Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari
Download 251.65 Kb.
|
PSIXOLOGLAR
Z.T. Nishonova 2005-yil “Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Z.T.Nishonovani ilmiy qarashlari yosh va pedagogik-psixologiya sohasida bo‘lib, ularning rahbarligida hozirgi kunda 3ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Zamira Nishonovaning shogirdlaridan Z.Sherimbetova 2007-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu bilan birga, ularning rahbarligida 20dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi va 30dan ortiq BMI tayyorlanib himoyaga olib chiqildi. Z.T.Nishonova mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarini ilmiy maqola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ko‘rinishida chop ettirgan. Zarifboy Ibodullayev Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. U 1965-yil 19-yanvarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida oqituvchi oilasida tavallud topgan. Z. Ibodullayev Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini 1988-yili “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tugatib akademik Nabi Majidov tavsiyasiga ko‘ra “Asab kasalliklari” kafedrasida yosh kadr sifatida ishlashni boshladi. Z.Ibodullayev 1989-yil Toshkent Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga mudir etib tayinlanadi. 1991-yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Asab kasalliklari” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilinadi. Z. Ibodullayev 1997-yilgacha deyarli psixiatriya fani mavzulariga oxsab qolgan tibbiyot psixologiyasi mavzularini qayta korib chiqish zarurligini ilgari suradi. Bu taklif institut rahbariyati, hususan, rektor Karimov H.Yo. tomonidan maqullanadi. Z.Ibodullayev Ozbekistonda “Tibbiyot psixologiyasi” fanini oqitishni Yevropa davlatlari oquv dasturlariga moslashtirib tuzadi. Fan dasturini tuzishda asosiy urgu “Psixosomatik tibbiyot” ga beriladi. Respublikada birinchi bolib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” talimoti oqitib boshlanadi. 2008-yil Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi chop qilingan. Ushbu fan boyicha Ozbekistonda ilk bora nashrdan chiqqan darslik 2009-yil “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor boldi. 2008-2010-yillar Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” fani boyicha magistratura yonalishi uchun DTS ishlab chiqildi. Z. Ibodullayev tomonidan 2008-yil tayyorlangan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligining 2-nashri 2012-yil, 3-nashri 2019-yil chop etiladi. Oz faoliyatini nevrologiya va keyinchalik neyropsixologiya sohasidan boshlagan olim asab kasalliklariga oid darsliklar va oquv qollanmalarini ham chop qildiradi. 2013 va 2014-yillar “Asab kasalliklari” darsligi kirill va lotin alifbolarida nashrdan chiqqan hamda “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bolgan. Professor Zarifboy Ibodullayev 160 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Z. Ibodullayev tomonidan “Asab kasalliklari” darsligi (2013, 2014, 2021), “Umumiy nevrologiya” darsligi (2021), “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi (2008, 2012, 2019), nevropatologlar uchun “Insult va koma” (2014), “Epilepsiya” (2018), “Nevrologiya” (2017) nomli yirik qo‘llanmalari chop qilingan. Keng omma uchun moljallangan “Asab va ruhiyat” nomli asar 2013-yildan buyon 4 marotaba nashrdan chiqdi va shu kunlarda 5-nashri chop qilinish arafasida. 2022-yil Turkiyada “Asab va ruhiyat” (Sinir va ruhiyat) kitobi turk tilida nashr yuzini kordi. Songgi yillarda Z. Ibodullayev tomonidan chop qilingan ilmiy ishlar royxati: Z. Ibodullayev. Insult va koma. Vrachlar uchun qollanma. T.: 2014. – 196 b; Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Vrachlar uchun qollanma. T.: 2018. – 174 b; Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik, 3-nashr. Toshkent. 2019. 494 b. Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. 4-nashr. 2019. 312 b. Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik, 2-nashr. Toshkent. 2021. – 960 b. Z. Ibodullayev. Umumiy nevroligiyai. Darslik, Toshkent. 2021. – 312 b. Z. Ibodullayev. Sinir va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. Turkiya, Ankara., 2022. 316 Download 251.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling