Мустақиллик – муқаддас неъмат


Download 6.43 Mb.
bet31/41
Sana01.11.2023
Hajmi6.43 Mb.
#1737099
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
5-sinf Sinf soati 151269013119 66 (1)

III.Yakuniy qism.O`quvchilarni rag`batlantirish. Uyga vazifa: o`quvchilar mustaqil ravishda 4-6 ta umumrivojlantiruvchi mashqlarni tuzib kelish.

Boks Yugurish Sport Tennis Basketbol chang’i sporti suzish



Balandlikka Kurash Yugurib kelib s. Voleybol Futbol Kon`ki uchish sporti


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________


26-mavzu: Navro‘z – mehr-oqibatni ulug‘lovchi qadriyat (21mart – Navro`z bayrami munosabati)



Kun shiori: “Har tuning qadr o`libon, Har kuning o`lsun Navro`z”
Alisher Navoiy
Maqsad: O`quvchilarda milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat,milliyligini yo`qotmaslik, boy,qimmatli asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Navro`zni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Yuraklarga solib hayojon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo`llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag`ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko`klamoy.
Komil Sindarov
O`qituvchi:
Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu – istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.
Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning
“Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm – rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.
Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh – la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
Topshiriq:
“Navro`z ” bayrami bilan bog`liq bo`lgan an’ana va udumlarimizni
“Diolog” usulida ochib beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling