Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari kamar Seitjanova
Download 422.79 Kb. Pdf ko'rish
|
41-44 MUSIQIY ASARLAR TAHLILI FANINING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- VAZIFALARI Kamar Seitjanova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institute Nukus filiali o’qituvchisi A R T I C L E I N F O.
- Asosiy qism.
41 ISSN: 2545-0573 GOSPODARKA I INNOWACJE Volume: 24 | 2022 MUSIQIY ASARLAR TAHLILI FANINING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI Kamar Seitjanova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institute Nukus filiali o’qituvchisi A R T I C L E I N F O. Annotaciya Tayanch sо‘zlar: Musiqiy asarlar tahlili, fan, vazifalari, mazmun va shakl, analiz, badiiy obraz. Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari talabalarda musiqiy asarlarning har tomonlama chuqur о‗rganishini, uni mazmun va shakl jihatidan bir biri bilan qanday bog‗liqligini kо‗rsatib berishdan iborat. http://www.gospodarkainnowacje.pl/ © 2022 LWAB. Kirish. Musiqiy asarlar tahlili fani о‗zining kengqamrovligi, murakkabligi, bilan oliy о‗quv yurtida о‗tiladigan muhim fanlarning biri bо‗lib hisoblanadi. Bu fan о‗zining tarkibida musiqa asarlarining turli tomonlarini, uning mazmunini, ifodalash vositalarini hamda shakllantirish jihatlarini qamrab oladi. О‗z navbatida bu jihatlar uning janrlar, uslublar haqida sо‗z yuritishga imkon beradi. Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari talabalarda musiqiy asarlarning har tomonlama chuqur о‗rganishini, uni mazmun va shakl jihatidan bir biri bilan qanday bog‗liqligini kо‗rsatib berishdan iborat. Asosiy qism. Analiz sо‗zi (tahlil) yunoncha sо‗zdan olingan bо‗lib, ajratish, bо‗linish — ma‘nolarini anglatadi. Qadim zamonlardan tortib kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, о‗zaro chambarchas bog‗langan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bо‗laklarga bо‗lishdan iboratdir. Inson atrofini о‗rab turgan obyektiv borliq murakkab va shu bilan birga konkret narsalar, hodisalardan iborat. Ular xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Shu murakkab, har turli narsa va xodisalarni о‗rganish va bilish, ular tо‗g‗risidagi tushunchalarimizni chuqurlashtirish uchun shu narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish — analiz lozim. Musiqa san‘atida analiz (tahlil) fani — musiqiy asarni ilmiy tadqiq qilib, uning uslubini, shaklini, musiqiy tilini, shuningdek har bir unsurining rolini va ularning musiqa mazmuni bilan о‗zaro uzviyligini о‗rgatadi. Tahlil tadqiqotning uslubi sifatida butun birlikni bо‗laklarga bо‗lib, uning tizimidagi unsurlarni alohida-alohida о‗rganib chiqishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.[1.B.312] Musiqiy asarlarni tahlil qilish jarayonida, musiqaning turlari, qirralarini yaxshi bilish kerak bо‗ladi. Bu borada tahlil fani «musiqa tarixi», «garmoniya», «polifoniya», ayniqsa «musiqa shakli» fanlari bilan juda yaqindan bog‗liqdir. Tahlil qilinayotgan asarning janrini, uslubini yaxshi bilish bilan bir qatorda ushbu asarning yaratilish tarixini, kompozitorning shu davrda qanday sharoitda yashaganligini, zamonning shart-sharoitlari qanday axvolda ekanligi bilish xam muhim ahamiyat kasb etadi. 42 Musiqiy asarlar fanining murakkabligi uning ikkilamchiligidandir. Musiqiy asarlar tahlili nafaqat turli xildagi qonunlar bilan bog‗liq, shuningdek u estetika, psixologiya masalalarini xam о‗z ichiga oladi. Tahlil musiqani chuqur о‗rganadi, musiqa esa о‗z navbatida о‗ta murakkab san‘at turidir. Shuning uchun ham bu san‘at turini turli xildagi mutaxassislar о‗rganadi: musiqa san‘ati estetika fanining (umumiy qoidalari), psixologiya fanining (emotsional xarakterlari), falsafa fanining (mavzularning ziddiyatligi), shuning bilan birga musiqa tarixiy faktlar (kuy, ritm, garmoniya, ovozlarning past-balandligining о‗zaro bog‗liqligi) obyekti bо‗lib xizmat qiladi. Uslubda kompozitorning musiqali tafakkuri, uning ijodiy usuli aks ettiriladi. Musiqali tafakkur esa kompozitorning dunyoqarashi bilan izchil bog‗liq bо‗lib, tarixan va ijtimoiy shartlangan. Shuningdek, uslub faqatgina ma‘lum kompozitor ijodiga taalluqli bо‗libgina qolmasdan, maktab, yо‗nalish, davr, musiqaning milliy xususiyatlariga ham xosdir.[3.B.67-68] Uslub tushunchasi musiqiy til tushunchasiga yaqin bо‗lib, ba‘zida ular bir ma‘noni bildiradi. Musiqiy til – bu ifodaviy vositalar jamidir. Unga, albatta, u yoki bu uslub xosdir. Va aksincha, barcha uslub faqat о‗ziga xos xarakterli musiqiy tilda ifoda etilinadi. YA‘ni, ular о‗xshash bо‗lsa ham, ularning tushunchalari bir emas. San‘atda janr asosiy tushunchalardan biri. Janrlar tarixan vujudga kelgan bо‗lib, bir qator belgilar bilan ajratilgan musiqiy asarlarning nisbiy turg‗un turi va xillaridir. Ulardan asosiy xususiyatlari: 1. hayotdagi о‗rni, jamiyat turmushidagi funksiyasi; 2. ijroni sharoiti va vositasi; 3. mazmun turi va shaklni gavdalanishi. Janr musiqiy ijod turg‗un normalari sifatida qabul qilinadi. Uni tushunish uchun besh savolga javobni aniqlash lozim: kim uchun, qayerda, kim orkali, nima ijro etiladi va kanday maqsadda? (V.Sukkerman). Kо‗pgina janrlarning hayotiy о‗rni mavjuddir. ―Janr‖ tushunchasi keng (masalan, raqs), va tor (mazurka, vals) ma‘noda qо‗llaniladi. Janr – bu mazmunni umumiy xarakterini kо‗rsatuvchi asarning turi. Musiqiy janrlar mazmuniga kо‗ra quyidagicha tasniflanadi: harakatchan, lirik, dramatik, epik, dasturli va h.z. Funksional ahamiyatiga kо‗ra: maishiy va professional. Musiqali janrlar ijro vositalar bо‗yicha tasniflanishga qulaydir: 1. Cholg‗u musiqa: orkestrli(simfonik), kamer (ansambl, uning turlari - trio, kvartet va hok.), yakka (fortepiano, organ va hok.). 2. Vokal musiqa: xor, ansambl, jо‗rli yakka ijro va hokazo. 3. Aralash vokal-cholg‗u musiqa: kantata, oratoriya, vokal-cholg‗u ansambllar va hok.. 4. Teatral musiqa(sahna, harakat, artistlar о‗yni): opera, balet, operetta, dramatik teatr , kino uchun musiqa. [4.B.90-91] Bu tasnif janrlar haqidagi tо‗liq taassurot bermaydi. Yana janrlarni yuqorida berilganiday mazmun bо‗yicha ham tasniflash mumkin – lirik, dramatik, epik musiqa. Tarix mobaynida tipik, umum tarqalgan janrlar о‗z nomlariga va standart ahamiyatga ega bо‗ldilar. Kichik janrlarning nomi son-sanoqsizdir: prelyudiya, kaprichchio, bagatel, skerso, sо‗zsiz qо‗shiq, prelyud, etyud, noktyurn, ballada, rapsodiya va hok. Janrlarning rivoji jarayonida ularning nomlari shartli va о‗zgaruvchan bо‗lgan. Masalan, Baxning ―simfoniyalari‖ – о‗rta hajmli cholg‗u pyesa, Skarlattining sonatalari – kichik hajmli ikki qismli fortepiano pyesasi. Ammo XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab sonata – bu bir yoki ikki musiqiy cholg‗u uchun yozilgan turkumli asar, simfoniya esa – orkestr uchun yozilgan asar. Shakl va janr tushunchalari bir-biriga juda bog‗liq bolsa ham, ular boshqa-boshqa tushunchalarni 43 bildiradilar. Download 422.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling