Rejalashtirish quyidagi tamoyillarga tayanadi:
Rejalashtirishning demokratik mustaqillikka asoslanishi, ya`ni xo`jalik ichida iqtisodiy va agrar munosabatlarni joriy etishda mustaqillik va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan boshqarish tizimini o`rnatishda demokratik qonun-qoidalarga amal qilish.
Rejalashtirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, ya`ni foyda olinadigan ishlab chiqarishyo`nalishini biznes-reja orqali asoslab olish va resurslarni jalb etib ulardan oqilona foydalanish, mahsulot miqdorini ko`paytirish, mehnat sarfini kamaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Istiqbol va yillik rejalarning bir-biri bilan uyg`unlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini ta`minlash, ya`ni rejaning barcha qismlarini bir-biri bilan uyg`unlashtirib ular o`rtasida mutanosiblikni o`rnatish. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |