Mustahkam oila yili


Download 0.6 Mb.

bet1/5
Sana08.05.2017
Hajmi0.6 Mb.
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

PREZIDENTINING 

QARORI 

27.02.2012 y. 

№ PQ-1717 

 

 



 

“MUSTAHKAM OILA YILI” 

DAVLAT DASTURI TO’G’RISIDA 

 

 



Jamiyatimizning  asosi  bo’lmish  oila  institutini  yanada  mustahkamlash  va  rivojlantirish,  oilalarni,  ayniqsa, 

yosh  oilalarning  huquqiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini  himoya  qilish  hamda  qo’llab-quvvatlashni 

kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, jismonan sog’lom, 

ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, 

sog’lom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga 

yo’naltirilgan  keng  ko’lamli  chora-tadbirlar  kompleksini  amalga  oshirish  maqsadida,  shuningdek  2012  yil 

O’zbekiston Respublikasida “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan: 

 

1.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  13  dekabrdagi  F-3760-son  farmoyishi  bilan  tuzilgan 



Respublika  komissiyasi  tomonidan  manfaatdor  vazirliklar,  idoralar,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-

o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq 

tasdiqlansin. 

“Oila sog’lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror” degan insonparvar 

tamoyildan  kelib  chiqqan  holda,  quyidagilar  “Mustahkam  oila  yili”  Davlat  dasturini  amalga  oshirishning  eng 

muhim yo’nalishlari etib belgilansin: 

bugungi  kun  talablarini  hisobga  olgan  holda  qonunchilik  va  normativ-huquqiy  bazani  yanada 

takomillashtirish,  amaldagi  qonun  hujjatlariga  oila institutini  rivojlantirish  va  takomillashtirishga  qaratilgan  zarur 

o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz 

e’tiborini yanada kuchaytirish; 

yosh oilalarga e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, 

moddiy  va  ma’naviy  jihatdan  keng  qo’llab-quvvatlash,  shu  jumladan,  qulay  va  shinam  uy-joy  bilan  ta’minlash, 

zarur imtiyoz va afzalliklar berish

jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, 

Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish 

organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh 

oilalarga zarur ko’mak va yordam berish; 

oila,  birinchi  navbatda,  ehtiyojmand  oilalarning  muammolarini  hal  etishda  davlat  va  jamiyat  tomonidan 

g’amxo’rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko’rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo’llab-

quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o’z yelkasiga 

olgan ayollarga alohida e’tibor qaratish; 

“Sog’lom ona - sog’lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish 

tizimini yanada takomillashtirish; 

jamiyatimizning  ma’naviy  negizlarini  yanada  rivojlantirish,  azaliy  milliy  qadriyatlarni  asrab-avaylash  va 

mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot 

bo’lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o’rni va ahamiyatini oshirish

jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning 

rolini  kuchaytirish  va  shu  maqsadda  oila  institutining  ta’lim  hamda  tarbiya  muassasalari  bilan  o’zaro  amaliy 

hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta’minlash. 

 

2. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) zimmasiga “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining amalga 



oshirilishini tashkillashtirish va monitoring qilish vazifalari yuklatilsin. 

Respublika komissiyasi: 

ikki hafta muddatda, “Mustahkam oila yili”  Davlat dasturining ustuvor yo’nalishlari va tadbirlaridan kelib 

chiqqan  holda,  respublika  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar 



Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir idora, viloyat, shahar, 

tuman va aholi punkti bo’yicha “Mustahkam oila yili”ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda 

qabul qilinishini ta’minlasin; 

“Mustahkam oila yili”  Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni to’liq, sifatli va o’z vaqtida bajarish bo’yicha 

respublika  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  nodavlat  notijorat 

tashkilotlari  darajasida  ishlar  aniq-puxta  muvofiqlashtirilishini  tashkil  etsin,  Dastur  amalga  oshirilishi  ustidan 

tizimli nazorat o’rnatsin; 

Dasturning  amalga  oshirilishi  to’g’risidagi  materiallarni  yilning  har  choragida  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko’rib chiqsin; 

har chorak yakunlari bo’yicha “Mustahkam oila yili”  Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi 

to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin. 

 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  (Sh.M.  Mirziyoyev)  Qoraqalpog’iston  Respublikasi, 



viloyatlar,  Toshkent  shahri  va  tumanlarda  (shaharlarda)  “Mustahkam  oila  yili”  Davlat  dasturini  amalga  oshirish 

bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tumanlar hokimlari boshchiligida 

hududiy komissiyalar tuzilishini ta’minlasin, ularning zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar tegishli 

hududlarda og’ishmay va to’liq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin. 

 

4. O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston matbuot va 



axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari: 

aholi, ayniqsa, yosh oilalar o’rtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalari, davlat 

tomonidan  oilalarni  qo’llab-quvvatlash,  rivojlantirish  hamda  mustahkamlash  bo’yicha  unda  belgilangan  chora-

tadbirlarning muntazam va keng ko’lamda tushuntirib borilishini; 

davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo’shgan aniq hissasini aks ettirgan holda 

“Mustahkam  oila  yili”  Davlat  dasturining  amalga  oshirilishi  to’g’risida  keng  jamoatchilik  doimo  xabardor  qilib 

turilishini ta’minlasinlar. 

 

5.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  



Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 

 

 



O’zbekiston Respublikasi  

Prezidenti 

I. Karimov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 

2012 yil 27 fevraldagi 

PQ-1717-son qaroriga 

ILOVA 

 

 



 

"Mustahkam oila yili" 

DAVLAT DASTURI 

  

  



  

№ 

Tadbir nomi 

 

Ijro 



muddati 

 

Mas’ul ijrochilar 

 

Xarajatlar 

(mln. so’m) 

 

Moliyalash 



manbalari 

 

Taqdim etiladigan hujjat 



shakli,  

amalga oshirish mexanizmi 

va kutilayotgan natija 

 

  



I. BUGUNGI KUN TALABLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA OILA INSTITUTINI 

RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK 

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YANADA TAKOMILLASHTIRISH, BU MASALAGA 

JAMIYATIMIZ E’TIBORINI YANADA KUCHAYTIRISH 

  

1. 



Bugungi kun talablarini 

hisobga olgan holda oila 

institutini rivojlantirish 

hamda takomillashtirishga 

qaratilgan "O’zbekiston 

Respublikasining Oila 

kodeksiga o’zgartish va 

qo’shimchalar kiritish 

to’g’risida" O’zbekiston 

Respublikasi qonuni 

loyihasini ishlab chiqish. 

 

2012 yilning 



III choragi 

 

Adliya vazirligi



Sog’liqni saqlash 

vazirligi, 

Xalq ta’limi vazirligi, 

Oliy va o’rta maxsus 

ta’lim vazirligi, 

Ichki ishlar vazirligi, 

Tashqi ishlar vazirligi, 

Xotin-qizlar qo’mitasi, 

"Kamolot" yoshlar 

ijtimoiy harakati 

"Ayollar kengashi" 

respublika jamoat 

birlashmasi, 

Ijtimoiy tashabbuslarni 

qo’llab-quvvatlash 

jamg’armasi 

 



O’zbekiston 

Respublikasining oila 

qonunchiligi sohasida milliy 

xususiyatlar va an’analarni, 

xalqaro tajribani hisobga 

olgan holda ishlab chiqilgan 

hamda oila institutini 

rivojlantirish va 

takomillashtirish yuzasidan 

qo’shimcha qoidalarni, 

xususan quyidagilarni 

nazarda tutadigan qonun 

loyihasi: 

xotin-qizlar uchun nikoh 

yoshini o’n sakkiz yoshgacha 

oshirish, bunda nikoh yoshini 

bir yilgacha kamaytirishi 

mumkin bo’lgan istisno 

qilinadigan holatlarni 

aniqlashtirish; 

bolalarni asrab olish 

mexanizmini 

takomillashtirish; 

bolalar tarbiya muassasasiga 

joylashtirilgan bolaning ota-

onasidan sud tomonidan 

undiriladigan alimentlarni 

bankda shu bola nomiga 

ochilgan hisob raqamda 

jamg’arish va unga voyaga 

yetganidan so’ng to’lashni 

ko’zda tutuvchi tartibni joriy 

qilish. 


 

2. 


O’zbekiston 

Respublikasining 

"Fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish organlari 

to’g’risida" va "Fuqarolar 

yig’ini raisi (oqsoqoli) va 

uning maslahatchilari 

saylovi to’g’risida"gi 

qonunlariga o’zgartish 

hamda qo’shimchalar 

kiritish haqida O’zbekiston 

Respublikasi qonunlari 

2012 yilning 

III choragi 

 

Adliya vazirligi, 



"Mahalla" 

jamg’armasi, Moliya 

vazirligi, Iqtisodiyot 

vazirligi 

 





O’zbekiston 

Respublikasining 

quyidagilarga qaratilgan 

qonunlari loyihalari: 

Fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish instituti - mahalla 

faoliyat ko’rsatishining 

tashkiliy asoslarini yanada 

takomillashtirish, yordamga 

muhtoj oilalarga manzilli 

ijtimoiy ko’mak berish, yosh 

oilalar shakllanishini qo’llab-



loyihalarini ishlab chiqish. 

 

quvvatlash, oilaviy biznesni 



rivojlantirishda mahallaning 

ahamiyati va rolini oshirish. 

 

3. 


"Vasiylik va homiylik 

to’g’risida" O’zbekiston 

Respublikasi qonuni 

loyihasini ishlab chiqish. 

 

2012 yilning 



III choragi 

 

Xalq ta’limi vazirligi, 



Sog’liqni saqlash 

vazirligi, Mehnat va 

aholini ijtimoiy 

muhofaza qilish 

vazirligi, Adliya 

vazirligi, O’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’limi 

markazi, Tashqi ishlar 

vazirligi, Moliya 

vazirligi, Iqtisodiyot 

vazirligi, Bosh 

prokuratura, "Mahalla" 

jamg’armasi, Xotin-

qizlar qo’mitasi, 

"Kamolot" yoshlar 

ijtimoiy harakati, 

"Mehr nuri", "Sen 

yolg’iz emassan" 

jamg’armalari 

 



O’zbekiston 

Respublikasining 

quyidagilarni ko’zda tutuvchi 

qonuni loyihasi: 

vasiylik va homiylikni davlat 

tomonidan qo’llab-

quvvatlashni kuchaytirish, 

vasiylik va homiylik 

organlarining huquq hamda 

majburiyatlarini belgilash; 

Vasiylik va homiylikni 

belgilash, vasiylik va 

homiylikka olingan 

shaxslarning mulkini saqlash 

hamda boshqarish 

mexanizmini 

takomillashtirish; 

Yetim bolalar va ota-ona 

qaramog’idan mahrum 

bo’lgan bolalarning huquqlari 

hamda qonuniy manfaatlarini 

himoya qilishning huquqiy 

mexanizmlarini 

takomillashtirish. 

 

4. 



"Oilaviy tadbirkorlik 

to’g’risida" O’zbekiston 

Respublikasi Qonunini 

ishlab chiqish va qabul 

qilish. 

 

2012 yilning 



I yarim yilligi 

 

O’zbekiston 



Respublikasi Oliy 

Majlisi (kelishuv 

bo’yicha), Vazirlar 

Mahkamasi, Iqtisodiyot 

vazirligi, Mehnat va 

aholini ijtimoiy 

muhofaza qilish 

vazirligi, Davlat mulki 

qo’mitasi, Moliya 

vazirligi, Davlat soliq 

qo’mitasi, Adliya 

vazirligi, Savdo-sanoat 

palatasi, Kasaba 

uyushmalari 

Federatsiyasi Kengashi, 

Ijtimoiy tashabbuslarni 

qo’llab-quvvatlash 

jamg’armasi, "Mehr 

nuri" jamg’armasi 

 



O’zbekiston 

Respublikasining 

quyidagilarni ko’zda tutuvchi 

qonuni loyihasi: 

xo’jalik faoliyatining oilaviy 

korxona ko’rinishidagi yangi 

tashkiliy-huquqiy shaklini 

joriy etish; 

oilaviy korxona 

ishtirokchilari, faoliyat sohasi 

va uni tashkil etishning 

huquqiy asoslarini aniq 

belgilash; 

oilaviy korxona uchun 

ro’yxatga olish va tugatish, 

kommunal infratuzilma 

obyektlaridan, tadbirkorlik 

faoliyati jarayonida uy-joy 

inshootlaridan 

foydalanishning 

soddalashtirilgan tartibini 

belgilash. 

 

5. 



"Bolalar uylari to’g’risidagi 

nizomni tasdiqlash 

to’g’risida" Vazirlar 

Mahkamasi qarorining 

loyihasi. 

 

2012 yilning 



II choragi 

 

Sog’liqni saqlash 



vazirligi, Mehnat va 

aholini ijtimoiy 

muhofaza qilish 

vazirligi, Iqtisodiyot 

vazirligi, Moliya 

vazirligi, "Sen yolg’iz 

emassan" jamg’armasi, 

Respublika bolalar 

ijtimoiy moslashuvi 

markazi 


 



Vazirlar Mahkamasining 

quyidagilarni ko’zda tutuvchi 

qarori loyihasi: 

Sog’liqni saqlash vazirligi 

tizimida bolalar uylarini 

barpo qilish va faoliyatini 

tashkil etish tartibi, 

shuningdek ularning asosiy 

vazifa va funksiyalari; 

yetim bolalar va ota-ona 

qaramog’idan mahrum 

bo’lgan bolalarni ijtimoiy 

himoya qilishning davlat 

kafolatlari; 

yetim bolalar va ota-ona 

qaramog’idan mahrum 

bo’lgan bolalarni ijtimoiy 

himoya qilishni ta’minlashda 


Sog’liqni saqlash vazirligi, 

boshqa manfaatdor vazirlik 

va idoralarning vazifalari. 

 

  



II. YOSH OILALARGA E’TIBOR VA G’AMXO’RLIKNI KUCHAYTIRISH, 

ULARNI HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI TA’MINLASH, 

MODDIY VA MA’NAVIY JIHATDAN YOSH OILALARNI KENG KO’LAMDA 

QO’LLAB-QUVVATLASH, SHU JUMLADAN, QULAY VA SHINAM UY-JOY 

BILAN TA’MINLASH, ZARUR IMTIYOZ VA AFZALLIKLAR BERISH 

  

6. 



Respublika shaharlarida 

yosh oilalarga sotish uchun 

2012-2013 yillarda 48 

xonadonli 100 ta uylarni 

qurishni nazarda tutuvchi 

"Yosh oilalarga turar joy" 

dasturini ishlab chiqish va 

amalga oshirish, ularga 

Markaziy bankning qayta 

moliyalash stavkasidan 

oshmaydigan foizli stavka 

bo’yicha ipoteka kreditlarini 

15 yilgacha muddat bilan 

berish. 


 

Ishlab chiqish 

- 2012 

yilning I 



choragi. 

Amalga 


oshirish - 

2012 yildan 

boshlab 

har yili 

 

Iqtisodiyot vazirligi, 



Moliya vazirligi, 

Davlat arxitektura va 

qurilish qo’mitasi, 

Markaziy bank, tijorat 

banklari, 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari 

 

2012 yilda 



192 000,0 

 

Tijorat banklari 



kreditlari, 

ijrochilar va 

aholi 

mablag’lari 



 

O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining "Yosh 

oilalarga turar joy" dasturini 

amalga oshirishni ta’minlash 

bo’yicha quyidagilarni 

ko’zda tutuvchi qarori 

loyihasi: 

har yili uy-joyga muhtoj 

kamida 2400 yosh oilani turar 

joy bilan ta’minlash; 

qurilish va yosh oilalarga 

ipoteka kreditlarini berish 

uchun resurslarni 

shakllantirish manbalari va 

mexanizmi; 

mahalliy ijroiya hokimiyati 

organlari mablag’lari 

hisobidan belgilangan 

tartibda transfertlar ajratish 

yo’li bilan yangi qurilgan 

uylardagi xonadonlardan bir 

qismini yetim bolalar va ota-

ona qaramog’idan mahrum 

bo’lgan bolalarga taqdim 

etish. 


 

7. 


Yosh oilalarga moddiy 

yordam ko’rsatish va 

qo’llab-quvvatlash bo’yicha 

aniq chora-tadbirlar 

dasturini ishlab chiqish va 

quyidagilar orqali amalga 

oshirish: 

Yil davomida Markaziy bank, Moliya 

vazirligi, tijorat 

banklari, Ijtimoiy 

tashabbuslarni qo’llab-

quvvatlash 

jamg’armasi, O’rta 

maxsus, kasb-hunar 

ta’limi markazi 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari, Davlat 

sug’urta nazorati, 

sug’urta kompaniyalari, 

"Kamolot" yoshlar 

ijtimoiy harakati, 

"Mahalla" jamg’armasi 

 

Jami 



114 620,0 

shundan: 

Tijorat banklari 

kreditlari, 

ijrochilar va 

homiylar 

mablag’lari 

Ijrochilarning quyidagilarni 

ko’zda tutuvchi qo’shma 

qarorlari: 

Viloyatlar bo’yicha kreditlar 

ajratishning prognoz 

parametrlarini tasdiqlash; 

oilalar a’zolari, kasb-hunar 

kollejlari bitiruvchilaridan 

iborat yoshlarni kichik 

biznes, xususiy tadbirkorlik 

sohasiga keng jalb qilishni 

rag’batlantirish; 

kichik biznes va oilaviy 

tadbirkorlik subyektlariga 

kreditlarni qaytarmaslik 

xavfidan sug’urta polislarini 

berish bo’yicha 

takomillashtirilgan tartibni 

joriy etish va kengaytirish. 

 

yosh oilalarga, ularning 



tadbirkorlik faoliyatini 

moliyalash uchun 

mikrokreditlar va grantlar 

taqdim etish; 

68 210,0 

Kasb-hunar kollejlari 

bitiruvchilarining biznes-

loyihalarini moliyalash; 

28 310,0 

har bir qishloq tumanida 50 

nafardan kam bo’lmagan 

yosh oilalarga - bir boshdan 

qoramol va 200 nafardan 

kam bo’lmagan yosh 

oilalarga - 20 tadan uy 

parrandasi berishni 

ta’minlash. 

 

18 100,0 



8. 

Mamlakatimizda ishlab 

chiqarilgan uzoq muddat 

foydalaniladigan tovarlar, 

jumladan mebel, murakkab 

maishiy texnika va 

boshqalarni xarid qilish 

uchun imtiyozli foiz stavkasi 

bo’yicha, eng kam ish 

Yil davomida 

Tijorat banklari 

60 000,0 

Tijorat banklari 

kreditlari 

"Yosh oilalarga iste’mol 

kreditlari" dasturini amalga 

oshirish bo’yicha tijorat 

banklari qarorlari. 

Yosh oilalarni moliyaviy 

qo’llab-quvvatlash, ularning 

moddiy-maishiy sharoitlarini 

yaxshilash, 



haqining 200 baravari 

miqdorida uch yilgacha 

muddatga beriladigan "Yosh 

oilalarga iste’mol kreditlari" 

dasturini ishlab chiqish va 

amalga oshirish. 

 

mamlakatimizning iste’mol 



tovarlari ishlab 

chiqaruvchilarini 

rag’batlantirish. 

 

9. 



Quyidagi chora-tadbirlarni 

amalga oshirish orqali yosh 

oilalarni ijtimoiy himoya 

qilishni ta’minlash, ularga 

keng ko’lamli moddiy va 

ma’naviy yordam ko’rsatish: 

2012 yilning 

I choragi 

 

Moliya vazirligi, 



Davlat soliq qo’mitasi, 

Mehnat va aholini 

ijtimoiy muhofaza 

qilish vazirligi, 

Iqtisodiyot vazirligi, 

Xalq ta’limi vazirligi, 

Adliya vazirligi, 

vazirlik va idoralar, 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari, "Mehr 

nuri", "Mahalla", "Sen 

yolg’iz emassan" 

jamg’armalari 

 

 

 



O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining qarori 

loyihasi. 

Yosh oilalarni ijtimoiy 

himoya qilishni ta’minlash, 

ularga keng moddiy va 

ma’naviy yordam ko’rsatish 

chora-tadbirlarini amalga 

oshirish. 

 

Yosh oilalar a’zolarining 



soliq solinadigan 

daromadlarini 

mamlakatimizda ishlab 

chiqarilgan va uzoq muddat 

foydalaniladigan tovarlarni 

(muzlatgich, televizor, 

mebel va hokazo) xarid 

uchun olingan iste’mol 

kreditini qaytarishga 

yo’naltirilgan mablag’iga 

teng miqdorda jismoniy 

shaxslar daromad solig’idan 

ozod etish; 

2012 yilning 

1 aprelidan 

boshlab 


 

2 900,0 


Byudjet 

mablag’lari 

yosh oilalar a’zolari uchun 

mulk va yer solig’iga 3 

yildan oshmagan muddatga 

soliq stavkalarini ikki 

barobarga kamaytirish; 

 

1 900,0 



Byudjet 

mablag’lari 

"Mehribonlik" uyining 30 

yoshgacha bo’lgan va endi 

oila qurayotgan har bir 

bitiruvchisi uchun 

mamlakatimizda ishlab 

chiqarilgan yotoqxona 

mebeli ko’rinishidagi 

maxsus sovg’ani ta’sis etish. 

 

2012 yilning 



1 aprelidan 

boshlab 


 

800,0 


Byudjet va 

homiylar 

mablag’lari 

10. 


Ta’lim muassasalari 

bitiruvchilari, muddatli 

harbiy xizmatdan zaxiraga 

bo’shatilgan harbiy 

xizmatchilar va boshqalarni 

ish bilan ta’minlash uchun 

korxona va tashkilotlarda 

kamida 107 ming ish o’rnini 

zaxira qilib qo’yish. 

Kamida 16 ming nafar ishsiz 

yoshlarni mehnatga 

tayyorlash va qayta 

tayyorlash, shuningdek 

qariyb 52 ming nafar yoshlar 

uchun haq to’lanadigan 

jamoat ishlarini tashkil 

qilish. 

 

Yil davomida 



Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar 

Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent shahar 

hokimliklari, Mehnat 

va aholini ijtimoiy 

muhofaza qilish 

vazirligi, O’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’limi 

markazi, "Mahalla" 

jamg’armasi, 

vazirliklar, idoralar, 

xo’jalik boshqaruvi 

organlari, korxonalar, 

tijorat banklari, 

"Kelajak ovozi" 

yoshlar tashabbuslari 

markazi, "Yoshlarni 

ishga joylashtirishga 

ko’maklashish 

markazi" nodavlat 

notijorat tashkiloti 

 

900,0 


Ijrochilar 

mablag’lari 

2012 yilda ish o’rinlarini 

tashkil etish va aholi 

bandligini ta’minlash 

dasturini amalga oshirish. 

Yosh oilalardan ishga 

joylashishga muhtoj shaxslar 

uchun bandlik kafolatlarini 

kuchaytirish. O’rta maxsus, 

kasb-hunar ta’limi 

muassasalarining 

bitiruvchilarini muayan 

korxonalarda ishlab chiqarish 

amaliyotini o’tashi va 

kelajakda mazkur 

korxonalarda ishga 

joylashishini tashkil etish 

asosida ish bilan ta’minlash, 

ish o’rinlari yarmarkalarini 

o’tkazish, yoshlarni 

tadbirkorlik faoliyatiga jalb 

qilish. 

 

11. 



Quyidagilar ko’magida 

yoshlar uchun yangi ish 

o’rinlarini yaratish: 

Yil davomida  Kasaba uyushmalari 

Federatsiyasi Kengashi, 

Ishbilarmon ayollar 

uyushmasi, "Kelajak 

ovozi" yoshlar 

 

Ijrochilar 



mablag’lari 

 

Ijrochilarning qarorlari. 



Yosh oilalar, ayniqsa xotin-

qizlarning moddiy ahvolini 

yaxshilash, oilaviy 

tadbirkorlikni rivojlantirish. 

Kasaba uyushmalari 

Federatsiyasi Kengashi 

100,0 


ko’magi bilan asosan 

qishloq joylarda yosh oilalar 

uchun 1500 ta yangi ish 

o’rinlarini tashkil qilgan 

holda kichik korxonalar 

barpo etish; 

tashabbuslari markazi 

 

O’zbekiston Ishbilarmon 



ayollar uyushmasi 

yordamida 100 ta kichik 

oilaviy korxona tashkil etish 

va kamida 300 nafar xotin-

qizni ishga joylashtirish. 

 

 



 

280,0 


 

 

12. 



Oliy o’quv yurtlari 

talabalari, kasb-hunar 

kollejlari va akademik 

litseylar o’quvchilarini oila 

hayotiga tayyorlash 

maqsadida "Siz oilangiz 

uchun mas’ulsiz", "Yosh 

oilada o’zaro munosabatlar 

madaniyati" mavzuida 

bukletlar, maqolalar va 

broshyuralar tayyorlash. 

 

Yil davomida 



"Kamolot" yoshlar 

ijtimoiy harakati, Xalq 

ta’limi vazirligi, Oliy 

ta’lim vazirligi, O’rta 

maxsus, kasb-hunar 

ta’limi markazi 

(O’MKHTM), "Ijod" 

jamg’armasi, "Tasviriy 

oyina" birlashmasi, 

Ma’naviyat targ’ibot 

markazi, Milliy g’oya 

va mafkura markazi, 

vazirliklar va idoralar 

 

30,0 



 

Ijrochilar va 

homiylar 

mablag’lari 

 

Ijrochilar tomonidan 



tadbirlarni birgalikda 

o’tkazish jadvalini tasdiqlash. 

Yosh avlodni oilaviy 

qadriyatlarni hurmat qilish 

ruhida tarbiyalash, yoshlarni 

mustaqil oilaviy hayotga 

tayyorlash. 

 

13. 



Quyidagi mavzularda 

sotsiologik tadqiqotlar 

o’tkazish: 

2012 yilning 

III choragi 

"Ijtimoiy fikr" markazi, 

Mehnat va aholini 

ijtimoiy muhofaza 

qilish vazirligi, Oliy va 

o’rta maxsus ta’lim 

vazirligi, "Kamolot" 

yoshlar ijtimoiy 

harakati, Xotin-qizlar 

qo’mitasi, IIV, 

"Mahalla" 

jamg’armasi, "Kelajak 

ovozi" yoshlar 

tashabbuslari markazi 

 

 

"Ijtimoiy fikr" 



markazi 

mablag’lari 

Tadqiqotlar natijasi bo’yicha 

tahliliy qaydlar. 

Yoshlar bandligini 

ta’minlash, oila institutini 

mustahkamlashga doir taklif 

va tavsiyalar ishlab chiqish. 

 

"Yoshlar bandligi"; 



46,0 

"Oilaviy to’ylar va 

marosimlar"; 

35,0 


"Oila yoshlar nigohida". 

 

35,0 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling