IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
Kun shiori: “Yangi yil, Qorbobo kelmoqda, eshikni qoqib”
Maqsad: O`quvchilarda yangi yil bayramida maktab ichki qonunlarini hurmat qilishini rivojlantirish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida faol va odobli bo`lishni, qalblari ham qor kabi oppoq bo`lishini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`quvchilar tomonidan qo`lda tayyorlangan yangi yil o`yinchoqlari, archa, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil qalblarimizga qorday oppoq tilaklar olib kelsin ”.
O`qituvchi:
Yangi yil har bir davlatda turlicha nishonlanadi.
B izning yurtimizda ham yangi yilga o`zgacha bir yangiliklar bilan tayyorgarlik ko`riladi. Butun shahar va qishloqlarimizda bayram oldi tozaliklar, ko`chalarda yangi yilning kelayotganligini bildiruvchi Qorbobo,qorqiz, archa va bayram bilan bog`liq shiorlar, multfilm qahramonlari rasmlari chizilib,kayfiyatni ko`taradigan kechalar va tadbirlar amalga oshiriladi.
Ayniqsa, bu bayramda farzandlarimizning quvonchlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi yil qish fasli bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham u insonlarda boshqacha tuyg`u aks ettiradi.
Topshiriq: “O`quvchilar yangi yil qahramonlari roli” ni ijro etib beradilar
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. (yangi yil tadbirlarda har bir sinfda o`zgacha bir kengaytirilgan qiziqarli o`yinlar orqali ham amalga oshiriladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |