Mustaqil davlatlar xamdostligi mamlakatlari bilan metrologiya sohasidagi aloqalar
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
Download 55.51 Kb.
|
MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston tashqi siyosatning ta’sirli yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. 1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston Prezidentlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Jamg’arma majlislarini Qizil O’rda, Nukus va Toshxovuzda o’tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar. 1993 yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi. 1993 yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi. 1994 yil 30 aprelda Cho’lponota shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish Download 55.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling