«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
Ye. I Fomin ( 1761-1800)- Birinchi rus operalar yaratuvchilaridan biri. Yevstigney Ipatyevich Fomin 1761 yili Peterburgda askar - artillerist oilasida tug’ilgan. 6 yoshida uni Badiiy Akademiyasining musiqiy sinflariga o’qishga kirgizib qo’yishgan. Akademiyani a’lo bitirgandan so’ng taliyaga malaka oshirib kelish uchun jo’natib yuborishadi. Bolonyada Fomin padre Martini (avliyo ota Martini)- taniqli kompozitor va nazariyotchi qo’lida o’qigan. Yaxshi natijalar ko’rsatgani uchun uni Bolonya filarmonik Akademiyasining fahriy a’zosi qilib saylashdi. Italiyada uch yil yashab, Fomin Rossiyaga qytib keladi va o’z tinimsiz ijodiy faoliyatini boshlaydi. U operalar, dramatik spektakllar uchun musiqa yaratadi. 1787 yilda «Yamshiki na podstave» operasining premyerasi bo’lib o’tadi. Fominning eng yaxshi asari- «Orfey va Evridika» melodramasidir. Fomin yaratgan asarlarning muvaffaqiyati unga boylik keltirmadi. U xususiy darslar berdi va jo’rovoz (akkompanement) chalib o’z tirikchiligini topib yurgan. 1800 yilda 39 yoshida bemahal vafot etgan.
Dm.St.Bortnaynskiy (1751-1825) - XVIII asming boshqa iqtidorli kompozitori. Ijodining asosiy sohasi- xor musiqasidir. Dmitriy Stepanovich Bortnyanskiy 1751 yili Ukrainadagi Gluxovo joyida tug’ilgan. Ush bu shaharchada 1739 yili rus saroyi uchun qo’shiqchilik maktabi ochilgan edi. 7 yoshida Bortnyanskiyni Peterburg saroyqoshidagi qo’shiqchilik kapellasiga berishgan. Chiroyli ovozi va musiqiy qobiliyati bilan darrov mutaxassislarning e’tiborini o’ziga qaratgan. Bolaligidanoq saroy spektakllarida qatnashgan. 1769 yilda Italiyaga borib, u yerda 10 yil davomida yashagan. ltaliyadan qaytgach, saroy kapelmeysteri lavozimini egallaydi. Shu paytdan boshlab o’zini to’laligicha faqat xor musiqasiga bag’ishlaydi. Xor kapellasiga Bortnyanskiy bor shijoatini sarflab, rus qo’shiqchilar (aShulachilar) tayorgarligini yanada oshirishshga xarakat qilgan.Kapellada Bortnyanskiy 30 yildan ortiq ishladi. U 1825 yilda Peterburg shahrida vafot etgan. Bortnyanskiy operalar, xor uchun yirik asarlar, undan tashqari uvertyuralar, fortepiano uchun sonata va pyesalar, kamer asarlar va boshqa turdagi cholg’u musiqasining muallifi bo’lgan. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling