Mustaqil ish 1-mavzu: Qattiq va zaxarli chiqindilar


- mavzu: Muxit va ekologik omillar. Muhitga ekologik omillarning moslashishi


Download 42.75 Kb.
bet3/5
Sana03.11.2023
Hajmi42.75 Kb.
#1741664
1   2   3   4   5
Bog'liq
word ekologiya

3- mavzu: Muxit va ekologik omillar. Muhitga ekologik omillarning moslashishi.
Odatda tabiiy va sun‘iy muhitlar farqlanadi. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmuyi tashkil etadi. Sun‘iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularning bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit tabiiy va sun‘iy atrof-muhit bo‘lib, tirik mavjudotlar subyekt va obyekt ta‘sirlar sifatida qatnashib, ta‘sirlar soni esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit muayyan ekologik tizim hisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishiga imkon beradigan yerning tavsifi va abiotik jismlarning majmuyidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo‘ladi.
Tirik organizmlarning hayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart sharoitlari va ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.
Ekologik muhitning buzilishida atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqalarning zaharlanishi, shovqinlarning ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalar ta‘sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga hayot muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. Tirik organizmlar – to‘rtta asosiy muhitda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya‘ni suv va havo muhitlari o‘lik, tuproq muhiti oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik xususiyatga ega. Har bir hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun turli yashash joylaridan iborat. Masalan suv muhiti quyidagi holatda uchrashi mumkin, chunki sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq hamda sovuq va hokazolar. Havo va tuproq ham nihoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar) ham parazit va simbiontlar uchun muhit sifatida o‘ziga xosdir.
Maʼlumki, insonning oʻzini oʻrab turgan tabiiy muhitga munosabati dolzarb masalalardan va bu muammo jamoatchilikning diqqat markaziga koʻchgan. Mamlakatimizda bu muammoning yechimiga intilish uzoq tarixga ega. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi “Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” qarori belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Muhit tushunchasi fanda turli ma‘nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovga aytiladi. Muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta‘sirlar majmuyidir.
Olimlar fikriga koʻra, inson xulq-atvori agar uni qurshab turgan muhit qulay va maqbul boʻlsagina tizim uchun maʼqul koʻrinishga ega boʻladi. Yaʼni atrof-muhit inson uchun “kongruent” boʻlishi kerak. Individ faoliyatini uni qurshab turgan muhitga nisbatan “nokongruent” boʻlsa, odamda frustratsiya – xavotirlanish holatlari vujudga kelishiga asos boʻlib, u oʻz navbatida, aksil-ijtimoiy harakatlarga olib kelishi mumkin. 1916-yilda R.Park psixologlar inson xulq-atvoriga muhitning taʼsirini oʻrganuvchi tadqiqotlar uchun sistemani hosil qiluvchi muhitga doir tushuncha va kategoriyalar sifatida - ekosistema tushunchasini qoʻllay boshlaganlarini alohida taʼkidlagan. Oʻtgan asrning 20-60-yillari oraligʻini insonga u yashayotgan, ishlayotgan va dam olayotgan joylarning tasirini oʻrganishga bogʻliq turli tadqiqotlarni oʻz ichiga olgan boshlangʻich bosqich sifatida tushunsa boʻladi. Mazkur yondashuv gʻarb sotsiologiyasining eng yirik boʻlimlaridan oʻrin olgan.
Tarbiya – ushbu jarayonga turli yondashuvchi ota-onalar yashaydigan chegaralangan maydondan, oiladan boshlanadi. Jismoniy va ijtimoiy muhit impulslarining taʼsirida shakllanayotgan bola asta-sekin nafaqat ota-onasidan balki, boshqa tarbiya institutlari va taʼlimdan, shu qatorda; bogʻcha, boshlangʻich va oʻrta maktabdagi impulslarni (maqtov, ragʻbat, taʼqiq, jazo) oʻziga singdirib boradi (bolalar oʻyin davomida vaqtni oʻtkazadigan tengqurlarini xam unutmaslik kerak).
Keyin esa ancha keng muhit taʼsirining navbati keladi: madaniy, etnik, ideologik va koʻp qismini egallovchi ommaviy axborot vositalaridan oqib keluvchi axborotning taʼsiri kuzatiladi. Madaniy va tarixiy muhit oʻziga xos tarzda geografik muhit bilan uygʻunlashib, peyzaj va atrof-muhitda oʻz izini qoldiradi.
Geografik sharoit ijtimoiy madaniy muhit sharoitiga juda katta taʼsir koʻrsatadi. Etnik madaniyat farqlari nafaqat ularning yashash tarzida, ozuqa tarkibida, eʼtiqod, urf-odat va anʼanalarida uylarining shakl-shamoyilida emas, ota-onalarining bolalariga munosabatlarida xam farq qiladi. Shaxsda atrofni tushunishga, qabul qilishga, atrof-muhitning oʻziga xosligi, xayotiy muhitning maʼlum tizimi orqali oʻrgatiladi.
Abu Rayhon Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi yunonlar, eroniylar, sugʻdlar, xorazmliklar, xristianlar, yahudiylar, musulmonlarning psixologik xususiyatlari determinantlarini ochib bergan.
Turli xalqlarga xos xususiyatlarni oʻrganish maqsadida Beruniy oʻziga xos ilmiy metod yaratdi: buning uchun qadimgi xalqlar rivoyatlarini hamda oʻtmish avlodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash, biografik uslubdan foydalanish kerak.
Beruniy fikriga koʻra, u yoki bu xalqlarning koʻplab jismoniy xususiyatlari va farqlari ular yashayotgan sharoitlar, geografik muhitdagi tafovutlar bilan bogʻliq:“...Axir gavda tuzilishi, rangi, tabiiy xossalari va sifatlari nafaqat kelib chiqish tafovutlariga bogʻliq, balki yer, suv, havo turfaligi bilan ham belgilanadi”.
Geografik omilning bashariyat turmushida tutgan oʻrni xususidagi oʻz mulohazalarini bayon etar ekan, Beruniy nafaqat uning jismoniy tuzilishni belgilashdagi oʻrni toʻgʻrisida, balki turli koʻrinishga ega ijtimoiy hodisalar determinatsiyasi haqida ham soʻz yuritgan.
Qadimgi davr mutafakkirlari asarlari boʻyicha umumiy xulosa qiladigan boʻlsak ekologiya insonni inson sifatida, uning nafaqat biologik, balki ijtimoiy xususiyatlari shakllanishiga ham taʼsir qilgan ekan, “odam-muhit” munosabatlarining buzilishi insonning psixologik qiyofasiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Aynan “odam-muhit” tizimidagi oʻzgarishlarning oqibatlari hozirgi zamon ekolog-olimlar tadqiqiy ishlarida oʻz aksini topgan.
Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki atrof-muhit shaxs rivojlanishi va shakllanishidagi toʻldiruvchi aspekt boʻlib, atrof-muhit shaxsning tarbiyasida va genetik oʻsishida juda muhim omildir.
Jonli organizmlar atrof-muhit omillarni turlicha qabul qiladi. Ba`zi organizmlarda harorat namlik, suvning sho`rligi, yorug`lik va shunga o`xshashlarga talab ancha kengroq, boshqalarida ancha torroq bo`ladi. Shunga muvofiq ba`zi organizmlar aniq omilning tafovuti ancha kengroq, boshqalarda bu tafovut ancha tor bo`lgan sharoitda yashab ketaverishi mumkin. Misol uchun har xil turlarning o`sish tezligi atrof-muhit haroratiga qay darajada bog`liqligini ko`rib chiqaylik. Ana shu tarlardan biri harorat o`zgarishining keng tafovutiga moslashgan va evriterm deb atashuvchi turlarga mansub deyaylik. Ikkinchisi nisbatan past harorat doirasida. uchinchisi esa, yuqori harorat doirasida bardoshlikda yetarli ravishda tor chegaraga ega, deylik. Bunday turlar stenoterm organizmlar deb yuritiladi. Bundan ko`rinib turibdiki, organizmlarning evriterm turi haroratning mumkin bo`lgan eng past va eng yuqori darajasi orasida rivojlanaverishga qodirdir, buning ustiga o`rta zonada sharoit qulay bo`ladi. Bu organizm holatida haroratning pasayib, ko`tarilib turishi keskin uzgarishlarga olib kelmaydi. Stenoterm turlarida ahvol boshqacha. Ularning bardoshliligi yuqori va past xaroratning juda tor doirasida kechadi va hatto eng qulay sharoitdan ko`tarilishi yoki pasayishi tomon biroz chetga chiqish xayot faolligi keskin tushib ketishiga olib keladi. Eng ko`p va eng kamlik chegarasiga yaqin bo`lgan har qanday ekologik omil pessimal yoki pessimum sifatida tavsiflanadi. Pessimal sharoitlarda organizmning hayotiy faolligi, to`lishishi, harakati, pushtligi va boshqa xususiyatlari pasayadi.
Bundan tashqari, nafaqat tafavut, baki u yoki bu omil o`zgarishining tezligi ham organizm uchun ahamiyatga molikdir. Masalan, hasharotlarni sovutish tajribasida harorat 15 °S dan 200 C gacha keskin pasaytirilganda tajriba ostida bo`lgan chigirtkalar o`lib qoladi. Harorat asta-sekin pasaytirilib borilganda esa, ularni mutloq nol darajagacha sovutish va shundan keyin yana hayotga qaytarishga muvaffaq bo`lindi. Turning alohida omillarga yoki omillar majmuiga moslashish qobilyati ekologiya valentolik deb ataladi. Turning royishligi yuqori bo`lgani sari, uning aniq ekologiya tizimiga moslashuvchanligi shuncha yuqori, uning populyasiyasida vaqt ichida serharakat sharoitrarida yashab qolishga asosi shuncha ko`p bo`ladi.
Masalan, oziqa tanlash qobiliyatlilik haroratning o`zgarib turishiga yoki qor qalinligi yuqori bo`lishiga qaramasdan losning ekologik royishligi tung`iznikiga qaraganda yuqoridir, chumchuq emas quyoncha yoki maynaga qaraganda ko`proq royishdir.
Biga endi tanish bo`lgan atamalardan foydalanib, bunday hollarda zvritop yoki stenoltop turlar haqida gapirishadi. Muhit omillariga nisbatan talabchanlik va toleratlik ko`zdan kechirilayotgan tur zotlarining jug`rofiy tarqalish joyini belgilaydi. Bu ularning bir joyda hayot kechirishi doimiyligi darajasi, ya`ni tur arealiga bog`liq bo`lmaydi. Muhit omillari u yoki bu tur miqdorining uzgartirib turish tafovutiga qisman ta`sir etadi. Bu narsa amalda hech qachon doimiyligicha turmaydi, balki o`zgarib turadi. Tirik organizmlarning atrof-muhit serharakat omillari sharoitlarida eng qulay hayot faoliyatini ta`minlovchi imkoniyatlari moslashuvlar deb ataladi.
Odatda har bir tirik organizm uchun faqat atrof-muhit omillari zarur shartlarga muvofiq kelgan joydagina yashashi ko`rinib turgan haqiqatdir. Mazkur yoki o`zgarib turadigan sharoitlarga moslashmagan zotlar kiritilib ketadi.
Inson xo`jalik faoliyati natijasida ko`proq o`zgarishlarga uchraydigan omillarga moslashishni ba`zi bir misollariga to`xtaladi.
Morfologik moslashuv Suv organizmlarining tuzilishi morfologik moslashuvga misoldir: chunonchi, kitsimonlarning tez suzishga moslashuvi, plankton organizmlarning uchishga moslashuvi. Cho`l o`simliklarining odatda bargi bo`lmaydi va ularning tuzili namlikni eng kam miqdorda yo`qotishga moslashgan.
Fiziologik moslashuv. Bu masalan, hayvonlarning ovqat hazim qilish yo`lida ozuqa tarkibi bilan izoxlanadigan ferment yig`masi xususiyatlarida ko`rinadi. Cho`lda yashovchi jonzotlar tanalaridagi eg moddasini biokimyoviy achitish yo`li bilan suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradilar. Fotosintezning biokimyoviy jarayonlari atmosfera havosida qat`iy muayyan gaz tarkibi bo`lgan sharoitda o`simlikning noorganik moddadan organik modda yaratish qobiliyati aks ettiradi.
Ekologik moslashuv. U har xil shakllarda namoyon bo`ladi. Hayvonlarda atrof-muhit bilan normal issiqlik almashishni ta`minlashga yo`naltirilgan moslashuv xatti-xarakati shakllari mavjud.



Download 42.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling