (1916-1917) yillar davrida Gaydn usulida yozilgan. Ikkinchi simfoniyasi 1924 yilda , V simfoniya 1944 yilda ,VII simfoniya 1952 yozilgan. VII simfoniya. Boshida bolalarga atab yozilishi rejalashtirilgan edi. Ish jarayonida bu asar hayot go'zalligi, quvonchi, mazmunini madh etadigan dono simfonik ertagi pog'onasiga ko'tarildi. 1957 yilda kompozitor vafotidan 4 yil o'tgandan keyin aynan VII simfoniyasi uchun S.S.Prokofyevga Lenin mukofoti berildi.VII simfoniya 1952 yilning oktyabr oiyida Dom Soyuzov (Ittifoqlar Uyi)ning Kolonniy zalida ilk marotaba ijro etildi. Yangi asarni Prokofyev musiqasining targ'ibotchisi, taniqli sovet dirijyori S.A. Samosud raxbarligidagi Umum ittifoq radiosi orkestri ijro etgan. Premyeraga muallifning o'zi tashrif buyurgan. Bu hayotda ohirgi martta kontsert zalida o'z musiqasini tinglashi edi. VII simfoniya kompozitorning so'nggi tugatilgan yirik asari. Asar partiturasi o’sha yilning 5 iyul kuni vafotidan 8 oy oldin tamomlangan edi. Dastlab bolalar uchun simfoniya deb boshlangan asar ijod jarayonida ham bolalar ham kattalar uchun simfoniyaga aylanib ketgan. Simfoniya 4 qismdan iborat. I qism - o'rtacha (Moderate) sur'atida yozilganiga qaramay,sonata allegrosi shaklida o'tadi. II-Allegretto III-Andante espressivo. IV - koda bilan kelgan intiluvchan Final. I qism skripkalar chalgan ajoyib kuyidan boshlanadi bu do# minor tonallikdagi bosh partiya mavzusi. Kuy ravon, keng va shoshmasdan bayon etiladi. Bosh partiya o'rtasida musiqaning fe'li o'zgaradi. Passajlar yugurishi boshlanadi. Qaytgach, skripkalar mavzusi sol # minor, keyin lya minor tonalliklarda o'tkir passajlar fonida, tarangroq yangraydi. Vaslar (valtorna, fagot va tuba) mavzuning bosh motivini bir necha marta qaytaradi. Bayon bir ozga dramatiklashadi. Yondosh partiya mavzusi tantanali, lirik fa major tonalligida yangraydi. Uning chuqur, to'liq tembri alt va violonchellar kabi pasttorli va yog'och puflama cholg'ular hamda valtorna qo'shilishidan paydo bo'ladi. Bu hayot go'zalligi va quvonchi mavzusi. Mavzu butun simfoniyaning bosh, asosiy mavzusi sifatida namoyon etiladi, keyinchalik mavzu IV qismning kodasida yana qaytariladi. Yondosh partiya mavzusi Prokofyevning eng chiroyli eng afzal kuylardan biri. Yondosh partiya diapazono ikkita oktavadan ortiq. Yakunlovchi partiyada birdaniga ko'ng'iroqchalar gavhar ovozi yangrab, ularga fortepiano va arfa qo'shiladi. Goboy va fleyta mittivoy qadamlariga o'xshagan motivni ijro etishadi. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling