Mustaqil ish 1


Download 23.9 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi23.9 Kb.
#251801
Bog'liq
6. MUSTAQIL ISH(3)


MUSTAQIL ISH

1. Tarvuzga bo’lgan talab 100 dona bo’lganda har bir tarvuz narxi 21 so’mni tashkil qiladi. 160 dona bo’lganda bir dona tarvuz 19 so’m bo’lsin. Yoysimon elastiklik koeffitsiyentini hisoblang?

2. Talab va taklifning narxga bog’liqligi.

1 kg go’shtning narxi 30 so’m turgandagina qo’yilgan talab va tovar taklifi miqdoriga teng. 1 kg go’sht 10 so’m tursa , tovarning (go’sht) talabi qanchaga teng, taklifi qancha tonnaga teng? Narx 30 so’mdan yuqori bo’lsa, aytaylik 40 so’m bo’lsa, bozorda go’shtga bo’lgan holat qanday bo’ladi?




1 kg go’sht narxi

Talab qilingan go’sht miqdori

Taklif qilingan go’sht miqdori

Talabning (+) va taklifning oshib ketishi (-)

10

8

1

+7

20

6

2

+4

30

4

4

+9

40

2

6

-4

50

1

8

-7

3. Iste’molchining daromadi yiliga 700000 so’mdan 1 mln.ga oshdi. Makaronga bo’lgan talab yiliga 3 kg dan 1 kg ga pasaydi. Yog’ga bo’lgan talab 5 kg dan 7 kg ga oshdi, daromadga nisbatan va mahsulot xarakteriga nisbatan talab elastikligini aniqlang?

4. Firma «JBF» bozorni rag’batlantirish maqsadida kompyuterlarning bir modelini narxini 1000 dollardan, 800 dollarga tushirdi. Natijada kelgusi oyda oldingiga nisbatan ikki barobar ko’p kompyuterlarni sotishga erishdi. Bu holda:

a) firma tushumi qanday o’zgardi?

b) nuqtali elastiklik koeffitsenti va to’la kompyuter modeliga bo’lgan talabning xarakteri bo’yicha xulosa qiling.

5. Chilonzor tumanining «Okean» magazinida eng yaxshi baliq mahsulotiga bo’lgan talab kuniga 500 kilogramm bo’lib, 1993 yili 20 000 so’mni tashkil etardi. Agarda egri elastiklik (-11/7) va 24 000 so’m miqdorida bo’lganda uning talab hajmini aniqlang?


1-ilova.

Assesment topshiriqlari

1-variant Test

Tovar narxining ko‘tarilishiga qaramay umumiy tushum hajmi o‘zgarmaydigan bo‘lsa, narxga bog‘liq talab elastikligi koeffitsienti:

A) 1 dan katta;

B) 1 dan kichik;

C) 0 ga teng;

D) 1 ga teng;



Muammoli vaziyat

Shakarning narxi 950 so‘m bo‘lganda oila bir yilda 50 kg shakar iste’mol qilgan. Shakar narxi 1050 so‘mga ko‘tarildi. Shakarning narxga ko‘ra elastikligi -0,9 ga teng. Oila keyingi yilda necha kilogramm shakar iste’mol qilishi mumkin ?




Simptom

........... talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi.



Amaliy ko‘nikma

Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? a) taklif qisqaradi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; v) taklif ko’payadi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; g) talab ortadi va taklif ham ko’payadi; d) talab ortadi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; e) taklif ko’payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab qisqaradi va taklif ham qisqaradi.




2-ilova.

Klasterni to`ldiring.



6. Aytaylik, tovarning narxi P =10 – 0.2 Qd va taklif P =12+ 0.2 Qs formula bilan ifodalangan bo’lib, unda Qs va Qd lar, mos ravishda, talab etilgan miqdor va taklif etilgan miqdor va P narxdir. Qs=Qd deb o’ylab, muvozanatdagi narxni aniqlab toping. Endi esa muvozanatdagi miqdorni aniqlab toping. Javoblaringizni tushuntirish uchun ikkita tenglama chizing.
Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling