Musiqa ta’limi 5111100 Rahbar: dots. X. Botirova Bajaruvchi: Baratova Mahliyo andijon-2022 mavzu: Vokal-xor malakalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarda kuylash malakalarini rivojlantirish reja: kirish Asosiy qism


Download 82.74 Kb.
bet8/12
Sana11.01.2023
Hajmi82.74 Kb.
#1089438
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
vokal-xor-malakalarini-shakllantirish-orqali-oquvchilarda-kuylash-malakalarini-r

Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, o‘z ovozini unga moslab kuylashi – sozlanish degan ma'noni anglatadi. Sozlanish – ma'lum balandlikdagi tovushni aniq intonatsiya qilish demakdir. Bu muhim malaka bo‘lib hisoblanadi, chunki boshlang‘ich sinflardagi vokal-xor ishlarining asosiy maqsadi sof unisonga yerishishdan iboratdir. Shuning uchun birinchi darsdan boshlab sof unison o’quvchilarda sozlanish malakalarini shakllantirish ustida tizimli ish olib boriladi. Ayniksa musiqiy ukuvi sust bolalarga e'tibor kuchaytiriladi.
Ansambl – fransuzcha so‘z bo‘lib, “birgalikda” degan ma'noni bildiradi. U musiqa, balet va arxitektura sanatlarining qonuniyatlaridan sanaladi. Musiqada bir necha ijrochilarning birgalikdagi ijrosi ansambl deyiladi. Masalan: o‘zbek xalq cholg‘u asboblari ansambli, ashula va raks ansambli, vokal ansambli va boshqalar. Xorda esa barcha xonandalarning soz birligi, ijro tempi, ritm-usul va dinamika birgalikda ijro etiladi.
Ansambl xususiy va umumiy turlarga bo‘linadi. Xorda barcha ijrochilarning bir ovozga sozlanib 2-3 ovozda kuylashi ham ansambl deyiladi. Har bir ovozning alohida-alohida sozi va ansambli xususiy ansambl deyiladi. Soz va ansamblning uyg‘unligi uzluksiz ish jarayonini talab etadi, shundagina asosiy maqsad qilib qo’yilgan sof unisonga erishish mumkin.
Talaffuz. Kuylashdagi talaffuz nutk talaffuzidan farqqiladi. Artikulyasiya organlari (lab, til, jag‘)ning faol harakatidagi hamjihatligi vositasida ifodali talaffuzga erishish mumkin. O’quvchilar nutkida zaiflik, ovoz apparatini sikib gapirish natijasida xorda bakirib kuylash nuksonlari uchraydi. Bunday o’quvchilarga e'tiborni kuchaytirish va ular bilan yakka tartibda ko’proq ish olib borish lozim. Eng muhimi, o’quvchilarni mashqlar va qo’shiqlar matnini vokal uslublariga muvofiqtalaffuz etishga o‘rgatib borish lozim. Undosh d, r, n, m, l kabi jarangli tovushlarni dona-dona qilib kattikrok ovozda kuylash, k, z, s, t, sh kabi undosh tovushlarni keskinrok kuylash lozim. Unli tovushlarni esa cho‘zib, og‘iz shaklini belgilangan shaklda ochib kuylash talab etiladi (ilova №1).
Vokal-xor malakalari yildan-yilga barcha sinflarida asta-sekin mustahkamlanib, sifati yaxshilanib, murakkab shakldagi qo’shiq repertuarlarini kuylashga, ko‘p ovozda kuylashga imkoniyatlari ortib boradi. Vokal-xor malakalarini hosil qilishda ovoz apparati va ovoz hosil qilish organlarini bir maromda o‘zaro alokada normal ishlashiga erishish zarur, aks xolda ovoz apparatiga ziyon etishi mumkin. O’quvchilarning musiqa savodini bilishlari musiqiy asarlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga, xotiralarida yaxshi saklab kolishlariga yordam beradi. Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarash, musiqiy xotira, musiqiy idrok shakllanadi. Bu faoliyat turida o’quvchilar musiqaning yaratilishi tarixi, musiqaning ifoda vositalari-ritm, temp, registr, o‘lchov, lad, metr, nota yo‘li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida to‘lik bilimga ega bo‘lishbilan birga, musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu esa o‘z navbatida o’quvchilarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantiradi.
Qo’shiq kuylash uchun tanlangan ko‘p ovozli asarlar va mashqlar o’quvchilarda garmonik eshitish qobiliyatlarini shakllantiradi. 5-7 sinflarda ikki ovozda kuylash malakalari avval kanon, aks-sado, so‘ngra tersiya bo‘lib kuylash orqali shakllantirib borilib, musiqiy asarlar yordamida mustahkamlanadi. Asosiy maqsad hamohanglik bilan birga sof ohangdoshlikni xosil qilishdir.
Shu o‘rinda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo‘lmasin, u shaxsning barcha psixologik komponentlarini shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun biz shuni ta'kidlashimiz kerakki, har bir musiqiy faoliyatlar barcha sanab o‘tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo‘lsa ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay ko‘ymaydi.
Musiqa madaniyati darslari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun avvalambor maktabdagi sinf xonalari talabga muvofiq jixozlangan bo‘lmog‘i lozim. Sinf xonalari keng, yorug‘, harakatlanish uchun kulay bo‘lishi, maxsus stol va stullar bilan, matn va nota yozuvi uchun mo‘ljallangan doska, musiqiy cholg‘u (iloji boricha pianino), musiqa tinglash uchun magnitofon yoki musiqiy markaz, audio-video moslamalari, televizor, kompyuter, musiqa savodi uchun plakatlar, sur'atlar, qo’shiqlar to‘plamlari, bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Sinf xonadagi jixozlar talabga muvofiq joylashtirilishi lozimki, o’quvchilar sinfga kirganlarida o‘zlarini xuddi musiqa va musiqa tovushlar olamiga kirgandek xis qilishlari kerak. Buning uchun sinf devorlarida taniqli o‘zbek va chet el kompozitorlarining rasmlari, tuvaklarda gullar, chiroyli oq pardalar, musiqiy tovushlarni ta'riflovchi suratli plakatlar, musiqiy cholg‘ular va hokazolar bilan bezatilgan bo‘lmog‘i zarur. Umuman aytganda sinf xonasiga kim kirishidan qat'iy nazar u musiqaning sehrli olamiga kirib qolgandek bo‘lsin, estetik zavq olsin va o’qituvchining ishidan mamnun bo‘lsin.
O’qituvchi dars jarayonida musiqiy qobiliyati sust, o‘zlashtirishi past darajada bo‘lgan o’quvchilarni oldingi qatorlarga, aksincha musiqani yaxshi eshita oladigan, o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan o’quvchilarni orqa qatorlarga joylashtirishi lozim. Ayrim hollarda «bo‘sh» o’quvchilarni «kuchli» o’quvchilar bilan yonma-yon o‘tkazib qo‘yish yaxshi samara beradi. Shuningdek, musiqa ta'limida o’quvchilarning yosh xususiyatlariga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o’quvchilarining diqqatlari tarqoq bo‘lishi, tez charchashlari, zerikishlari tabiiy holdir. Shuning uchun darsdagi faoliyatlarni tez-tez almashtirib turish, o’quvchilarga dam beruvchi hikoyalar, mavzuga mos voqealar aytib berish, ko‘pincha o’quvchilar yoshiga mos musiqa tinglash juda yaxshi natijalar beradi. Ayrim hollarda musiqa tinglab bo‘lingandan keyin, o’quvchilarga o‘z olgan taassurotlariga tayangan holda rasmlar chizdirish o’quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Musiqiy ta'lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psixologik asoslarini o‘rganish o‘ta muhimdir. Bizning hayotimizda musiqa har bir uyga kirib borgan. Musiqa mavzusi o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmagani uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg‘u va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqada musavvirlik va haykaltaroshlikdan farqli tarzda dunyo haqida tasavvurlar emas, balki tuyg‘ular va kayfiyatlar hosil qiladi. Musiqada tuyg‘ular hayotiy tuyg‘ularning aynan o‘zi bo‘lmay, ular tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai nazardan anglangan bo‘ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatining barcha rango-rang tovlanishlarini aks ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg‘ular, eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi.
Musiqa vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarning o‘zgartirib turishlari, avjlanishi va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi.
Musiqa inson ichki dunyosining xissiyotli tomonlari bilan birga ma'naviy olamini butunligicha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim xususiyatlarini ifodalash, milliy ruh holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ham ega. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa xos bo‘lgan ruhiy tizim xususiyatlari, tuyg‘u holatlari va voqelikni in'ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko‘rinadi. Milliy ruh xususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq musiqiy ijodi katta o‘rin tutadi.
Buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta'limotiga ko‘ra, inson kechirayotgan turli xis-tuyg‘ular bosh miya yarimsharlari po‘stloqqismining faoliyati asosida yuzaga keladi. Atrof muhitning inson organizmiga doimiy ta'siri va organizmning bu ta'sirlarga qonuniy javob reaksiyasi natijasida asta-sekin ma'lum bir munosabatlar tizimi vujudga keladi. I.P.Pavlov buni- dinamik stereotip, deb atagan edi. I.P.Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta'limoti kishidagi xissiyotlarning fiziologik va psixologik tabiatini chuqurrok o‘rganishda katta akamiyatga egadir. Gap maktab o’quvchilarida estetik xissiyotni tarkib toptirish haqida borar ekan, e'tiborni avvalo ikki muhim masalaga qaratishimiz kerak.
1) o’quvchilarda estetik xissiyotning paydo bo‘lishi uchun obektiv shart-sharoitlar mavjudmi?
2) o’quvchilar san'at asarlarini go‘zallik nuqtai nazardan baxolay oladilarmi?
Psixologiya fanidan ma'lumki, voqelik ta'siri ostida paydo bo‘ladigan sezgi va idrok xissiyotning asosiy manbaidir. Bolalarda bosh miya va sezgi organlarining tarakkiyoti yetarli darajada yuksak bo‘lmaganligi tufayli ularda sezuvchanlik bir muncha ta'sirli bo‘ladi.
Musiqani to‘la to‘kis idrok etish uchun diqqat, xotira va musiqiy tafakkur zarur va muhimdir. Ana shundagina insonning tasavvuri yordamga keladi va estetik xissiyot shakllanadi. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, musiqiy asarni to‘lik idrok etish uchun inson psixikasining faoliyati xilma-xil bo‘lmog‘i lozim. Musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirishdan maqsad o’quvchilarning musiqiy asarning lad, o‘lchov, sur'at, registrini aytib berishlari emas, balki musiqaning yuqoridagi ifoda vositalari orqali ularda shaxsga xos bo‘lgan xususiyatlarni: ijodiy qobiliyat, yorkin yo‘naltirilgan diqqat, musiqiy xotira, tasavvur, faollikni, tashabbuskorlikni shakllantirishdir.
Mamlakatimizda vokal-xor madaniyatini rivojlantirishda bolalar ovozini tarbiyalash va saklash masalasi juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilarning musiqa faniga qiziqishlarini, intilishlarini hisobga olgan xolda Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim mazmunini har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashga qaratish zarur.
O‘zbek xalqi asrlar davomida quvonch, g‘am-alam, armon kabi barcha o‘y-kechinmalari va xis tuyg‘ularini kuy va qo’shiqlar orqali ifodalab kelgan. Xalqimizning ma'naviy boyligini uning qo’shiq va kuylarida, unga bo‘lgan xurmat va munosabatlarida ko‘rish mumkin.
1-4-sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish musiqa fani oldiga qo’yilgan muhim masalalardan biridir.Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlariga (vokal-xor mashqlari, ovoz sozlash, vokal-xor malakalarini shakllantirish, qo’shiq kuylash) ko’proq vaqt ajratiladi. Kuylash malakalarini shakllantirishda musiqa o’qituvchisi o’quvchilarni musiqa olamiga shunday olib kirishlari kerakki, ovoz sozlash, qo’shiq kuylash, qo’shiqning badiiy ijrosiga yerishish kabi mashakkatli mehnatdan zerikmasinlar, aksincha, kuylash malakalarining shakllanishi jarayoni samaradorligi oshsin. Qo’shiq ustida ishlash jarayonida o’quvchilar emotsional holati ko‘tarinki ruxda bo‘lishi ularning fikrlash qobiliyatini ham faollashtiradi va ijobiy natijalarga erishish omillaridan biri sanaladi.
Boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalari quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
1. Oddiy elementar kuylashni o‘rgatish. Bunda o’quvchilarni toza, sof, ifodali kuylashga o‘rgatish, sof unisonga erishish, kuylash talaffuzini yaxshilash, yumshok va mayin kuylashga yerishish.
2. Oldin o‘rgatilgan mashq va qo’shiqlarni takrorlash jarayonida to‘g‘ri nafas olish, ansambl, ikki ovozda kuylash kabi malakalarni mustahkamlash.
3. Hosil qilingan ko‘nikma va malakalardan samarali foydalanish, ovoz jarangdorligiga erishish va ovoz diapazonini kengaytirish.Ovoz sozlash mashqlarini o‘rgatilayotgan asar xarakteriga xos tarzda tashkillashtirish. Badiiy ijroga erishish, berilayotgan materialni tahlil qilib berish va mazmunli qilib tinglovchiga yetkazish.
4. O’quvchilarda ko‘p ovozda kuylash jarayonida oxangdoshlikka erishish malakalarini shakllantirish.
Qo’shiq kuylash jarayonida fortepiano cholg‘u asbobi bilan bir qatorda, milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish. Milliy cholg‘u asboblari o‘z ijrosi, tovush jarangdorligi bilan o’quvchilarni milliy ruxda tarbiyalashga yordam beradi.






Download 82.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling