Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-371-375
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
373
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ko‘paytirishdagidek mulohaza yuritishadi: ”80-bu 8 ta o‘nlik, 8 ta o‘nlik :2=4 ta
o‘nlik, yoki 40.
80:20 ko‘rinishdagi bo‘lishda o‘quvchilar ularni o‘nliklar kabi bo‘lishadi. 8 ta
o‘nlikni 2 ta o‘nlikdan qilib bo‘lishganda 4 chiqadi. 80:2 va 80:20 ko‘rinishdagi
misollarni taqqoslashda alohida e’tibor berish lozim. O‘quvchilar ko‘pincha ularni
chalkashtirishadi va bunday xatoga yo’l qo‘yishadi: 80:20=40. Bu turdagi
xatoliklarning oldini olish uchun bu holatlarni taqqoslab , tanish bo‘lgan
ko‘rsatmalilikdan foydalanishga (cho‘plar bog‘lamlariga) qaytish kerak.
Bo‘lishning keyingi usullarini o‘zlashtirish maqsadida o‘qituvchi quyidagi
ko‘rinishdagi tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazsa, maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. Har bir son uchun shunday bo‘luvchini tanlangki , bo‘linmada 10 soni hosil
bo‘lsin: 30, 40, 50, 60, 70, 80. Topshiriq yozma ravishda bajariladi: 30:3=10,
40:4=10 va hokazo.
2. 30, 40, 80 soni qanday bir xonali sonlarga bo‘linadi? Topshiriqni bajarishda 1
sonini ham hisobga olish kerak, ya’ni daftardagi yozuv bunday ko‘rinishda bo‘ladi:
30:1=30, 30:2=15, 30:3=10, 30:5=6, 30:6=5.
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish.
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish 100
ichida ko‘paytirish va bo‘lish jadvallarini yaxshilab bilishiga, ikki xonali sonni bir
xonali songa ko‘paytirish ko‘nikmasiga, ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi
bog‘lanishni tushuntirishiga tayanadi. Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lishda
bo‘linmani topishning to‘g‘riligini o‘quvchilar bo‘lish va ko‘paytirish amallari bilan
tekshira olishlari kerak. Masalan:
45:15=3
15*3=45
45:3=15
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lishning asosiy usuli bo‘linmani
sinashlar usuli bilan tanlashdan iborat. Masalan, 51 ni 17 ga bo‘lish kerak. Bunday
savol qo‘yiladi: 51 hosil bo‘lishi uchun 17 sonini qanday songa ko‘paytirish kerak? 2
ga ko‘paytirib ko‘ramiz.(17*2=34, to‘g‘ri kelmaydi ). 3ga ko‘paytirib ko‘ramiz
(17*3=51, demak, 51:17=3). Bu usulni qarash vaqtida o‘quvchilarni bo‘linmani
tanlashga samarali yondashishga o‘rgatish muhim, chunki sonlarni ketma-ket tanlash
ko‘pincha ortiqcha qo‘pol mulohazalarga olib keladi. Bo‘linmani tanlashni
yengillashtiruvchi usullar mavjud. Masalan, agar o‘quvchi 7
sonini ko‘paytirishda hosil bo‘ladigan sonlar qatorini yaxshi bilsa
, u holda 51 sonini 17 ga bo‘lishda 3 sonini darhol sinashiga
Do'stlaringiz bilan baham: |