Musiqa sanʼati va madaniyatining asosiy printsiplari va texnologiyalari kirish


Bob. O’quvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirishda ingliz tilining o’rni


Download 91.67 Kb.
bet7/10
Sana14.10.2023
Hajmi91.67 Kb.
#1702904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSIQA SANʼATI VA MADANIYATINING ASOSIY PRINTSIPLARI VA TEXNOLOGIYALARI

2.Bob. O’quvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirishda ingliz tilining o’rni.
2.1Ingliz tili orqali musiqiy savodxonlikni amalga oshirish yo’llari.
Umumiy ta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarida o’zlashtiriladigan musiqa haqida ma’lum tartibga solingan boshlang’ich tushunchalar: musiqaning o’ziga xos xususiyatlari, ayrim qonuniyatlari, ifoda vositalari va ularni nota yozuvida tasvirlash elementlari musiqa savodi vazifalariga kiradi. Demak, musiqa savodi-musiqa san’ati haqidagi boshlang’ich tushunchalar tizimidan iborat ekan. Shuning uchun musiqa savodi darsning mustaqil musiqa faoliyati tarzida emas, balki butun dars davomida, ayniqsa ko’proq xorda kuylash va musiqa tinglash, asarlarni o’zlashtirish jarayonida o’rganiladi. shuningdek, musiqa savodi o’quvchilarda musiqa bilimining takomillashuvida muhim rol o’ynaydi. Umuman, yangi dastur talablariga binoan, musiqa savodi darsdagi barcha amaliy musiqa faoliyatlarini mantiqiy va nazariy jihatdan birlashtiruvchi va shu bilan darsning mazmunan bir butunligini hosil qilishga yo’naltiruvchi vosita sifatida ham muhimdir. Shuning uchun u musiqa o’qitilishining ta’limiy fnuktsiyasini bajarishda asosiy vosita hisoblanadi.
Musiqa savodining asosiy kaliti va pedagogik ob’ekti chorak mavzulari va shu mavzularni yoritishga mo’ljallab tanlangan kuylash va tinglashga doir asarlardir. Bolalar har bir darsda asarlarni ongli ravishda idrok etish va ularni ijro etish qoidalariga doir yangi tushunchaga ega bo’ladilar. Bu tushuncha keyingi darslarda mustahkamlanib borishi lozim. Shunday qilib, har bir darsda bolalarning musiqa va uning amaliyoti haqidagi umumiy bilimlari boyib boradi. Mazkur tushuncha va bilimlarning boyib borishi asta-sekin o’quvchida musiqa savodxonligi va madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, birinchi sinfga bolalar musiqa haqida ma’lum darajada umumiy bilimga ega bo’lgan holda keladilar. Bu bilimlar bolalarda turli darajada bo’ladi, albatta. Ammo, ularning kundalik musiqaviy hayotdan olayotgan taassurotlari va musiqaviy tajribalari bir-birlariga yaqin turadi. O’qituvchi sinf jamoasini birlashtirish uchun aynan shundan foydalanmog’i lozim. Bu dars mazmunini hayot bilan bog’lashda ham muhim rol o’ynaydi. Bolalarning musiqa taassurotlari va tajribalarini boyitib borish asosida musiqaning eng oddiy qonuniyatlari haqida bilim doiralari kengaytirib boriladi.
Dars jarayonida o`quvchilarga musiqa haqida beriladigan barcha bilim va malakalar musiqa savodi doirasiga kiradi. Unga musiqaning o`zi ga xos xususiyatlari, san`at sifatida aks ettirilishi, ifoda vositasi (til, nutq) janr turlari, tuzilish ijro uslublari, ijrochilar turlari, cholg’u asboblari tasnifi va boshqalar kiradi. Shu boisdan u musiqa va san`at maktablarida, kollejlar va litseylarda o`qitiladigan musiqa savodi predmetidan tubdan farq qiladi va musiqa san`ati haqida ma`lum bilim, tushunchalardan iborat bo`ladi.
Demak, musiqa savodi darsda mustaqil faoliyat sifatida amal qilmay va boshqa faoliyatlar jarayonida ya`ni musiqa asarlarini badiiy o`rganish va ijro ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun yordam beradi. O`quvchilarning musiqa savodxonligini shakllantiradi va uning bilim doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Natijada, yangi asarni o`rganish jarayonida bilib olingan har bir yangi tushuncha, atamalar keyingi darslarda doimiy ravishda qo`llanilib borilishidan iboratdir. SHunday qilib, musiqa savodi darsining quyidagi ta`limiy funktsiyasini bajaradi:

  • musiqa idrokini rivojlantirish va asarlardan estetik zavqlanish vositasida badiiy obrazli xotirani o`stirish;

  • mehnat, tabiat, texnika, yil fasllari, koinot fazogirlariga bag’ishlangan asarlar vositasida ilmiy dunyo qarashni tarkib toptirish;

Mazkur maqsadlarga erishish uchun o`qituvchi oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:

  • musiqa san`atiga havas uyg’otish, musiqa tinglash va amaliy mashg’ulotlarga qiziqtirish vositasida bolalarda musiqaviy, badiiy ehtiyojni kuchaytirish;

  • idrok etilajak asarlardan o`quvchilarda musiqaviy badiiy taassurot uyg’otish;

  • darsda o`quvchilarning musiqa savodxonligini oshirib borish uchun esa: a) asarlarni suhbat yo`li bilan oddiy musiqaviy, peagogik tahlil etish;

b) oddiy musiqa tushuncha va atamalarining mohiyatini bilish va ularni doimo musiqa amaliyotida qo`llay bilish;
v) kuyning oddiy tuzilishi, ifoda vositalarini anglay olish, kuy notasini
ritmik tuzilmalariga qarab chapak chalish va kuylashga o`rgatish;
g) musiqa ijodkorlari, ijrochilari hamda cholg’u asboblari haqida ma`lumot berib borish. Musiqa savodining asosiy kaliti va pedagogik ob`ekti chorak mavzulari hamda ularni yoritishga mo`ljallab kuylash va tinglashga doir tanlangan asarlardir. Ular bolalarning kundalik musiqaviy hayotidan olayotgan taassurotlari va musiqaviy tajribalari asosida o`rganilishi lozim.
Birinchi sinf (olti yoshli) bolalariga musiqa xarakterlari haqida beriladigan bilimlarni quyidagicha belgilash mumkin.
1. Bolalar diqqati musiqaning ifoda vositalari – kuy, registr, temp, ritm, dinamika va boshqalarga jalb etiladi. Dastavval bu terminlarning aynan qoidasini ta’riflash bilan tushuntirish qiyin. Masalan, birinchi darslarda bolalar kuylagan qo’shiq musiqasida ma’lum hissiyot borligi (quvnoqlik, xushchaqchaqlik, tantanavorlik, o’ynoqilik, ko’tarinkilik, munglilik va boshqalar) hamda kuy harakati turg’un bo’lmay, balki yuqori va pastga qarab yo’nalib turishi aniqlanadi. Shundan so’ng, kuy tovushlardan iborat bo’lib, ular uzun va qisqa bo’lishi aniqlanadi. Pirovardida uzun va qisqa musiqiy tovushlarning yuqori va pastga qarab yo’nalishi natijasida hosil bo’lgan ohang-kuy, ya’ni melodiya ekanligi tushuntiriladi.
Bolalar kuyning plakat yoki doskadagi grafik harakatiga hamda uzun va qisqa tovushlarni nota kartochkalariga qarab kuylash natijasida puxta bilimga ega bo’ladilar.
Kartochkalardagi notlarni chapakda va bolalar o’yinchoq cholg’u asboblarida chalish, musiqa ohanglariga ritmik jo’r bo’lish va musiqaga mos harakatlar bajarish, ya’ni musiqa bilan qadam tashlash kabilar esa uning amaliy ifodasidir.
Bolalarning musiqa o’quvini ijobiy rivojlantirishda aniqsa, vokal-xor ishlari jarayonida, harakatli ko’rgazma metodi (metod sluxo-dvigatelnoy naglyadnosti)dan foydalanish zarur. Bu kuyning yuqoriga yoki pastga yo’nalgan harakatini qo’l harakatlari ifodasi bilan tasvirlab kuylashdan iboratdir. Kartochkalar orqali kuchli va kuchsiz hislarni aniqlash anchagina oson bo’ladi. Ular yordamida bolalarning ritm va metr haqidagi tushunchalarni mustahkamlanadi.
Registrni esa obraz ifodasi yorqin bo’lgan asarlar vositasida o’rganish lozim (F. Nazarovning “Qo’zilarim”, B.Guseynlining “Jo’jalarim”, S. Abramovaning “Qo’g’irchog’im” va boshqa asarlari). Shunlardan so’nggina aniq obrazga ega bo’lmagan asarlarda (masalan, “Jamalagim”) yuqori, past va o’rta registrlarni aniqlash oson bo’ladi.
Musiqada registrning rolini tushuntirish maqsadida “musiqaviy tasavvurni buzish” (N.Grodzenskaya) metodidan foydalanish mumkin. Masalan, R.Rebikovning “Ayiq” asarini yuqori registrda va aksincha, E. Grigning “Qushcha” sini pastki registrda ijro etsak, asarlarda ayiq va qush obrazlari buzilganligini bolalar sezadilar.
Musiqa savodida eng muhim – lad tushunchasini rivojlantirish va uni his etishdir. Birinchi sinfda major va minor ladlari, asosan, bolalarga tushunarli bo’lgan yorqin bardam, xushchaqchaq (major), “yumshoq”, “mayin”, “mungli”, “suyukli”, “yoqimli” (minor) kabi nisbiy so’zlar bilan ifodalanadi. Shuningdek mashq va qo’shiqlarda major va minor tovush qatorlari va uch tovushliklar (“Pianino”, “Bolalar va g’ozlar” kabi) ning ladi almashtirib chalinsa, bolalar ohang “buzilganini” darrov aytadilar. Keyingi sinflarda bu o’z samarasini beradi va bolalar lad musiqaning muhim ifoda vositasi ekanligi haqida ishonch hosil qiladilar.
Temp va dinamika haqida esa, asosan, kontrast taqqoslash metodi orqali bolalar umumiy tushunchaga ega bo’ladilar.

  1. Qo’shiq aytish va qo’shiqni ijro etish qoidalariga doir bilimlar, chapak va cholg’u asboblarida chalish qoidalari, musiqaga mos harakatlar, turlari, ayniqsa asarning janri xarakteri va tuzilishiga doir elementlar (1,2 qismli qo’shiq, marsh, raqs, cholg’u va vokal musiqasi va boshqalar), ijrochilar va cholg’u asboblari (cholg’uchi, cholg’u ansambli, xonanda, xor va boshqalar) bilan tanishish kabi qator bilimlar ham musiqa savodi turkumiga kiradi.

  2. Musiqa ijodkori – kompozitor haqidagi umumiy tushuncha

“kompozitor-ijrochi-tinglovchi” mavzui tarkibida va o’rganiladigan asarlarning mualliflari haqida qisqacha tanishuv vositasida beriladi.
Keyingi sinflarda mazkur bilimlar nisbiy tushunchalarda asta-sekin aniq (absolyut) tushuncha ya’ni musiqani nota yozuvi tizimida o’rganishga va uning tahlilida asl atamalarni ishlatishga o’tiladi.
Shunday qilib, birinchi sinfda bolalar musiqaning xarakteri va obrazlari orqali uning oddiy qonuniyatlari haqida umumlashma bilim va nisbiy tushunchalarga ega bo’ladilarki, bu shartli ravishda notagacha bo’lgan davr deb ataladi.
Birinchi sinfda musiqa xarakteri va ritmiga xos harakatlar bajarish bolalarning musiqa obraziga “kirishiga” va musiqa o’quv qobiliyatlarini ijobiy rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, chapak va cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish musiqa xarakteri va obrazlarini chuqurroq his etishda ularga xos emotsional tuyg’ular hosil etish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Mazkur faoliyatlar qo’shiq aytish, musiqa tinglash jarayonida va musiqa elementlarini o’rganishda musiqa haqidagi olingan bilimni amalda qo’llash uchun ham muhimdir. Musiqa harakatlari elementlari asosan, qo’l bilan kuy harakati, tovushlar baland-pastligi, uzun-qisqaligini ifodalash, raqs elementlarini bajarish, musiqali o’yinlar o’ynash, musiqa bilan (ko’proq marsh) qadam tashlash va boshqalardan iboratdir.
Musiqaviy faoliyatlarning barcha turlariga doir vazifa va ish mazmuni o’quv materiallarining yillik rejalashtirilishida davomli tarzda ko’rsatilgan.
1-4 sinflarda o’zlashtiriladigan musiqiy o’quv materiallari ichida savodxonlikka oid tushunchalar alohida o’rin egallaydi. Zero, musiqa savodxonligi orqali o’quvchilarda musiqa madaniyatining asoslari tarkib topadi. Har bir sinf o’quvchilari musiqiy qiziqish, psixologik xususiyatlari, o’zlashtirish imkoniyatlari hisobga olingan holda o’quv materiallari oddiydan – murakkabga tomon tamoyiliga asoslanib borgandir.
1-sinf musiqa savodidan bolalar musiqa tovushlarining baland va pastligi haqida nazariy ma’lumot oladilar. Shuningdek, notalarning nomlanishi, kuylanish tartibi bilan ham tanishadilar.
Musiqa madaniyati darslarida ingliz tili orqali axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) vositalaridan biri bo`lgan komp’yuter texnikasidan foydalanib, o`quv jarayoniga tadbiq etish, shubhasiz o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini orttiradi va shu bilan birga ta`lim samaradorligini o`stirishga xizmat qiladi. Darsda o`quvchi bir vaqtning o`zida ko`radi, eshitadi hamda komp’yuter bilan muloqotda bo`lishi bilan bir qatorda ingliz tilini o`zlashtiradi.
O`quvchilarga musiqa haqida beriladigan jamiki bilim va tushunchalar o`z xususiyatiga ko`ra musiqa savodi doirasiga kiradi. Jumladan, musiqa- san`atning muhim bir turi sifatida hayotdagi real voqeliklarni tovushlar vositasida ifoda eta olishi, uning ifoda vositasi (til, nutq), janrlarga oid turlari, tuzilishi, ijro uslublari, ijrochilik turlari, cholg’u asboblariga tegishli tasnifiy xususiyatlar musiqa savodining asosiy tarkibini tashkil etadi.
Notalarni nota yo`liga to`g’ri yozish ham musiqiy savodxonlikning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon boshlang’ich sinflarda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. O`qituvchi har bir so`zni harflar bilan yozilgani singari, musiqa ham maxsus belgilar, ya`ni musiqaga xos harflar- notalar deb ataladigan belgilar bilan yozilishini ingliz tilida tushuntirishi lozim.
Buning uchun o`qituvchi beshta nota yo`lining ahamiyatini quyidagicha
izohlab berishi kerak:
O`qituvchi Komp’yuterning Microsoft Power Point dasturi yordami tayyorlangan slaydlarda nota cho`zimlari ko`rsatiladi. O`qituvchi tomonidan tayyorlangan slaydda musiqa savodi ingliz tilida tushuntiriladi. O`quvchilar musiqa savodidan nota cho`zimlari haqida ma`lumot olish bilan bir qatorda nota cho`zimlarining ingliz tilida nomlanishini o`rganib olishadi.

Musiqa savodini ingliz tilida o`quvchilarga o`rgatish, ularning musiqiy
bilim darajasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, musiqa savodini ingliz tili va komp’yuterning Microsoft Power Point dasturi yordamida tayyorlangan slaydlarda o`quvchilarga butun, yarim, chorak, nimchorak (sakkistalik) va o`n oltitalik notalar shakli, shularga xos pauza va ularning ijrodagi roli lad, (major va minor), ton va yarim ton, al’teratsiya belgilari kabi nota elementlarini o`rgatish juda muhim hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda o`quvchilarda musiqa savodxonligi malakalarini ingliz tilida shakllantirish muhim pedagogik muammolardlan biridir.
Chunki, har bir fan avvalo uning nazariy asoslari orqali o`zlashtiriladi. Musiqa savodxonligisiz musiqa madaniyatidan bahramand bo`lish, san`at asarlariga etarli baho bera olish mumkin emas. Zero, musiqa san`ati uning qudratli imkoniyatlari eng avvalo tinglovchidan savodxonlikni talab etadi. Musiqiy savodxonlikka ega bo`lgan o`quvchi esa, eshitgan har bir musiqa asarini yaxshi tushunadi, qiynalmay o`rganadi hamda undan ma`naviy ozuqa oladi.

Download 91.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling