Musiqa va Muslima
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Muslima va Musiqa
Musiqa va Muslima Qalbimizning asl oromi...? 1 Muallif haqida ● Toronto universitetidagi A. Ka. Tatsangning “The art and science of relationship: understanding human needs” kursini tamomlagan; ● Ludvig Maximilians Universitat Munchenning “Nutrition and Lifestyle in pregnancy ”; ● Nikoh, oilaviy munosabatlar, shaxsiy rivojlanishga oid o'zbek, ingliz, rus tillarida 100 dan ziyod kitoblarni tugatgan, Yasmin Mujahidning nikohga oid darslarini tugatgan; ● Boshqa turli sohalarga oid kurslarga qatnashgan, sertifikatlarga ega. ● Oliy ma’lumotli tarjimon, pedagog. ● William Genri Grinning “Psychology” kursini tamomlagan; ● Sestram.com, Lebedevysisters, Tati.lar, Fadriyya.com, Ruvayha, Е Фё kabi sara blogerlarning vebinarlarida, kurslarida qatnashgan; ● Standford universitening “Introduction to food and health”; ● Edinburg Universitetining “Understanding obesity”; 2 Qadrli muslimam, ushbu gayd anchadan beri sizni qiynab kelgan muammo - musiqani qanday qilib tashlash uslubi haqida yozildi. Maqsadimiz, sizga xushu va xuzuga to'la ibodatlarni qaytarish, iymon lazzatini his qildirish :) Musiqaning miyaga ta'siri, ongga beradigan zararlari haqida ilmiy maqolalar talay, ularni hammasini joylasak, bir katta kitob bo'ladi, aslida. Biroq biz qo'ldan kegancha muxtasar shaklda sizga yengil ma'lumotlarni berishga qaror qildik. Ushbu gayd sizni musiqalardan uzoqlashtiradi, deb umid qilamiz. Alloh manfaatli qilsin Sizni quchib UMMU UMAYR! Bismillah M u si qa v a M u sl im a 3 Bir necha yillar oldin musiqa hayotimning mazmuni bo'lgan, musiqani tushunmaydigan insonlarni jinim suymasdi, nazarimda, ular juda qoloq va zerikarli edi... Keyinchalik fikrim biroz o'zgargan bo'lsa ham musiqa bilan yashashni davom etaverdim. Ora-orada musiqalarni o'chirib hayotimni "yangidan" boshlab ham turardim, biroq befoyda... Hammasi yana yangida boshlanaverardi, xattoki, musiqa eshitishimni otamda berkitib, yashirin programmalar yuklab olganim ham esimda... Dinimni o'rganishni boshlaganimda esa mana shu mavzuga astoydil kirishdim, Alhamdulillah! Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling