«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
Nazorat savollari:
Operaning yaratilish tarixi Qisqacha mazmuni з Mavzu: Glinkаning simfonik ijodi. (Fantaziya “Kamarinskaya”, uvertyura “Aragon hota, “Vals - fantaziya”) Reja: Simfonik merosi. “Kamarinskaya” fantaziya. “Aragon hota” “Vals - fantaziya” Bayoni: Glinkaning simfonik ijodi hajmi jihatidan katta bo’lmagani bilan uning merosini madaniy boylik ahamiyatga egadir. Simfonik ijodini “Kamarskaya”, “Aragon hota” va “Madriddagi tun” uvertyuralari, “Vals - fantaziya”, “Knyaz Homskiy” fojiyasiga musiqa taqdim etadi. Glinkaning simfonik musiqasi yorqinligi, obrazlarni aniqligi, umumtuShunarliligi va mazmunligi bilan harakterlanadi. Kompozitorning simfonik musqasidagi maqsadi – milliy xalq musiqasini klassik musiqaga kiritish. “Kamarinskaya” – ikkita rus mavzuga variatsiya shaklida yozilgan fantaziya. Bu asarda Glinka simfonik asarlarida rus xalq qo’shiqchiligi qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi. Asar orqali kompozitor rus xalqini boy ijodini yoritib berdi. Fantaziya asosida 2 ta mavzuga variatsiya: 1 mavzu – to’y marosimida aytiladigan sekin va cho’zilgan harakterdagi “Iz-za gor, gor visokih- (Baland tog’ orasida)” –nomli qo’shiq. 2 mavzu – quvnoq, tez harakatdagi rus raqsi “Kamarinskaya” 7 ta variatsiyadan iborat bo’lib, ular hilma – hil harakterga egadir. Birinchi mavzu xalq kuychan qo’shiqlar rivojlanishi bo’yicha gavdalanadi, raqsli mavzu esa boshlang’ich rivojlanishida polifonik yo’li bilan rivojlanib, asar davomida melodic ko’rinishini bir necha marotaba o’zgaradi. Kompozitor ayrim variatsiyalarida orkestrovka orqali milliylikni ko’rsatadi, masalan: to’y qo’shig’ini yog’ochli puflama asboblarni variatsiya bilan boshlanib torli sozlarni pitsikatosida tugaydi. 3 xil variatsiya: 1)Jo’r bo’luvchi 2) Intanatsion 3) orkestrlik Arag on hotasi – ispan xalqining tasviridir. Asarni asosida milliy xalq mavzulari Sonata shaklida yozilgan bo’lib, pesa kirish qismi bilan boshlanadi – tantanali harakterda bo’lib, raqssimon harakatga aylanib ketadi. Kompozitor ispan gitarasi sadosini soli arfa va skripka orqali beradi. Ekspozitsiya: asosiy mavzu (hota) qarama-qarshi yo’nalishda sho’h, tez va kuychan harakterda (B - dur). Yordamchi mavzu ham ikki qismdan iborat: 1) raqssimon birinchi hotaga o’xshash. 2) kuychan. Ekspozitsiyani harakteri yorqin jonlidir. Rivojlov: dramatizm harakatda. Repriza: tasdiqlov yakuni. Glinka bu asarda variatsion va sonata negizlarini biriktirib, butun asarga yahlitlikni beradi. “Vals-fantaziya” (h - moll) 1839 yilda Glinka oddiy kundalik fortepiano uchun raqs deb yozgan. 1856 yilda u orkestr uchun redaksiyalangan. Oddiy raqsni kompozitor psihologik mazmunli, murakkab musiqiy shaklli romantic poemaga etkazadi. Asarni harakteri, lirik, nazokatli. Asosiy qahramon – ayol, uning ruhiy drammasi. Asarni shakli rondo shakliga yaqinlashtirilgan bo’lib, asosiy mavzu hilma – hil harakterga egadir. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling