Mustahkamlik nazariyalari
Birinchi mustahkamlik nazariyasi
Download 90.82 Kb.
|
Mustahkamlik nazariyalari
2. Birinchi mustahkamlik nazariyasi.
Teng xavfli kuchlanish xolatlaridan biri sifatida tajriba yo’li bilan yaxshi o’rganilgan chiziqli kuchlanish, boshqasi sifatida esa xavfli xolati aniqlanishi kerak bo’lgan kuchlanish xolati olinadi. Birinchi mustahkamlik nazariyasi, eng qadimgi nazariyalardan biri bo’lib "chegaraviy kuchlanish holatini paydo bo’lishiga eng katta normal kuchlanish sabab bo’ladi " degan gipotezaga asoslanadi. Bu nazariya eng katta normal kuchlanish nazariyasi deb ataladi. Qabul qilingan gipotezaga ko’ra quyidagi shart bajarilishi kerak (1.) Bu erda: - tekshirilayotgan kuchlanish xolati uchun bosh kuchlanishlardan eng kattasi. - chiziqli cho’zilish uchun tajribadan olingan chegaraviy kuchlanish. Ushbu mustahkamlik nazariyasini kamchiligi shundan iboratki, unda dan boshqa bosh kuchlanishlar , lar hisobga olinmaydi. Bu nazariya faqat mo’rt materiallarni cho’zilishga sinashda yaxshi natija beradi. Xozirgi paytda birinchi mustahkamlik nazariyasidan foydalanilmaydi, u faqat tarixiy axamiyatga ega. Ikkinchi mustahkamlik nazariyasi. materialda chegaraviy kuchlanish xolati paydo bo’lishiga eng katta cho’zilish sabab bo’ladi degan gipotezaga asoslanadi. Bu nazariya eng katta cho’zilish nazariyasi deb ataladi. Ushbu gipotezaga javob beruvchi shart quyidagicha yoziladi: (2.) Bu erda: - tekshirilayotgan kuchlanish xolati uchun eng katta cho’zilishning hisobiy qiymati; - bir o’qli cho’zilishga sinash tajribasidan olingan nisbiy cho’zilishning chegaraviy qiymati. va deformastiyalarni aniqlashda Guk qonunini ifodalovchi formuladan foydalaniladi. (3 ) (4) Ushbu ifodalarni (2) ifodaga qo’yib quyidagini olamiz: (5) Bu ifodani chap tomoni musbat qiymatga ega bo’lganda kuchga ega bo’ladi. Bu nazariya bo’yicha olingan natijalar eksperimental natijalar bilan etarli darajada tasdiqlanmaydi. Uchinchi mustahkamlik nazariyalari, chegaraviy kuchlanish xolati bo’lishiga eng katta urinma kuchlanishlar sabab bo’ladi degan gipotezaga asoslanadi. Ushbu nazariyaning umumiy sharti quyidagicha yoziladi. (6) bu erda: - tekshirilayotgan kuchlanish xolati uchun eng katta urinma kuchlanishning hisobiy qiymati. - oddiy cho’zilishga o’tkaziladigan tajribadan aniqlanadigan urinma kuchlanishning hisobiy qiymati. Xajmiy kuchlanish xolatida eng katta urinma kuchlanish quyidagi formula bilan topiladi: (7) Chiziqli kuchlanish xolatida eng katta urinma kuchlanish quyidagi formuladan topiladi. (8) Ushbu ifodalarni hisobga olgan umumiy shart quyidagicha yoziladi. (9) Tekis kuchlanish xolati uchun (9) shart quyidagicha yoziladi: (10) R- hisobiy qarshilik Ko’p xollarda bo’ladi, shuni e’tiborga olinganda (10) formula quyidagicha yoziladi. (11) Uchinchi nazariyaning asosiy kamchiligi xajmiy kuchlanish xolatida bosh kuchlanish ta’siri hisobga olinmaydi. Ushbu nazariya eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasi deyiladi va plastik materiallarni mustahkamlikligini baxolashda keng qo’llaniladi. Download 90.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling