Mustaqil ish Bajardi: 201-guruh talabasi Xusanboyeva Madinabonu Tanishuv oʼyinlari
Download 22.81 Kb.
|
Tanishuv oʼyinl
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Qor yigʼimi" oʼyinidir . "Tanishuv" oʼyini
- Guruhning kayfiyatini koʼtaruvchi oʼyinlar
Mustaqil ish Bajardi: 201-guruh talabasi Xusanboyeva Madinabonu Tanishuv oʼyinlari Har bir guruh bilan olib boriladigan mashgʼulot qanday maqsadda oʼtkazilishidan qatʼiy nazar "tanishish" oʼyini bilan boshlanadi, chunki guruh aʼzolari bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlari lozim. Аyniqsa, birinchi oʼyindayoq ishtirokchilar faqat ismlarinigina aytish bilan kifoyalanib qolmasdan, oʼzining holati, kayfiyati va hatto harakterini ham ifodalay olsa, bu juda yaxshi samara beradi. Guruh aʼzolari bir-birlari bilan muloqatga kirishishlari oson boʼlishi uchun bir-birlarining ismlarini eslab qolishga yordam beruvchi oʼyin oʼtkazish lozim. Eng keng tarqalgan oʼyin — bu "Qor yigʼimi" oʼyinidir. "Tanishuv" oʼyini — guruhning barcha aʼzolari oʼzlarini har jihatdan qulay, dadil tutishlari, shuningdek, oʼzaro ishonch hosil qilishlari uchun birinchi va eng muhim qadamdir. "Tana (taktil) toʼsiqlarini bartaraf qilish" oʼyini Odam notanish guruhga tushib qolsa, u albatta oʼzini noqulay, siqilib qolganday xis qiladi, uyaladi. Аgar biz kimningdir yelkasiga qoʼlimizni qoʼyishga, soch turmagining u yoq bu yogʼini toʼgʼrilab qoʼyishga haddimiz sigʼsa, oʼsha odam yonida oʼzimizni dadil va xotirjam his etamiz. Аgar odamlar bir-birini yaxshi tanimasa, bilmasa, bunday xatti-harakatlarni bajara olmaydilar va oʼzaro muloqotda ruhiy zoʼriqish, noqulaylik kabi hislar paydo boʼladi. Lekin shunday oʼyinlar borki, ular bunday toʼsiqlarni bartaraf etishga yordam beradi. "Tana toʼsiqlarini bartaraf qilish" oʼyinlarining mohiyati shundaki, guruh aʼzolari bir-birlariga "tega olish"lariga imkon yaratiladi. Guruh aʼzolari oʼrtasida oʼzaro ishonch va ishchanlik muhitini yuzaga keltirish uchun bu oʼyinni "Tanishuv oʼyinlari" oʼtkazilganidan keyinoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu oʼyinning eng oddiy va keng tarqalgan turi "Chigilni yechish"dir. Guruhning kayfiyatini koʼtaruvchi oʼyinlar Bu tipdagi oʼyinlarga quvnoq, kayfiyatni koʼtarishga asoslangan hazil-oʼyinlar kiradi. Shuningdek, ularga guruh aʼzolari bir-birlariga minnatdorchilik bildiradigan, iliq soʼzlar aytadigan, tilaklar, komplimentlar ijobiy psixologik muhit yaratadigan va kayfiyatni koʼtaradigan oʼyinlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu oʼyinlarni uchrashuvning samarali tugashini taʼminlash uchun mashgʼulotning oxirida oʼtkazish tavsiya etiladi. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling