Мустакил ишлар (1-семестр) Paroxod daryoda


Download 60.64 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi60.64 Kb.
#1557690
  1   2
Bog'liq
Fizika mustaql ish 2


Мустакил ишлар (1-семестр)

  1. Paroxod daryoda A punktdan B punktga υ1=10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa υ2=16 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. 1) Paroxodning o'rtacha tezligi, 2) daryoning oqim tezligi topilsin.

  2. Samolyot havoga nisbatan υ1=800 km/soat tezlik bilan uchmoqda. G’arbdan sharqqa tomoni υ2=15 m/sek tezlik bilan shamol esib turibdi. Samolyot yerga nisbatan qanday tezlik bilan uchishi va 1) janubga, 2) shimolga, 3) g’arbga, 4) sharqqa siljishi uchun meridianga nisbatan qanday burchak tashkil qilib uchishi topilsin.

  3. Jism m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. 1)Jism o'z yo'lining birinchi 1 metrini qancha vaqtda bosib o'tadi? 2) Yo’lning oxirgi 1 metrini-chi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

  4. Jismning bosib o'tgan yo'li s ning t vaqtga bog’liqligi s=A-Bt+Ct2 tenglama orqali berilgan, bunda , m/sek va m/sek2. Jismning 1 sekunddan 4 sekundgacha bo’lgan vaqt chegarasidagi o'rtacha tezligi va o'rtacha tezlanishi topilsin. sek intervalda 1 sek dan oralatib yo'l, tezlik va tezlanishning grafigi chizilsin.

  5. Jismning bosib o'tgan yo'li s ning t vaqtga bog’liqligi tenglama orqali berilgan, bunda m/sek2 va m/sek3. 1) harakat boshlangandan qancha vaqt o'tgandan keyin jismning tezlanishi 1m/sek2 teng bo'ladi? 2) Shu vaqt oralig’ida jismning o'rtacha tezlanishi nimaga teng bo'ladi?

  6. Maxovik g’ildirak harakat boshlanishidan min o'tgach ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G’ildirakning burchak tezlanishi va 1 minutdagi aylanishlar soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin.

  7. Nuqta R=20 sm radiusli aylana bo'ylab, o'zgarmas tangensial tezlanish m/sek2 bilan harakatlanadi. Harakat boshlanishidan qancha vaqt o'tgach nuqtaning normal tezlanishi: 1) Tangensial tezlanishiga teng, 2) Tangensial tezlanishidan ikki marta katta bo'ladi?

  8. Radiusi R=10 sm g’ildirak rad/sek2 o'zgarmas burchak tezlanish bilan aylanadi. Harakat boshlanishidan keyingi birinchi sekundning oxirida g’ildirak gardishidagi nuqtalarning: 1) burchak tezligi, 2) chiziqli tezligi, 3) tangensial tezlanishi, 4) normal tezlanishi, 5) to'la tezlanishi va 6) to'la tezlanish bian g’ildirak radiusi orasidagi burchak topilsin.

  9. Nuqta aylana bo'ylab shunday harakatlanadiki, yo'lning vaqtga bog’lanishi tenglama orqali berilgan, bunda B=-2 m/sek va C=1 m/sek2. Agar harakat boshlanishidan sek o'tgach nuqtaning normal tezlanishi m/sek2 ga teng bo’lsa, harakat boshlanishidan sek o'tgandan keyin nuqtaning chiziqli tezligi, uning tangensial, normal va to'la tezlanishi topilsin.

  10. a=2,44 m/sek3 o'zgarmas tezlanish bilan harakatlanayotgan avtomobil bakidagi benzinning sirti gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi?

  11. Jism gorizont bilan a= 45° burchak tashkil qilgan qiya tekislikdan sirg’anib tushmoqda. Jism S = 36,4 sm masofani o'tganda υ= 2 m/sek tezlikka erishadi. Jismning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti topilsin.

  12. Gorizont bilan α=300 va β=450 burchak tashkil qilgan ikkita qiya tekislikning eng yuqori cho’qqisiga vaznsiz blok mahkamlangan (3-rasm). Og’irliklari P1= P2=1 kG bo’lgan A va B toshlar bir-biriga ip bilan birlashtirilib, blokka osilgan. 1) Toshlarning harakat tezlanishi, 2) ipning taranglik kuchi topilsin. A va B toshlarning qiya tekisliklarga ishqalanishi, xuddi shuningdek blokdagi ishqalanish hisobga olinmasin.




  1. Muz ustida υ=2 m/sek tezlik bilan sirg’antirib yuborilgan tosh s=20,5m masofada to'xtaydi. Toshning muzga ishqalanish koeffitsiyenti o'zgarmas deb hisoblab, uning qiymati topilsin.

  2. Jism 10 m masofada o'z tezligini 2 m/sek dan 6 m/sek ga oshirishi uchun zarur bo’lgan ish topilsin. Yo'lning hamma qismida 0,2 kg ga teng o'zgarmas ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Jismning massasi 1 kg ga teng.

  3. 1 kg massali, 9,8 m/sek boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan toshning kinetik, potensial va to'la energiyasining vaqtga bog’lanish grafigi sek intervalda 0,2 sek dan oralatib chizilsin. 1.11-masalaning yechilish natijalaridan foydalanilsin.

  4. Plastmassadan qilingan sharcha 1 m balandlikdan tushib poldan bir necha marta sakraydi. Agar sharchaning polga tushgan paytidan ikkinchi urilishgacha 1,3 sek vaqt o'tgan bo’lsa, sharchaning polga urilishdagi tiklanish koeffitsiyenti topilsin.

  5. Harakatdagi m1 massali jism qo'zg’almas m2 jismga uriladi. Urilish elastikmas va markaziy bo’lsa, urilishda boshlang’ich kinetik energiyaning qancha qismi issiqlikka aylandi? Masala avval umumiy ko'rinishda yechilsin, keyin esa 1) va hollar qo'yib chiqilsin.

  6. Vaznsiz sterjenga P yuk osilgan. Yuk 900 burchakka og’diriladi va qo'yib yuboriladi. Yuk muvozanat vaziyatdan o'tayotgandagi sterjenning taranglik kuchi topilsin.

  7. Akrobat to'rga m balandlikdan sakraganda to'rning m egilganligi ma'lum. Akrobat to'rga m balandlikdan sakraganda polga urilmasligi uchun, to'rni poldan eng kamida qanday balandlikda tortib qo'yish kerak?

  8. Radiuslari r1=r2=5sm bo’lgan ikkita shar og’irligi sharlarning o’g’irligiga nisbatan juda kichik bo’lgan sterjen uchiga maxkamlangan. Sharlar markazlari orasidagi masofa R=0,5 m. Har bir sharning massasini m=1 kg. 1)Sterjenning o’rtasidan uzunligiga tik ravishda o’tgan o’qqa nisbatan bu sistemaning J1 inertsiya momenti; 2) sharlarni massalar markazlarida mujassamlashgan moddiy nuqtalar deb o’sha o’qqa nisbatan bu sistemaning J2 inersiya momenti; 3) J1kattalikni J2 bilan almashtirib bu sistemaning inersiya mometini hisoblashda yo’l qo’yilgan nisbiy xatolik topilsin.

  9. Inersiya momenti J=63,6 kg·m2 teng bo’lgan maxovik ω = 3,14 rad/sek o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanmoqda. Maxovik tormozlovchi moment ta’sirida t=20cek dan keyin to’xtasa tormozlovchi M moment topilsin.

  10. M=9 kg massali barabanga ip o’ralgan bo’lib, uning uchiga m=2kg massali yuk osilsin. Yukning tezlanishi topilsin. Baraban bir jinsli silindr deb hisoblansin. Ishqalanish hisobga olinmasin.

  11. 6 sm diametri shar gorizontal tekislikda sekundiga 4 ayl/cek bilan sirg’anishsiz dumalaydi. Sharning massasi 0,25 kg. Sharning kinitek energiyasi topilsin.

  12. km/soat tezlik bilan ketayotgan velosipedchining kinetik energiyasi

topilsin. Velosiped bilan velosipedchining birgalikda og’irligini P=78 kG, Ikkala g’ildirakning og’irligi P1=3 kG ga teng.Velosiped g’idiraklar gardish deb hisoblansin.

  1. Tarozi pallasiga yuk qo'yilgan. Tarozining strelkasi tinchlangandan keyin 5 bo'limni ko'rsatgan bo’lsa, dastlabki og’ishda strelka necha bo'limni ko'rsatgan?

  2. Biror radiusli po'lat sim 300 kG gacha yukka chidash bera oladi. Shunday simga 150 kg massali yuk osilgan. Yuk muvozanat vaziyatidan o'tayotganda sim uzilib ketmasligi uchun, uni eng ko'pi bilan qanday burchakka og’dirish kerak.

  3. Harakatdagi m1 massali jism qo'zg’almas m2 massali jismga uriladi. Urilish elastik va markaziy bo’lsa, urilishda birinchi jism o'zining boshlang’ich kinetik energiyasining qancha qismini ikkinchi jismga beradi? Masala avval umumiy ko'rinishda yechilsin, keyin esa, 1) m1,= m2, 2) m1=9 m2 hollarda ko'rib chiqilsin.

  4. Metal sharcha m balandlikdan po'lat taxtachaning ustiga tushib, undan sm balandlikgacha sakraydi. Sharcha materialining tiklanish koeffitsiyenti topilsin.

  5. Po'lat sharcha 1,5 m balandlikdan po'lat taxtachaning ustiga tushib, undan υ2=0,75 υ1 tezlik bilan sakraydi. Bunda υ1 - sharchaning taxtaga urilishdan oldingi tezligi. 1) Sharcha qanday balandlikka ko'tariladi? 2) Sharcha harakatining boshlanishidan taxtaga ikkinchi marta urilguncha qancha vaqt o'tadi.

  6. 1 kg massali, 9,8 m/sek boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan toshning kinetik, potensial va to'la energiyasining vaqtga bog’lanish grafigi sek intervalda 0,2 sek dan oralatib chizilsin. 1.11-masalaning yechilish natijalaridan foydalanilsin.

  7. Avtomobilning og’irligi N. Avtomobil harakatlana-yotganda unga o'z og’irligini 0,1 qismiga teng bo’lgan o'zgarmas ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Avtomobil 0,5 km masofada o'z tezligini υ1=10 km/soat dan υ2=40 km/soat gacha oshirishi uchun, uning dvigateli qancha miqdorda benzin sarf qiladi? Dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 20%, benzinning issiqlik berish qobiliyati j/kg ga teng.

  8. 200C haroratda 750 mm sim. ust. bosimda 10 g kislorod qanday hajmni egallaydi?

  9. Gaz solingan 10 m3 hajmli ballonga 17 0C harorat va 720 mm sim.ust.bosimga qancha miqdorda kilomol’gaz bo’ladi?

  10. 150C harorat va 730mm sim.ust. bosimdagi vodorodning zichligi topilsin.

  11. 2∙10-3 m3 hajmli idish 6g karbonat angidrit (CO2) va 5g azot (1)-oksidi (N2O) bilan to’ldirildan. 1270C haroratda idishdagi umumiy bosim qanday?

  12. 170 C haroratva 750 mm sin. ust. bosimda 80m3 hajmli uyda qancha havo molekulasi bo’ladi.

  13. 200C haroratda vodorod molekulasining harakat miqdori topilsin. Molekulaning tezligini o’rtacha kvadratik tezlikga teng deb hisoblansin.

  14. 70C haroratda 1kg dagi azot molekulalarning aylanma harakatining kinetik energiyasi nimaga teng.

  15. 150oC azot molekulalarning qancha qismi 300m/sek dan 325m/sek gacha oraliqdagi tezliklarga ega bo’ladi.

  16. Idishda 16000K haroratli 8 g kislorod bor. Ilgarilama harakatning kinetik energiyasi dan yuqori bo’lgan kislorod molekulalarining soni qanday?

  17. 10oC haroratga 1mm sim.ust. bosimda azot molekulalarning 2 ta ketma - ket to’qnashishlari orasidagi vaqt topilsin.

  18. Ikkitа q1=8
    Download 60.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling