“musiqa ta’limi” yo’nalishi falsafa fanidan mustaqil ish mavzu: yo‘non faylasuflari pifagor,arastu, suqrotlarning falsafiy qarashlari bajardi


Download 84.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi84.04 Kb.
#1601582
1   2   3
Bog'liq
Fanidan mustaqil ish mavzu


partiya 
va 
diniy 
birodarlikni 
mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son 
barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning 
garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.Matematika tarixida Pifagor 
geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga 
koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi 
taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan 
(bu teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan), 
ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, 
juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik 
proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani 
sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan. Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va 


odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, 
o'zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning 
mazmuni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday 
ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchiliknio‘ylantiradi. 
Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday masalalar, olam va 
odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi 
o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik hamda taraqqiyotning umumiy 
qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha zamon faylasuflari shug‘ullanadigan 
asosiy mavzulari hisoblanadi.Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi 
fanlardan biri, odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yo’ldoshi 
bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar 
merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar orasida muhim 
o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-
intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etgan buyuk donishmandlar o'rtaga 
tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. 
Odamlarni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va 
xalqlarning 
maqsad-muddaosiga, 
ularning 
mualliflarini 
esa 
insoniyat 
qadrlaydigandonishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta 
ahamiyat kasb etgani shubhasiz.Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning 
yutuqlaridan oziqlanadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. 
Uning hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga 
nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada aks ettira 
olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umuminsoniyligi va milliyligi, 
muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tarzining mohiyati va ahamiyatiga 
nisbatan xolisona qarashni taqozo etadi, falsafani zamonaviy mazmun bilan 
boyitib, bugungi talablar asosida rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa 
haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, 
umuminsoniylikni milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning 
mohiyatini ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.Ushbu 
masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy 


ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining ahamiyatini kamsitish yoki yo‘qqa 
chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. 
Aksincha, ularning barchasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-
mohiyati, jamiyat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy 
oqimlar, faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy 
tasavvurnishakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi 
yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi. Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar
ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U 
jamiyat uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-
tuman falsafiy yo‘nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki 
zavoliga ko‘p bora guvoh bo’magan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlarni 
taraqqiyotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari 
tanazzulga 
sabab 
bo‘lgan, 
odamlarni 
qabohat 
va 
jaholat 
tomon 
boshlagan.Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan. 
Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka 
hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlarda unutilishga, ikkinchi darajali fanga 
aylantirishga mahkum qilingan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima 
o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb 
etgan.Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo'ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati 
qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda kishilar 
falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat 
qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar 
o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy 
kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.Shu 
bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bilan anglagan, hayot 
qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham 
bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli 
uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu 
boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini 
eslash va ularni sahifalarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kirn ekani 


haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya 
qoladi. Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy 
etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar 
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan.Muayyan jamiyat 
taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or 
falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa buyuk falsafiy ta’limotlar, bir 
tomondan, madaniy-intellektuat rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub 
ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi. Bu masalaning 
falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g‘oya va 
mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog'liqyana bir muhim jihati ham bor. 
Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y 
berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan 
ushbu mavzuning tarixi,tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va 
nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana 
shuazaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor bo‘lishi 
targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish hamma vaqt ham oson 
kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab 
kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga molik bunyodkor g‘oyalar bilan birga, 
mazmun-mohiyati buzg'unchilik va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor 
mafkuralar, shaxsiyatparastlik mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon 
bo‘lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo‘lgan 
necha-necha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz 
jarayon sifatida davom etib kelmoqda. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat 
barpo etilayotgan hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va 
bag‘rikenglikka rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini 
o‘z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshirishga 
qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo'lish bu boradagi 
faoliyatimizning asosiy mezonidir. Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat 
rivoji bilan uzviybog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, 
xususanfalsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr 


o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va 
falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon faqat stixiyali tarzda, 
o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson tafakkurining yangi davrga xos 
o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom 
etadigan murakkab jarayondir. Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bunday holat 
hozirgi davrda ham yaqqol namoyon bolmoqda. Shu ma’noda, bugungi kunga mos 
dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy 
vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani shubhasiz. 
okrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. 
Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini 
ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi 
kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga 
koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy 
va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni 
demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning 
hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va 
demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi 
tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. 
yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi 
xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm 
qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning 
falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan 
Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, 
doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va 
suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam 
gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand 
boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savol-javob qilgan. Ushbu 
muloqotlarning uslubi va xarakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida 
oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib 
olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu 


masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga 
koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish 
yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1-dan, oʻrta miyonalik, 
moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavf-
xatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga 
rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. 
Zamondoshlari va shogirdlarining guvohlik berishicha, S. oʻzining chuqur 
dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi 
ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, 
induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. 
taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. 
Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali 
haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai 
nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama 
qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori 
boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi 
keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan. 
Aristotel qadimgi buyuk yunon faylasufi, qomuschi, o’z davrida mavjud 
barcha fanlar bo’yicha qalam tebratgan allomadir. Uning yashab o’tganiga ikki 
ming yildan ortiq vaqt bo’lganiga qaramay, hamon o’z ta’limoti bilan jahon ahli 
orasida yashab kelmoqda. Aristotel dunyoqarashi iz qoldirmagan biron-bir fan 
sohasini ko’rsatish qiyin. 
Alloma haqida bizning fikrimiz qanday bo’lmasin, uning aql-zakovatini, 
jasoratini tan olishimiz kerak. Aristotel yashab, ijod qilgan davrda Yunoniston na 
faqat Yevropada, balki butun jahonda iqtisodi, madaniyati, fani rivojlangan davlat 
sifatida tanilgan edi. 
Sharqda Aristotelni “muallimi avval” deb atashgan. Uning ta’limoti o’nlab 
asrlar davomida Bog’dod va Kordovada, Misr va Buyuk Britaniyada ilm-fan, 
ayniqsa falsafa va mantiq ilmining gurkirab o’sishiga katta ta’sir ko’rsatib kelgan.


Xulosa 
Falsafa tarixini o’rganish falsafaning ijtimoiy ong shakllari o’rtasidagi 
o’rnini aniqlash va u jamiyat moddiy hayotining ijtimoiy amaliyotga bog’liqligi, 
nisbiy mustaqilligi, shuningdek, ichki taraqqiyotida, ichki mantiqqa egaligini 
aniqlashni taqozo etadi. O’tmish falsafiy ta’limotlar tarixi bosib o’tilgan bosqich 
sifatida qaralib, uni o’rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Yurtboshimiz «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javob berar ekan, 
quyidagilarni ko’rsatib o’tgan edi: «Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning 
asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar
xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Sokrat 
va Platon, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarining 
kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etish 
nahotki mumkin bo’lmasa? … Mana, misol uchun Freydning nazariy qarashlari, 
pragmatizm va ekzistensializm g’oyalari, Berdyaev va boshqalarning falsafasini 
o’rgansak, foydadan xoli bo’lmaydi… Biz ko’p masalalarda g’arb faylasuflarining 
fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlarini ilohiylashtirish bilan 
kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraqlisini e’tirof, 

Download 84.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling