Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua
SONATA (ital. sonata, lot. sonare — yangramoq
Download 1.35 Mb.
|
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sonata» atamasi 16-asrdan
- UVERTYURA
SONATA (ital. sonata, lot. sonare — yangramoq) — kamer-cholg‘u musiqasining asosiy janrlaridan. 3 qismli turkum asar, ba'zan 1, 4, 5 qismlilari ham uchraydi. 3 qismli mumtoz Sonataning 1- va 3- qismlari tez, 2-qismi vazmin sur'atlidir. 1-qismi (sonata allegrosi) 3 yirik bo‘limdan tashkil topadi: qarama-qarshi musiqiy mavzularni namoyon qilish (ekspozitsiya), ularni bir-biriga taqqoslab rivojlantirish (2-bo‘lim), so‘ngra asosiy kuylarni o‘zaro yaqinlashtirib birlashtirish (repriza). «Sonata» atamasi 16-asrdan ma'lum bo‘lib, avvalboshda kantatadan farkdi o‘laroq har qanday cholg‘u pesa ham Sonata deyilgan. 17-a. boshlarida S.ning 2 ko‘rinishi (cherkov Sonatasi va kamer Sonatasi) shakllandi. 18-a. o‘rtalarida D. Skarlatti, F. E. Bax klavir Sonatalar yozishgan, Y.Gaydn, V.Motsartlar Sonataning mumtoz namunalarini yaratdilar. S. rivoji va yuqori cho‘qqilarga chiqishida L. Betxoven Sonatalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. L. Betxoven S.ni rangbarang mavzu va mazmun, murakkab shakl b-n boyitib, janr imkoniyatlarini kengaytirdi. F.Shopen, R.Shuman, F.List, I.Brams, E.Griglar Sonata rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Romantizm davri va 20-a. kompozitorlari ijodida ham Sonata asarlari muhim o‘rin egalladi. O‘zbekistonda ilk Sonatalarni 1940-50 y.larda I.Akbarov, F.Nazarov, G.Mushel, A.Kozlovskiy kabi kompozitorlar yaratishgan. Keyinchalik, E. Solihov, N. Zokirov, A. Ergashev, D.Saydaminova, H.Rahimov, N. G‘iyosov va b. kompozitorlar ijodida rivojlangan. S.ning kichik hajmdagi turi — sonatina o‘zining soddaligi, ijro uslubining oddiyligi b-n ajralib turadi.
UVERTYURA (lot. apertura - ochish, boshlanish) - opera, balet, oratoriya, drama, kinofilm va boshqaning muqaddimasidan iborat cholg‘u pesa; shuningdek, orkestr uchun yozilgan konsert asari. Tinglovchini opera, balet va h.k.dagi voqyealarga tayyorlaydi, undagi jo‘shqin muhitga olib kiradi. Uvertyura odatda, asarning xarakteri, g‘oyaviy maqsadi, asosiy obrazlarini umumlashtirgan holda ifodalaydi. Ilk namunasini K.Monteverdi «Orfey» operasida yaratgan. 17-a.da U.ning 2 turi yuzaga kelgan - fransuz (J.Lyulli ijodida) va italyan U.si (3 qismdan iborat sinfonia, A.Skarlatti). Italyan U.lari simfoniya rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 18-a. 2-yarmidan opera U.sida sonata shakli vujudga keldi (K.Glyuk, V.Motsart, L.Kerubini va b.). 18-a. oxirlaridan U. operadagi obraz va mavzu b-n yanada uzviyroq bog‘landi, shaklan boyidi («Don Juan», V.Motsart; «Fidelio» L.Betxoven; «Ruslan va Lyudmila», M.Glinka va b.). Sonata shaklida bo‘lmagan U.lar, odatda, muqaddima, prelyudiya, introduksiya deb nomlanadi. 19-a.dan simfonik musikdsa dasturli konsert U.si rivoj topdi. «Yoz tunidagi tush» (F.Mendelson) birinchi romantik konsert U.dir. Uzbekistan kompozitorlari opera va musiqali dramalarga U.lar, shuningdek, konsert U.lari (R.Glier, «Tantanali U.», «Farg‘onacha bayram»; S.Yudakov, «Tantanali U.»; M.Tojiev, O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun 3 ta U.; Hab. Rahimov, «Sayil»; A. Mansurov, 7 ta U.) yaratishgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling