Mustaqil ish №1 guruh : 21-a-21 F. I. Sh: Ismanova zarnigor kamoliddin qiz reja


Download 19.3 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.3 Kb.
#1577466
Bog'liq
Zarnigor 21


MUSTAQIL ISH №1

GURUH : 21-A-21
F.I.SH: ISMANOVA ZARNIGOR KAMOLIDDIN QIZ
REJA:

  1. TEXNOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA

  2. TEHNOLOGIK JARAYONLARGA MISOL

  3. ISHCHI VA BOSHQARUV OPERATSIYALARI

  4. XULOSA.

TEXNOLOGIYA HAQIDA MALUMOT
Texnologiya deganda dastlabki hom-ashyoni inson uchun kerakli va foydali mahsulotga aylantirishda qo’llaniladigan vositalar va metodlar to’plamiga aytiladi.
Texnologiya (grekcha: „techno“ — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim)[1] — ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.
Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.
Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari; poydevor yotqizish; devor tiklash; antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi, qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi yoki gulqogʻoz yopishtiriladi.

2.Texnologik jarayonlarga misollar:


­- Gul ekish texnologiyasi;
-Devor bo’yash texnologiyasi;
-Mato qirqish texnologiyasi;
3. Texnologik bajariladigan ishlarni biz operatsiyalar deb ataymiz. Operatsiyalar ikki xil bo’ladi:
1. Ishchi operatsiyalar
2.Boshqaruv operatsiyalar
Ishchi operatsiyalar bu biz bajaradigan ishlardir masalan, yuqorida aytilganidek
gul ekish: bunda gul ekish uchun mo’ljallangan idishga tupror solish bu ishchi operatsiyadir. Tuproqni qancha miqdorda solishimiz esa boshqaruv operatsiyasidir.
Yana bir misolni olaylik , devorni rangga bo’yash texnologiyasidagi operatsiyalarni tahlil qilaylik. Bunda devorni bo’yashimiz ishchi operatsiya , devorni qanday qalinlikda va qanday yo’nalishda bo’yashimiz boshqaruv operatsiyasi hisoblanadi . Bunda inson tomonidan boshqariladigan operatsiyalar boshqaruv operatsiyasiga kiradi.
Boshqaruv operatsiyasiga mato qirqishni misol qilsak, qaychi bilan matoni kesishimiz bu ishchi operatsiya va qaychini qanday yo’nalishida qirqish esa
boshqaruv operatsiyasiyasi hisoblanadi.
Xulasa o’rnida shuni aytish joizki , biz bajaradigan ishlar operatsiya deb ataymiz va ular ishchi va boshqaruv operatsiyalaridan iborat ekanligini ham bilib oldik.
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling