Mustaqil davlatlar xamdostligi mamlakatlari bilan metrologiya sohasidagi aloqalar
Download 55.51 Kb.
|
MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR MDHning tashkil topishi.
- Kengashda Almati Deklaratsiyasi
- Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi
- O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.
MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR REJA: O’ZBEKISTONNING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR MDHning tashkil topishi. 1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Eltsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922 yil 30 dekabrdagi SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor etdilar. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 1991 yil 21 dekabrda Rossiya (B.Eltsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarboev), O’zbekiston (I.Karimov), Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo’ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: • hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; MDH kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi. 1993 yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. 1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni istamayotganida emas, aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDH a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar uhokama qilindi. Bu kengash MDHning kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash markazini uzish haqida qarorlar qabul qildilar. Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi. 2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi. Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi. MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi. Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega. Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1992 yil 30 mayda I.Karimov boshliq O’zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B.Eltsinning 1993 yil mart oyida O’zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko’rishga ahdlashildi. 1993 yil 19 martda O’zbekiston va RF o’rtasida madaniyat, fan va texnika, ta’lim sog’liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi. V.Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. V.Putin qisqa muddatda O’zbekistonga ikki marta-1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi. Download 55.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling