Mustaqil davlatlar xamdostligi mamlakatlari bilan metrologiya sohasidagi aloqalar


Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati


Download 55.51 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi55.51 Kb.
#1531062
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUSTAQIL DAVLATLAR XAMDOSTLIGI MAMLAKATLARI BILAN METROLOGIYA SOHASIDAGI ALOQALAR

Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati

to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi. 1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni shakllantirildi. 1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarining orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo’naltirdi. 1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston Respublikasining yangi poytaxti – Ostana shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar. 1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lib kirdi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar. 2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi. 2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi. Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon

doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi. 2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziqovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro tarqatish to’g’risida bitim imzolandi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.



Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi. O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan 
Download 55.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling