Mustaqil davlatlar xamdostligi mamlakatlari bilan metrologiya sohasidagi aloqalar


O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma


Download 55.51 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi55.51 Kb.
#1531062
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR

O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbaev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan. O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21 aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston

davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda 38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi faoliyat yuritda. O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi 
Download 55.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling