Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: mirzo abdulqodir bedil falsafasi


Download 0.99 Mb.
bet6/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1058395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xurshida Abdullayeva . Falsafa

Yaxshilik – bu yomonlikni bartaraf etish, yomonlikni yengish. Kengroq mahnoda olib qarasak, birovning yukini yengil qilish, dardiga hamdard bo’lish, muhtojlarga ko’mak berish, yiqilganni suyash, adashganga to’g’ri yo’l ko’rsatishdir.
Bedilning yaxshilik va yomonlik axloqqa doir tushunchalarida muhim jihatlar mavjuddir. Bedil yaxshilik kategoriyasini tahlil qilganda, yomonlik bilan qiyoslashga e’tiborni qaratadi. Demak, yaxshilik va ezgulik yomonlikka qarshi tinmay kurash olib boradi, bu kurashda yaxshilik albatta g’alaba
qozonadi. Mirzo Bedil falsafasidagi adolat axloqiy tushunchasining muhim jihati shundan iboratki, ushbu tushuncha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-axloqiy kategoriya sifatida talqin etilgan. Siyosiy adolat davlat kuchini, huquqiy adolat qonun mavqelarini, axloqiy-ma’naviy adolat esa ma’naviyat kuchini o’zida aks ettiradi.
Adolat – axloqiy, siyosiy-huquqiy kategoriya. Adolat jamiyat barqarorligini tahminlovchi eng muhim axloqiy tushuncha. Adolat insonlarning bir-biriga, davlatni fuqarolarga bo’lgan munosabatida o’zaro muvofiqlikni ifodalaydi, qonunlarga rioya qilishni bildiradi. Ishq-muhabbat Mirzo Bedil falsafasining asosi sifatida diniy va dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Ishq - muhabbat nafaqat insoniy munosabatlar zamirini, balki mavjudlik, borliqning asosini ham harakatga keltiruvchi, bunyod etuvchi ilohiy kuch sifatida talqin etilgan.
Muhabbat qalbning mulki. Bu muqaddas tuyg’u aqldan ustun kelib, qalbni makon tutadi. Muhabbat tuyg’usi makon tutgan qalb sohibida faqat ezgulik va ruhiy poklik hukmronlik qiladi. Muhabbat o’z sohibini insonparvar, vatanparvar, imon-ehtiqodli, muloyimlik kabi go’zal fazilatlar bilan bezaydi.
Muhabbat axloqiy tushunchalarning eng nafislari bo’lmish hayo, ibo, or-nomus, shafqat, mehribonlik kabilarni to’laligicha o’zida mujassam etgan axloqiy qadriyatdir.
Bedilning tahkidlashicha, faqat muhabbat tufayligina borliq yaratilgan. Hayot – ishqmuhabbatning mahsuli. Muhabbatsiz mavjudlik, Bedil nazarida, go’yo yo’qlikdir. Barcha munosabatlar, barcha mavjudlik muhabbat tufayli tug’iladi. Bu tuyg’uni inson qalbiga singdirmasdan turib, axloq haqida fikr yuritish mumkin emas.
Demak, mutafakkir Mirzo Bedil o’z ijtimoiy-axloqiy qarashlarida yaxshilik va yomonlik, adolat, ishq-muhabbat kabi axloqiy tushunchalarga o’ziga xos tarzda yondashgan. Bu o’ziga xoslik axloqiy tushunchalarning har taraflama ijtimoiy-siyosiy, diniy-axloqiy va ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinishida ko’zga tashlanadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling