- Organizmda jismoniy mashklarni bajargandan keyin undagi funksional uzgarishlarni ishdan oldingi xolatga kaytish jarayoni yoki shunga uxshash xolatga kaytish tiklanish deb ataladi. CHarchash yuzaga kelgandan keyin organizmning dam olish vaktida tiklanish jarayonlari utadi, ya’ni muskul ishi ta’sirida fiziologik funksiyalar (tomir urish soni, kon bosimi, upka ventilyasiyasi, kislorod uzlashtirilishi, tana xarorati, organizmdagi turli sistemalarning kuzgaluvchanligi va boshkalar ) ma’lum vakt utgandan keyin ishdan oldingi xolatga kaytadi, ya’ni tiklanish yuzaga keladi. Tiklanish uchun ketgan vakt tiklanish davri deb ataladi. A.Korobkov tiklanishni 4 boskichlarga buladi: 1.Davriy. 2.Ishdan oldin. 3.Ish vaktidagi. 4.Ishdan keiyngi tiklanishlar. Tiklanish davrining muddati bajariladigan ishning xarakterig, tezligiga, muddatiga, sportchining jismonan chinikkanligiga boglik buladi. Tiklanish jarayonlari ba’zi muskul ishlarida sportchining fakat dam olish vaktidagina yuzaga kelmay, balki ishning bajarilish vaktida xam sodir buladi. Lekin ish bajarilayotgan vaktda energiya resurslarining sarflanishi uning tiklanishidan yukori buladi. Dam olish vaktida esa aksincha organizmning energiya sarfi uning tuplanishidan kam buladi.
- Bu muskul ishini tugaganidan keyin ma’lum vakt utishi bilan yuzaga kelib tiklanishidan yukori faza deb ataladi (superkompensatsiya). Superkompensatsiyadan keyin tulkinsimon shaklda ishdan oldingi xolatga keladi. Superkompensatsiya fazasi bir necha soatdan keyin 1-2 kungacha davom etishi mumkin. Agar takroriy ish xar gal superkompensatsiy fazasida boshlansa energiya manbalarining darajasi orta boradi, chunki energiya sarfi xam yukori darajada buladi va nixoyat doimiy tiklanish yukori darajada buladi. Jismoniy mashklardan keiyn tiklanish organizm funksiyalarining fakat ishdan oldingi xolatga yoki unga yakin darajaga kaytishdan iborat bulmaydi. Agar mashklardan keyin sportchi organizmning funksional xolati ishdan oldingi xolatga kaytishi bilangina tugalanadi, tanglangan sport turi buyicha xech kanday takomillashi sodir bulmagandi. Sportchining jismonan chinikkanligi ortsa, bu mashklardan keyin sportchi organizmida koladigan reaksiya izlarining okibatidir. Bu reaksiyalar yukolmaydi, aksincha puxtalanadi. . Tiklanish jarayonlari ba’zi muskul ishlarida faqat sportchining dam olish vaqtida yuzaga kelmay, balki ishning bajarilish vaqtida ham bo‘ladi. Lekin ishning bajarilish vaqtida dissimilyasiya jarayonlari ustun turadi, ya’ni energetik resurslarni sarflanishi uni to‘planishidan yuqori bo‘ladi. Dam olish vaqtida esa, aksincha, organizmning energiya sarfi uning to‘planishidan kam bo‘ladi, ya’ni assimilyasiya jarayonlari dissimilyasiya jarayonlaridan ustun turadi.
- Dam olish, hordiq chiqarish — charchoqni yozadigan (qarang Charchash), kuchquvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom holati. Mehnat va Dam olish odamning oʻqish, ichib,chekish. va b. faoliyatlari bilan uzviy bogʻlangan. Yetarli dam olmaslik — ish qobiliyatining pasayishi va hatto yoʻqolishi, organizmning himoya kuchi susayishi, turli kasalliklar paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Mehnat va Dam olishni toʻgʻri tashkil etish salomatlik va ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi.
- Fiziologik maʼnoda Dam olish — faoliyatning alohida holati boʻlib, bunda ishlamay turgan hujayralar oʻz normal tarkibini tiklaydi. Dam olishning ahamiyatini I.M. Sechenov va b. fiziolog olimlar isbotlab bergan. Uyqu Dam olishning eng taʼsirli turi boʻlib, uyqu paytida birinchi navbatda miya hujayralarida tiklanish jarayoni jadal boradi. Bir xil ishdan boshqasiga oʻtish, aqliy faoliyatni yengil jismoniy mehnat bilan navbatlash charchoqni yoʻqotadi; bu ham Dam olishning oʻziga xos turi hisoblanadi. Ogʻir jismoniy yoki aqliy mexnatdan keyin ish qobiliyatini mumkin qadar tezroq tiklash uchun passiv Dam olishni (tamomila tinch holatda) aktiv Dam olish bilan navbatlash lozim
- Funksional Biokimyo. tirik organizmning ayrim organlari va sistemalari funksional faoliyatiga asos boʻladigan kimyoviy oʻzgarishlar (mas, muskul qisqarishi, nerv impulyelarining oʻtishi, biologik faol moddalarni endokrin sistemada sintezi va ularning taʼsiri)ni oʻrganadi. Biokimyo. fiziologiya bilan chambarchas bogʻliq. Hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar hujayralarida boʻladigan moddalar almashinuvi jarayonlari bir xil biokimyoviy reaksiyalarga asoslangan, lekin har bir tur va organizmning oʻziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlari tufayli bu jarayonlar turlicha kechadi. Ana shu xususiyatlarni oʻsimliklar Biokimyosi, hayvonlar Biokimyosi va mikroblar Bilkimyosi oʻrganadi. Tibbiyot Biokimyosi yoki klinik Biokimyo esa kasal organizmdagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tekshiradi, kasallik tashhisini aniqlaydi, toʻgʻri davolashni biokimyoviy usullar bilan nazorat qiladi. Bulardan tashqari, texnik Biokimyo ham bor, u biologik materiallarni ishlashdagi Biokimyoviy jarayonlarni, texnikada Biokimyoviy usullar va reaksiyalar yordamida turli mahsulotlar olishni, biologik preparatlardan foydalanish qoidalari va metodlarini oʻrganadi. Biokimyo biologiya bilan kimyo oraligidagi fan boʻlgani uchun shu fanlarning maʼlumotlari va gʻoyalariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |