Мустақиллик – муқаддас неъмат


I. Mashg’ulotni tashkil qilish


Download 6.43 Mb.
bet23/41
Sana01.11.2023
Hajmi6.43 Mb.
#1737099
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
5-sinf Sinf soati 151269013119 66 (1)

I. Mashg’ulotni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash.
II.Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!
III; Mashg’ulotni yakunlash
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?
3. «Yaxshilik» haqida hikoya tuzib, mazmuniga diqqat qiling ?
4. Yaxshilikning foydasi haqida kim qanday fikrlarni bildiradi ?
5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________


19-mavzu-Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak? (Yo‘l harakati qoidalari).

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling