Musiqa tinglash Vokal kuyi Cholg’u kuyi Musiqa savodi. Bolalar ijodi
Download 472.56 Kb.
|
Musiqa faoliyatlarining turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa ijodkorligi faoliyati
- Foydalanilgan adabiyotlar
Kuylash faoliyati bolalarning musiqa o‘quv qobiliyatlarini hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Guruhda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida bola o‘z ovoz ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlarining ijrolarini yeshitib ko‘zatadi va ular bilan birga jo‘rnavozlik qilishga intiladi. Zotan, tinglash va kuylash o‘quv dasturi ta’lim mazmuning asosini tashkil yetadi. Bolalarda kuylash va tinglash faoliyatlarini o‘rganishi bilan birga cholg‘uchilik, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari ham har tomonlama rivojlantiriladi, bilim va malakalarni o’zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida yegallash imkoniyatlari yaratiladi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati yangi o‘quv dasturiga ilk bor kiritilgan. Bu faoliyat bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakalarini o‘stira borish uchun katta ahamiyatga yegadir. Bu faoliyat bola ijrosida doira chertib jo‘rnavozlik qilish, kuy ohanggiga mos harakatlarni xususan, raqs harakatlarini topish, she’r parchasiga kuy bastalash kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o‘yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya yetiladi. Ushbu faoliyatlar zamiri ko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yangi o‘quv dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan. Bu rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda rahbar dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim, Bolalarinng kichik yoshlik xususiyatlariga, idrok amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham yegadir. Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa ijodkorligi faoliyatida tavsif yetilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Mashg‘ulot sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu yesa mashg‘ulotlarni rejalashtirishda va mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda ijodiy yondoshishni toqozo yetadi. Bunda shu narsaga e’tiborni qaratmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg‘ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida ko‘rsatilgan bo‘lsada, ammo mashg‘ulotlarni rejalashtiirishda va ularni o‘tishida musiqa faoliyatlari mashg‘ulot mazmunidan kelib chiqish va uning mohiyatini ochib berish lozim bo‘ladi. Shunday qilib, mashg‘ulotda musiqa faoliyatlari mantiqan va mazmunan birlashadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.www.google.com 2.www.fayllar.org 3.www.yandex.uz Download 472.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling