3 – topshiriq. Mavzuning taqdimot slaydini tayyorlang.
(Slayddan mavzu, mavzu rejasi, ko’rgarma vositalari, qiziqarli faktlar,video darslar, ta’rif va formulalar, jadvallar, mavzu yuzasidan xulosa, adabiyotlar ro’yhati joy olishi kerak.)
Mustaqil ish № 11
Mavzu: Ideal gaz holat tenglamasi
Maksad. Ideal gaz qonunlarini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
Izotermik prosess.
Izobarik prosess.
Izoxorik prosess.
Boyl – Mariott, Gey – Lyussak va Sharl qonunlari.
Mavzuga doir topshiriqlar
1 – topshiriq Quyidagi savollarga javob bering
Ideal gaz deb qanday gazga aytiladi?
Izotermik prosess deb qanday protsessga aytiladi va u qaysi qonunga bo’ysunadi. Izotermik prosessda bosimning hajmga bog’lanish grafigini chizing.
Qanday protsessga izobarik protsess deyiladi va u qanday qonunga bo’ysunadi? Izobarik protsessda hajmning temperaturaga bog’lanish grafigini chizing.
Qanday protsessga izoxorik protsess deyiladi va u qanday qonunga bo’ysunadi? Izoxorik protsessda bosimning temperaturaga bog’lanish grafigini chizing.
Mendeleyev – Klapeyron tenglamasini yozing va undagi kattaliklarni tushuntiring.
SI sistemasida Universal gaz doimiysining son qiymati nimaga teng?
2 – topshiriq Quyidagi masalalarni yeching
1 – masala. Gaz solingan 10 m3 hajmli ballonga 17 0C harorat va 720 mm sim.ust.bosimga qancha miqdorda kilomol’gaz bo’ladi?
2 – masala. 2∙10-3 m3 hajmli idish 6g karbonat angidrit (CO2) va 5g azot (1)-oksidi (N2O) bilan to’ldirildan. 1270C haroratda idishdagi umumiy bosim qanday?
3 – masala. Balandligi 5m va polining yuzi 200 m2 bo’lgan auditoriyadagi havoning massasi topilsin. Binoning harorati 17 C, bosimi 750 mm. Sim.ust.ga teng. (Bir kilomol havoning massasi 2,9 kg/mol deb olinsin.)
4 – masala. . Ichida havosi bo‘lgan 0.40 dm3 sig‘imli og‘zi ochiq shisha kolba 1270 gacha isitilgan. Isitilgan kolbani bo‘g‘zi bilan suvga botirilib, uni 270Sgacha sovitilsa, kolbaga kirgan suv qancha hajmni egallaydi?
5 – masala. Normal sharoitda gazometrga 0,50 kg karbonat angidrid gazi sigadi. Agar termometr 170S ni, manometr esa 93,3 kPa ni kursatayotgan bulsa, gazometrdagi karbonat angidridning massasini toping
Do'stlaringiz bilan baham: |