Mustaqil ish bajardi: Serikov Ulug’bek
Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari
Download 0.93 Mb.
|
O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanish tamoyillari S U
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT)
- LXTlari ikki turga ajratiladi: 1. Yagona rang arxitekturasi
Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma’lum me’yorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi. Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta’sirini belgilaydi. Maktab yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab yoshidagi 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin.
Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT) Personal kompyuterlar asosida qurilgan LXT, oddiy arxitekturasi va asosiy qurilmalarining arzonligi sababli barcha soxalarda tadbiq qilinmoqda. Jumladan tijorat va bank tizimlarini avtomatlashtirishda, boshqarish tizimlarida va boshqalar. Uning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi: 8.1-rasm. Lokal xosoblash tarmoqlari asosiy komponentlari LXTlari ikki turga ajratiladi: 1. Yagona rang arxitekturasi - har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlari teng huquqli va ularning bir birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ma’lumotlarni taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Yagona rang arxitekturasi, tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. (Odnorangovыe - peer-to-peer ). 8.2-rasm. Yagona rang arxitekturasi asosida qurilgan LXT Bu turdagi tarmoqlarda xech qanday ierarxik struktura mavjud emas, har bir terminal ishchi stansiya yoki server vazifasini o‘tashi mumkin. Bu tarmoqda xech qaysi kampyuter tarmoqni boshqarishga javobgar emas. Ishchi guruxlar – bu guruxga bir maqsadda jamlangan ishchi stansiyalar kiradi. Shu sababli odatda bunday tarmoqlarda (peer-to-peer) 10 dan oshmagan kompyuterlar jamlanadi. Bu tarmoqlar kam harajatli xisoblansada, ularni qurishda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi yuqori, samarali, tezkor va qimmat kompyuterlar ishlatiladi. Operatsion sistemaga kelsak, ularda MS Widows NT for Workstation; MS Widows 95/98, Widows 2000 va Widows XR dasturlari ishlatilishi mumkin. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling