Mustaqil davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat


Download 53.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2022
Hajmi53.18 Kb.
#1071382
Bog'liq
Mustaqillik - Vikipediya



Qidir
Mustaqillik
Mustaqil davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat
koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi,
hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning
prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart
mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti
uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil
davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya,
Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-asrning 90-yillariga kelib sotsialistik
mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi
boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat
tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik
Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika,
Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren
davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik
Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni


chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15
mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib M.ka erishish masalasi
dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu
olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
M. imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini
toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib,
oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991-yil 31 avgust kuni kabul kilingan Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy
yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991-yilning avgustida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi
deb atash, 1-sentabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga
oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan
barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va
jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan
hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining
dastlabki huquqiy poydevori edi.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun 17 moddadan
iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra,
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil
demokratik davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega
boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston
mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib
berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
M. tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalq-aro huquq meʼyorlari
asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Jahon haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega boʻldi.
Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan
bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib,
jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.


M. xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat
tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi.
Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan M. oʻzbek
xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur
shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjay-ini
ekanligini, oʻz takdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi.
Davron Shorahmedov.
[1]
== Manbalar ==
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
{{stub
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mustaqillik&oldid=2534373

dan olindi 


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi

Download 53.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling