Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja: Kirish


Musiqiy dinamika haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


Download 62.93 Kb.
bet5/8
Sana16.03.2023
Hajmi62.93 Kb.
#1278345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja Ki

2.2 Musiqiy dinamika haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
1.Musiqa ostida dinamikani ko'rsata olish P ga - oyoq uchida yurish, F ga - tovonda yurish, P/F ga - dinamikaga xos kichik, o'rta, katta qadamlar bilan yurish.
2. Raqsda dinamikaning o'zgarishini qo'llar, bosh, elka va hokazolar bilan ko'rsata olish. Masalan: kaft-bilakni aylantirish, tirsak-qo'llami aylantirish.
3. Musiqa ostida krishendo va diminuendoga qaiab harakat bajarish: o'quvchilar doyra shaklida turib oladilar, agar tovush sekin-asta pasaya borsa, doyra torayadi, balandlasa kengayadi.
4. Gullar raqsini improvizatsiya qilish orqali bolalar musiqadagi dinamik o'zgarishlarni ko'rsatadilar, ya'ni gul o'sadi, ochiladi, so'liydi yoki quyoshga talpinadi, shamoldan to'satdan sinadi va hokazo.

Musiqiy-ritmik harakatlarda tovush kayflyati haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish

1. Bolalar juft bo'lib turadilar, har bir bolada bittadan yumshoq koptok bor. Stakkato ijroga bolalar koptokni yerga (polga) uradilar, mayin, ohista kuyga u qo'ldan bu qo'lga o'tkazadilar. Bunda R.Shumanning «Jasur chavandoz» kuyidan foydalanishimiz mumkin.
2. O'qituvchi katta koptokni olib - stakkatoga-koptokni polga uradi, legatoga esa koptokni havoda yarim doyra yoki to'lqinsimon harakat qilib qo'llarida harakatlantiradi. Keyin esa bolalarga stakkato kuyga koptok misol sakraydilar, ligatoga qo'llarini havoda u tomondan bu tomonga «shamolda esayotgan navdalar» harakatini bajaradilar.
3. Mayin ohista kuy ostida bolalar juft bo'lib doyrada aylanadilar. Qisqa yorqin kuyni tinglashlari bilanoq qo'llarini qo'yib yuboradilar va toki legato kuy ijro etilmagunicha to'rgan joylarida yengil sakraydilar.


Musiqiy-ritmik harakatlar jarayonida taassurotni shakllantirish
1. Bolalar doyra bo'lib qo'llarini ushlab yuradilar, har bir musiqiy jumlaga yo'nalishlarini o'zgartiradilar. Bu vazifa birinchi o'qituvchi bilan birgalikda qo'shiq kuylash jarayonida o'tkaziladi, keyin esa musiqa ostida o'qituvchining yordamisiz bajariiadi.
2. Bolalar doira bo'lib o'tiradilar. Chiqarilgan bir o'quvchi doira ichida koptok bilan musiqaga mos ravishda harakatlanadi. Musiqiy jumla yakunida u keyingi bolaga koptokni beradi va o'yin shunday davom etadi.
3. O'quvchi tinglayotgan musiqaning musiqiy jumlasini hayolan qo'llari orqali doskaga chizadi. O'quvchining harakatlari asar tempiga, xarakteriga mos bo'lishi muhim o'rin egallaydi.
4. Doskada yoki qog'ozda turli musiqiy fragmentlarcing grafik chizmalar tasvirlangan bo'lib, bolalar tinglayotgan musiqaga mos chizmalami tanlaydilar, keyin esa o'zlari shu musiqaga mos harakatlar o'ylab topadilar.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, musiqa madaniyati darslarida raqs va
musiqali harakatlarga alohida e'tibor berishimiz kerak. Bu faoliyat turi o'quvchilami musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg'usi va asar badiiyatini ifodalash, ijrochilik malakalarini rivojlantirish bilan birga ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham muhimdir. Buyuk qomusiy olim ibn Sino aytganidek, bolalarni yengil tebratish jismni chiqintirsa, musiqa (alia) esa ruhiyatni tarbiyalaydi. Shu bois, musiqa o'qituvchisi boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda, raqs san'atimizning oddiy harakatlarini bilishi va darsda qo'Ilash usullarini puxta egallagan bo'lishi bugungi davr talabidir.



Download 62.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling