Mustaqil ish Guruh: 413-18 Bajardi: Abdurashidov Shahzod Tekshirdi: Yusupova Zamira
Download 106.38 Kb.
|
Pedagogika va psixalogiya2
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fan nomi: Pedagogika-psixalogiya Mustaqil ishGuruh:413-18 Bajardi: Abdurashidov Shahzod Tekshirdi: Yusupova Zamira O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi. Motivatsiya tushunchasi uning mazmun mohiyati o’quv faoliayatidagi o’rni. O’quv bilim motivlarini shakllantirish va uni shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni. O‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati. Kasbiy motivatsiya va uning ahamiyat. Prezidentimiz I.A Karimov ta'kidlab o‘tganlaridek: “Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda”. Ayniqsa, xalq ta'limining asosiy va muhim bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta'limni takomillashtirish hamda uning kadrlar tayyorlashdagi rolini oshirish hozirgi kunda muhim masalalardan biridir. O‘quvchi maktabga kelgan kunidanoq o‘qishga havas qo‘yishi, savodli o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallay olishi lozim. Bu esa har bir o‘quvchida ta'limga bo‘lgan qiziqish mavjud bo‘lishini talab etadi. O‘quvchilarda ta'limiy qiziqishlarni tarkib toptirish esa bir muncha murakkab jarayondir. Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan qonun va farmoyishlar ana shu faktorlarni o‘zida mujassam etganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Bunda umumiy ta'lim maktablarida dars berish sifatini oshirish asosiy mazmunni tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasini o‘rganib chiqish, ularning qiziqishlari, intilish va xohishlarini, istaklarini inobatga olgan holda darslarni tashkil etish yoki o‘quvchilarning o‘quv–biluv faoliyatini maqsadli yo‘naltirish bilan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning ta'minlanishini bugungi kun maktab amaliyoti ko‘rsatmoqda. Ma'lumki, darslarni tashkil etish va dars davomida o‘quvchilarning faolligini ta'minlash uchun avvalo o‘quvchilardagi o‘quv–biluv motivlarini inobatga olish yoki ularning fanga bo‘lgan motivlarini shakllantirish zarur. Bunga asosiy sabab o‘quvchilardagi o‘quv – biluv motivlari, umuman, motivlar faoliyatning tayanch asosini tashkil etishidadir. Motivlar – didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi. Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagicha: Motiv – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi. Motiv – insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa chiqaradi. Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik. Motiv (lot. moteo – harakatlantiraman, fransuz. motiv – undovchi sabab) shaxsni aqliy harakatga va hulq-atvorni amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog‘liq mayl yoki sababiyat. Motivlarning asosiy funksiyasi insonni harakatga undovchi sabablar, ichki turtkilar vazifasidan iborat. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, xatti – harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv xatti-harakat va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va shakllanadi. Motiv mazkur negizda o‘sib, barqarorlashib borib, ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga ta'sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq ravishda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Lekin “motiv – faoliyat”, “maqsad - harakat”, “sharoit - operatsiya” holatlari o‘rtasida qat'iy aloqa hukm surmaydi. Goho motiv turtki, qo‘zg‘atuvchi, undovchi singari istilohlar bilan aynanlashtiriladi. Motivlar ehtiyojlarning ifodachisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. Xuddi shu boisdan motivlar shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan uzviy aloqada. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq qo‘llashga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi va o‘z navbatida motivning shakllanishiga yordam beradi. M.H.Saidov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘at” kitobida motivga quyidagicha ta'rif beriladi:
1) sub'ekt ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; sub'ekt faolligini yuzaga chiqaruvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi tashqi yoki ichki shartlar majmui. 2) narsa faoliyati yo‘nalishini tanlashga rag‘batlantiruvchi va uni belgilovchi, shuning uchun mavjud bo‘luvchi. 3) shaxsning harakatlar va hulq–atvorlarini tanlashi asosida yotuvchi idroklangan sabab. Psixologiyada motivga izlanuvchi faollik jarayonida ehtiyojlarning amalga oshishi sifatida qaraladi. Motivning rivojlanishi narsa mohiyatini o‘zgartiruvchi faoliyatlar doirasini o‘zgartirish va kengaytirish orqali yuz beradi. Sotsiologiyada motivga muayyan ne'matlarga faoliyatning xohlagan sharoitlariga erishishda idroklangan ehtiyoj deb qaraladi. “Motivlash (frans. qo‘zg‘atish) organizm faolligini uyg‘otuvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi turtki, motivlovchi omillarning nisbati mustaqil 3 sinfga farqlanadi. Faollik manbai bo‘lib, ehtiyoj va instinktlar hisoblanadi”.
Motiv - kishining ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni. Q.Turg‘unovning “Ruscha-o‘zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug‘ati”da motiv (lat. moveo - harakatlantiraman) odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab sifatida ko‘rsatiladi. Motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi deb ta'rif beriladi. Motivatsiya – motivlashtirish: shaxsning nima uchun ma'lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilinganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya. Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib kelgan. Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida ham inson va uning ruhiyati, kechinmalari, maqsadli faoliyatlari yuzasidan qarashlari bayon etilgan. Inson faoliyati asosida turli-tuman maqsadlar yotadi. Maqsadlarni esa ma'lum ehtiyojlar yuzaga keltiradi. Ana shu jarayonlar, unda insonga nisbatan inson omilining ta'siri Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘z aksini topgan. O‘quv faoliyati motivlari deganda o‘quv faolligi namoyon bo‘lishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar: ehtiyojlar, maqsadlar, ustanovkalar, burch hissi, qiziqishlar va boshqalar tushuniladi. G.Rozenfeld o‘qish motivatsiyasining quyidagi omillarini ajratgan. 1. Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik. 2. Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish. 3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun o‘qish. 4. Muvaffaqqiyatga erishish yoki muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish. 5. Majburlab yoki qo‘rqqanidan o‘qish. 6. Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga asoslangan o‘qish. 7. Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish. 8. Ijtimoiy maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim. E. Torndayk o‘quv jarayonini u yoki bu qo‘zg‘atuvchiga (stimulga) javob reaksiyasining holati bilan bog‘liqligini, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o‘rtasidagi ma'lum aloqani o‘rnatish bilan izohlanishini aytib o‘tadi. Torndayk kishi o‘zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro‘yxushlikning hamda o‘zi xohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyillikning ta'sirini o‘rganishga harakat qiladi. U bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha samarasiz va kuchsizdir, degan xulosaga keladi. Keyingi tadqiqotlarida esa, rag‘batlantirish, umuman, jalb etish barcha aloqalarni saqlash va kuchaytirish salohiyatiga, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqlikka o‘zgartirish xususiyatiga egaligini ta'kidlab o‘tadi. Torndayk bolaning ijobiy o‘quv motivatsiyasini uni jazolash orqali hosil qilib bo‘lmasligini, bunday chora-tadbirlar bolada faqatgina salbiy motivatsiyani vujudga keltirishini e'tirof etgan. O‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, Torndayk real inson turli rejadagi o‘z ehtiyojlari hamda talablari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o‘quv faoliyatiga aloqador bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, motivlashtirish nuqtai nazaridan qaralganda, mustahkamlashning alohida bitta tizimiga sig‘maydi. J. Bruner o‘qish motivlari masalasiga Torndaykdan boshqacharoq yondashadi. U o‘zining “O‘quv jarayoni” nomli kitobida o‘quvchining real, yetarli darajada uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va nazariy muammolarini e'tirof etgan. J. Bruner faqat o‘qishni motivatsiyalash, ya'ni har doim ham o‘qish jarayoniga undovchi, anglangan omillar haqidagina emas, shu bilan birga, o‘quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo‘lsa ham, ulardagi ayrim yo‘nalishlar diqqatga sazovordir. Bu, birinchi navbatda, o‘qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo‘ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo‘yilishidir. Shuni e'tirof etish kerakki, ushbu ichki qanoat hissi keyinchalik bilim olishga yo‘naltirilgan ijobiy motivatsiya bilan uyg‘unlashib ketadi. E. Deci ichki motivlarni tug‘ma, inson tug‘ilishiga xos bo‘lgan motivlar deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hamma insonlar o‘zini-o‘zi baholashga nisbatan differensiallashmagan zaruriyat bilan tug‘iladilar. O‘quvchi imkoniyatlarini aniqlash va ularni yuzaga chiqarishdagi samaradorlik o‘qituvchining ustaligiga, uning vaqtida yordamga kelishi, o‘quvchi bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish mahoratiga bog‘liq. D.N.Uznadze boshlang‘ich ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Tahsildagi asosiy narsa ta'lim berilayotgan predmetdan ko‘ra ko‘proq ushbu jarayonda faollashadigan kuchlarning rivojlanishiga bog‘liq. Motivlar ehtiyojga undaydigan stimulga asosan tashqi va ichki motivlarga ajratiladi. Shaxsning axloqiyligi, yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda: shaxsiy va jamoa motivlari, g‘oyaviy va axloqiy motivlarni ajratish mumkin. Shunday qilib, ko‘p hollarda motivlar faoliyatga undovchi kuch sifatida baholanadi. Motivlarni tasniflashda keng tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish mumkin. Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan. I.A.Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovning kitobida: umumlashtirilgan barqaror motivlar (muvafaqqiyatsizlikdan qochish va muvafaqqiyatga intilish motivlari), aniq barqaror motivlar(aniq kasbiy faoliyatdagi faollik), umumiy beqaror motivlar va aniq beqaror motivlarga (aniq qisqa muddatli maqsadlari mavjud) ajratilgan. Respublikamizda hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev, G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova, E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. E. G’oziev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning rivojlanishi, bilish jarayonining qiziqarli tashkil etilishi o‘quvchilar faoliyatida yangi muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai ekanligini aytib o‘tadi. Olim o’quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o’rganilgan sohalaridan biri bo’lgan o’qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, emperik tomonlarini yoritib berdi. V.Karimova motiv motivatsiyaga nisbatan aniqroq, torroq tushuncha hisoblanib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. V.A.Tokarevaning tadqiqotlarida o‘quvchilar o‘quv faoliyati motivlarini o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Uning fikricha, o‘qish motivlari o‘zgarishi uchun yasama vaziyat va sharoitlar zarur emas, bularning barchasi kundalik hayotda va ta'lim jarayonida shakllanadi. A.A.Fayzullaev motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1- qo‘zg‘alishning anglanishi; 2 – motivning qabul qilinishi; 3 – motivning hayotga tatbiq qilinishi; 4 – motivning mustahkamlanishi; 5 - qo‘zg‘alishning faollashuvi. Birinchi bosqich qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va anglanishi. Qo‘zg‘alishning to‘liq anglanishi qo‘zg‘atishni qanday predmet chaqirganligini anglash bilan hamda mazkur harakatni amalga oshirish usullari va natijasini tushunib yetish bilan belgilanadi. Ikkinchi bosqich motivning qabul qilinishi. Muallif buni qo‘zg‘alishning ichki jihatdan qabul qilinishi bilan tushuntiradi. Bu bosqichda odam o‘zining axloqiy prinsiplari, qadriyatlari va boshqalarni tahlil qilib ko‘rib, paydo bo‘lgan ehtiyoj, mayl va uning hayoti uchun naqadar muhimligi, ularni qondirish kerakmi - yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Uchinchi bosqich bu motivning amalga oshirilish bosqichi bo‘lib, bu jarayon davomida konkret vaziyatlarga va motivning bajarilishiga bog‘liq holda motivning psixologik mazmuni o‘zgarishi mumkin. To‘rtinchi bosqich motivning mustahkamlanishi hisoblanib, bu bosqich natijasida motiv xarakter belgisiga aylanadi. So‘nggi bosqich potensial qo‘zg‘alishning faollashuvi bo‘lib, bu holatda xarakterning ma'lum belgisi anglangan va anglanmagan holda yuzaga chiqadi. E.Z.Usmonova o‘zining tadqiqot ishlarida ikki asosiy motivatsiya toifasini ko‘rsatib o‘tgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi tashqi motivatsiyaga, bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub, deydi. Biz tadqiqotimizda maktab o‘quvchilarida yetakchi hisoblanmish o‘qish faoliyati motivlarini o‘rganishga harakat qildik. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan. Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar. Prezidentimiz I.A Karimov ta'kidlab o‘tganlaridek: “Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda”. Ayniqsa, xalq ta'limining asosiy va muhim bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta'limni takomillashtirish hamda uning kadrlar tayyorlashdagi rolini oshirish hozirgi kunda muhim masalalardan biridir. O‘quvchi maktabga kelgan kunidanoq o‘qishga havas qo‘yishi, savodli o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallay olishi lozim. Bu esa har bir o‘quvchida ta'limga bo‘lgan qiziqish mavjud bo‘lishini talab etadi. O‘quvchilarda ta'limiy qiziqishlarni tarkib toptirish esa bir muncha murakkab jarayondir. Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan qonun va farmoyishlar ana shu faktorlarni o‘zida mujassam etganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Bunda umumiy ta'lim maktablarida dars berish sifatini oshirish asosiy mazmunni tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasini o‘rganib chiqish, ularning qiziqishlari, intilish va xohishlarini, istaklarini inobatga olgan holda darslarni tashkil etish yoki o‘quvchilarning o‘quv–biluv faoliyatini maqsadli yo‘naltirish bilan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning ta'minlanishini bugungi kun maktab amaliyoti ko‘rsatmoqda. Ma'lumki, darslarni tashkil etish va dars davomida o‘quvchilarning faolligini ta'minlash uchun avvalo o‘quvchilardagi o‘quv–biluv motivlarini inobatga olish yoki ularning fanga bo‘lgan motivlarini shakllantirish zarur. Bunga asosiy sabab o‘quvchilardagi o‘quv – biluv motivlari, umuman, motivlar faoliyatning tayanch asosini tashkil etishidadir. Motivlar – didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi. Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagicha: Motiv – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi. Motiv – insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa chiqaradi. Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik. Motiv (lot. moteo – harakatlantiraman, fransuz. motiv – undovchi sabab) shaxsni aqliy harakatga va hulq-atvorni amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog‘liq mayl yoki sababiyat. Motivlarning asosiy funksiyasi insonni harakatga undovchi sabablar, ichki turtkilar vazifasidan iborat. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, xatti – harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv xatti-harakat va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va shakllanadi. Motiv mazkur negizda o‘sib, barqarorlashib borib, ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga ta'sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq ravishda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Lekin “motiv – faoliyat”, “maqsad - harakat”, “sharoit - operatsiya” holatlari o‘rtasida qat'iy aloqa hukm surmaydi. Goho motiv turtki, qo‘zg‘atuvchi, undovchi singari istilohlar bilan aynanlashtiriladi. Motivlar ehtiyojlarning ifodachisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. Xuddi shu boisdan motivlar shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan uzviy aloqada. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq qo‘llashga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi va o‘z navbatida motivning shakllanishiga yordam beradi. M.H.Saidov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘at” kitobida motivga quyidagicha ta'rif beriladi:
1) sub'ekt ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; sub'ekt faolligini yuzaga chiqaruvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi tashqi yoki ichki shartlar majmui. 2) narsa faoliyati yo‘nalishini tanlashga rag‘batlantiruvchi va uni belgilovchi, shuning uchun mavjud bo‘luvchi. 3) shaxsning harakatlar va hulq–atvorlarini tanlashi asosida yotuvchi idroklangan sabab. Psixologiyada motivga izlanuvchi faollik jarayonida ehtiyojlarning amalga oshishi sifatida qaraladi. Motivning rivojlanishi narsa mohiyatini o‘zgartiruvchi faoliyatlar doirasini o‘zgartirish va kengaytirish orqali yuz beradi. Sotsiologiyada motivga muayyan ne'matlarga faoliyatning xohlagan sharoitlariga erishishda idroklangan ehtiyoj deb qaraladi. “Motivlash (frans. qo‘zg‘atish) organizm faolligini uyg‘otuvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi turtki, motivlovchi omillarning nisbati mustaqil 3 sinfga farqlanadi. Faollik manbai bo‘lib, ehtiyoj va instinktlar hisoblanadi”.
Motiv - kishining ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni. Q.Turg‘unovning “Ruscha-o‘zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug‘ati”da motiv (lat. moveo - harakatlantiraman) odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab sifatida ko‘rsatiladi. Motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi deb ta'rif beriladi. Motivatsiya – motivlashtirish: shaxsning nima uchun ma'lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilinganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya. Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib kelgan. Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida ham inson va uning ruhiyati, kechinmalari, maqsadli faoliyatlari yuzasidan qarashlari bayon etilgan. Inson faoliyati asosida turli-tuman maqsadlar yotadi. Maqsadlarni esa ma'lum ehtiyojlar yuzaga keltiradi. Ana shu jarayonlar, unda insonga nisbatan inson omilining ta'siri Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘z aksini topgan. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Farobiy (879-950) bolalarning fe'l-atvoriga qarab ta'lim–tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanish kerak deb hisoblagan: 1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta'lim – tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llaniladi. 2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim. Ya'ni u avvalgi usulga ilhomlantiruvchi, ikkinchi usulni esa majbur etish usuli deb biladi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘z asarlarida ta'limning ko‘rsatmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o‘rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va oliyjanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. Bu tamoyillar albatta o‘quvchida o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ya'ni unda o‘qishga nisbatan motiv yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, bilim olish uchun o‘quvchilarda avvalo intilish va qiziqish bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, nimanidir o‘rganish, tadqiq qilish uchun insonda intilish, harakat va qiziqish bo‘lmasa, u hech narsaga erisha olmaydi. Olimning mazkur fikrlarini fan tilida o‘quv faoliyatiga nisbatan ehtiyoj tug‘ilsagina o‘quv motivlari shakllantirilishi mumkin, deya talqin qilsa bo‘ladi. Ta'limda o‘quvchini zeriktirmaslik uchun o‘rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O‘quvchi fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u “Har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor” deyilganidek, ularga qiziqadi va o‘qishni istaydi. Bir xil narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashga zo‘r berib, yosh o‘quvchilarni toliqtirib va zeriktirib qo‘ymasdan, turli psixologik usullarni qo‘llashni, shu orqali ularning tafakkurini boyitib, bilimlarini chuqurlashtira borishni ilgari surgan buyuk olimdir. Ya'ni o‘qishga nisbatan bo‘lgan qiziqishni so‘ndirmaslik uchun bolalarning yoshiga xos psixologik xususiyatlar albatta inobatga olinishi kerakligini e'tirof etadi. Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda ilm olish uchun talablarni keltirib chiqaradi. “Maqsad gapni cho‘zish emas, - deydi Beruniy – balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutloq tinch, sokin holatda bo‘ladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya'ni mazkur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samarasidir, ya'ni mehnat quroli orqali harakatga keladi va namoyon bo‘ladi. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan kuch deb atagan. Nihoyat, uchinchi kuchni esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntirib beradi. Ya'ni shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga, ro’yobga chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. Alloma nazarida, shu kabi uch holat bilan bilim olish izohlanadi. Abu Ali ibn Sino “Tadbir ul manozil” asarining maxsus bo‘limida bolani maktabga jalb qilish haqida to‘xtalgan. Asarda u bola jamoada bolalar bilan o‘qisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi, deydi. O‘qitish bolaning mayl va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishini ta'kidlaydi. O‘qituvchi bolalarga ta'lim berishga kirishishdan oldin, o‘quvchining xulq-atvorini o‘rganishi va bilimlarini tekshirib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Avvalo, u o‘quvchining nimaga e'tibor berishini tekshirib ko‘rishi lozimligini uqtiradi.. Temuriy shaxzoda Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) fikricha, maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislardan o‘quvchilar bilan rasadxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etadi, bunga o‘zi rahbarlik qildi. Uning fikricha, bolalarning bilim olishni istamasligi mudarrisning nodonligidandir, chunki bunday tarbiyachilar ta'lim usullarini noto‘g‘ri qo‘llash bilan bolalarning bilimga qiziqishini so‘ndiradi. Mudarris, avvalambor, o‘zini tarbiyalashi, bilim va malakalarni egallashi lozim. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rinni egallaydi. Uning ilmlarni o‘rganish yo‘llari haqidagi ta'limoti, shaxsiy na'muna bo‘lish usullari g‘oyatda muhimdir.
Samarqand pedagogika muhitining yorqin namoyandalaridan biri Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy (1864-1927) ning pedagogik faoliyatiga chuqur nazar solinsa, shu narsa alohida ko‘zga tashlanadiki, u eski maktab ta'lim – tarbiya uslubining eng ilg‘or tomonlarini qabul etgan holda, masalan, kerakli ma'lumotni yod olish, keyin uni izohlab bera olish, o‘quv va tarbiya ishiga ongli yondashuv asosida qurishga harakat qilgan. U mashg‘ulotlarni qat'iy jadval asosida o‘zbek, rus va tojik tillarida olib borgan. Tabiatshunoslik, geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan, bu mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi o‘z shogirdlariga olam sirlari va ularni egallashlari lozimligi haqida qiziqarli tarzda hikoyalar qilib bergan. Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Muayyan ma'naviy ehtiyojlarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan kishilarda ilm-fanni o‘rganishga, halol mehnat qilib, kasb-hunar egallashga, malaka oshirishga ishtiyoq ham bo‘lmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida avval yoshlarni tarbiyalab, ya'ni ularda ta'limga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqishlarni tarkib toptirib, keyin ularga ta'lim berganlar. Haqiqatan ham, bilimga, ilmga ehtiyoj anglangan motivlar tizimidir. Ularni ta'lim oluvchilarda tarkib toptirish va rivojlantirish muammolari sharq allomalarining asarlarida ilmiy asoslab berilgan. Motivlar shaxs faolligini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida g‘arb olimlari e'tiborini tortib kelgan. Bugungi kunga qadar psixologiya fanida motivning mohiyati xususida juda xilma-xil ta'riflar keltirilib o‘tiladi, jumladan, xohishlar, tasavvurlar, g‘oyalar, kechinmalar (BojovichL.I.), ehtiyojlar, hissiyotlar, moyilliklar (X.Xekxauzen) istak-xohish, odatlar, fikrlar, psixik jarayonlar, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari (K.K.Platonov), tashqi olam predmetlari (A.N.Leontev), ko‘rsatmalar(A.Maslou), bevosita harakatlarini belgilab beruvchi hissiyotlar (V.S.Merlin), shaxsning faoliyati sohasidagi mushohadaliligi (J.Godfrua) kabi. Bundan tashqari, motiv va motivatsiya bilan bog‘liq muammolar xorij psixologlaridan E.Torndayk, U.Makdaugoll, J.Bruner, D.Atkinson, A.Maslou, G.Ollport, G.Xekxauzen, G.Rozenfeld tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning “Buyuk didaktika” asari jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biridir. Komenskiy o‘z asarlarida o‘quvchilardagi o‘qishga qiziqishni ularning bilimni o‘zlashtirishlari uchun zaruriy shart hisoblanishini ta'kidlaydi. U barcha vositalar bilan o‘quvchilarda bilim olish ishtiyoqini uyg‘otishni taklif etadi va shu masala yuzasidan ko‘rsatmalar beradi: o‘quvchilarga o‘rganilayotgan materiallarning ahamiyatini, egallagan bilimlarning mohiyatini tushuntirish lozim, ularni rag‘batlantirish, mashg‘ulotning qiziqarli bo‘lishiga harakat qilishi lozim. U darsliklar ham o‘quvchilarning o‘qishga mehr qo‘yishga undashi lozimligini, buning uchun darsliklar tushunarli tilda yozilishi, tashqi ko‘rinishi bolalarni qiziqtiradigan bo‘lishi kerakligini aytib o‘tadi. Barcha narsalar bolalarning yosh xususiyatiga mos bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, bola tabiati quvnoqlik, hazilkashlik, sho‘xlikka moyil bo‘lib, jiddiylik va rahmsizlikni xush ko‘rmaydi. Demak, turmushda qachondir zarur bo‘ladigan jiddiy narsalarni o‘rganishi, shunda ham oson va mamnuniyat bilan o‘rganishi uchun foydali narsalarni qiziqarli shaklda bayon yetish, shu yo‘l bilan bola aqlini biz istagan tomonga qaratish lozim. O‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomi qiziqarli bo‘lib kitoblarning mazmunini to‘liq ifodalab bersin. U yana bir muhim jihat, ya'ni ko‘rsatmali o‘qitishda ma'lum tartibga amal qilish va shu asosda o‘quvchilar diqqatini markazlashtirish lozimligini uqtiradi. Motivga g’arb olimlari tomonidan turlicha ta'riflar keltirilgan. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida shunday yozgan: “motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan insonni harakatga undovchi sabablar majmuasidir; motiv – insonni u yoki bu harakatga undovchi kuchdir”. S.L.Rubinshteyn motivni “u yoki bu mayl, zaruriyat, qiziqish inson uchun maqsad bilan munosabatdoshlikda harakat motiviga aylanadi”, deb tushuntiradi. S.L. Rubenshteynning fikricha, motiv bu ehtiyojlarning his qilinishi va qondirilishidir. A. Maslauning ta'kidlashicha, motiv deganda ma'lum bir talabni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning u yoki bu faoliyatga undovchi ichki intilishi sifatida baholab, o‘z nazariyasiga asosan 5 ta asosiy talabni ko‘rsatib o‘tadi. A.N.Leontev motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab, motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir deb ta’rif beradi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin (1890-1947) motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir aniq vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat va kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‘sha ma'lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok, ichki bir hozirlikni – dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma'noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta'sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. R. Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi: har qanday motivlarning orqasida uning ehtiyojlari yotadi. Ya'ni avvalo shaxsda ma'lum ehtiyojlar paydo bo‘ladi, aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq ravishda motivlar namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlar ikki guruhga ajratiladi: 1. Biologik ehtiyojlar, 2. Ijtimoiy ehtiyojlar. Shaxsdagi ehtiyojlar ijtimoiy hayot talabidan kelib chiqqan tarzda yuzaga keladi. Ya'ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy me'yorlar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. V.S. Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanishi jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: turli motivlar bora-bora o‘zoro bog‘liq va bir-biriga tobe bo‘lib borib, oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi. V. M. Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etadi. Motivlar ta'limda samaradorlikka erishishning zarur shartidir. Psixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat T. Olport asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqining o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.
1. Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik. 2. Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish. 3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun o‘qish. 4. Muvaffaqqiyatga erishish yoki muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish. 5. Majburlab yoki qo‘rqqanidan o‘qish. 6. Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga asoslangan o‘qish. 7. Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish. 8. Ijtimoiy maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim. E. Torndayk o‘quv jarayonini u yoki bu qo‘zg‘atuvchiga (stimulga) javob reaksiyasining holati bilan bog‘liqligini, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o‘rtasidagi ma'lum aloqani o‘rnatish bilan izohlanishini aytib o‘tadi. Torndayk kishi o‘zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro‘yxushlikning hamda o‘zi xohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyillikning ta'sirini o‘rganishga harakat qiladi. U bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha samarasiz va kuchsizdir, degan xulosaga keladi. Keyingi tadqiqotlarida esa, rag‘batlantirish, umuman, jalb etish barcha aloqalarni saqlash va kuchaytirish salohiyatiga, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqlikka o‘zgartirish xususiyatiga egaligini ta'kidlab o‘tadi. Torndayk bolaning ijobiy o‘quv motivatsiyasini uni jazolash orqali hosil qilib bo‘lmasligini, bunday chora-tadbirlar bolada faqatgina salbiy motivatsiyani vujudga keltirishini e'tirof etgan. O‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, Torndayk real inson turli rejadagi o‘z ehtiyojlari hamda talablari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o‘quv faoliyatiga aloqador bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, motivlashtirish nuqtai nazaridan qaralganda, mustahkamlashning alohida bitta tizimiga sig‘maydi. J. Bruner o‘qish motivlari masalasiga Torndaykdan boshqacharoq yondashadi. U o‘zining “O‘quv jarayoni” nomli kitobida o‘quvchining real, yetarli darajada uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va nazariy muammolarini e'tirof etgan. J. Bruner faqat o‘qishni motivatsiyalash, ya'ni har doim ham o‘qish jarayoniga undovchi, anglangan omillar haqidagina emas, shu bilan birga, o‘quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo‘lsa ham, ulardagi ayrim yo‘nalishlar diqqatga sazovordir. Bu, birinchi navbatda, o‘qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo‘ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo‘yilishidir. Shuni e'tirof etish kerakki, ushbu ichki qanoat hissi keyinchalik bilim olishga yo‘naltirilgan ijobiy motivatsiya bilan uyg‘unlashib ketadi. E. Deci ichki motivlarni tug‘ma, inson tug‘ilishiga xos bo‘lgan motivlar deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hamma insonlar o‘zini-o‘zi baholashga nisbatan differensiallashmagan zaruriyat bilan tug‘iladilar. O‘quvchi imkoniyatlarini aniqlash va ularni yuzaga chiqarishdagi samaradorlik o‘qituvchining ustaligiga, uning vaqtida yordamga kelishi, o‘quvchi bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish mahoratiga bog‘liq. D.N.Uznadze boshlang‘ich ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Tahsildagi asosiy narsa ta'lim berilayotgan predmetdan ko‘ra ko‘proq ushbu jarayonda faollashadigan kuchlarning rivojlanishiga bog‘liq. Motivlar ehtiyojga undaydigan stimulga asosan tashqi va ichki motivlarga ajratiladi. Shaxsning axloqiyligi, yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda: shaxsiy va jamoa motivlari, g‘oyaviy va axloqiy motivlarni ajratish mumkin. Shunday qilib, ko‘p hollarda motivlar faoliyatga undovchi kuch sifatida baholanadi. Motivlarni tasniflashda keng tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish mumkin. Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan. I.A.Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovning kitobida: umumlashtirilgan barqaror motivlar (muvafaqqiyatsizlikdan qochish va muvafaqqiyatga intilish motivlari), aniq barqaror motivlar(aniq kasbiy faoliyatdagi faollik), umumiy beqaror motivlar va aniq beqaror motivlarga (aniq qisqa muddatli maqsadlari mavjud) ajratilgan. Respublikamizda hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev, G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova, E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. E. G’oziev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning rivojlanishi, bilish jarayonining qiziqarli tashkil etilishi o‘quvchilar faoliyatida yangi muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai ekanligini aytib o‘tadi. Olim o’quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o’rganilgan sohalaridan biri bo’lgan o’qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, emperik tomonlarini yoritib berdi. V.Karimova motiv motivatsiyaga nisbatan aniqroq, torroq tushuncha hisoblanib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. V.A.Tokarevaning tadqiqotlarida o‘quvchilar o‘quv faoliyati motivlarini o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Uning fikricha, o‘qish motivlari o‘zgarishi uchun yasama vaziyat va sharoitlar zarur emas, bularning barchasi kundalik hayotda va ta'lim jarayonida shakllanadi. A.A.Fayzullaev motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1- qo‘zg‘alishning anglanishi; 2 – motivning qabul qilinishi; 3 – motivning hayotga tatbiq qilinishi; 4 – motivning mustahkamlanishi; 5 - qo‘zg‘alishning faollashuvi. Birinchi bosqich qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va anglanishi. Qo‘zg‘alishning to‘liq anglanishi qo‘zg‘atishni qanday predmet chaqirganligini anglash bilan hamda mazkur harakatni amalga oshirish usullari va natijasini tushunib yetish bilan belgilanadi. Ikkinchi bosqich motivning qabul qilinishi. Muallif buni qo‘zg‘alishning ichki jihatdan qabul qilinishi bilan tushuntiradi. Bu bosqichda odam o‘zining axloqiy prinsiplari, qadriyatlari va boshqalarni tahlil qilib ko‘rib, paydo bo‘lgan ehtiyoj, mayl va uning hayoti uchun naqadar muhimligi, ularni qondirish kerakmi - yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Uchinchi bosqich bu motivning amalga oshirilish bosqichi bo‘lib, bu jarayon davomida konkret vaziyatlarga va motivning bajarilishiga bog‘liq holda motivning psixologik mazmuni o‘zgarishi mumkin. To‘rtinchi bosqich motivning mustahkamlanishi hisoblanib, bu bosqich natijasida motiv xarakter belgisiga aylanadi. So‘nggi bosqich potensial qo‘zg‘alishning faollashuvi bo‘lib, bu holatda xarakterning ma'lum belgisi anglangan va anglanmagan holda yuzaga chiqadi. E.Z.Usmonova o‘zining tadqiqot ishlarida ikki asosiy motivatsiya toifasini ko‘rsatib o‘tgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi tashqi motivatsiyaga, bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub, deydi. Biz tadqiqotimizda maktab o‘quvchilarida yetakchi hisoblanmish o‘qish faoliyati motivlarini o‘rganishga harakat qildik. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan. Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar. Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib kasb tanlash jarayonini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik. Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreyeva, A.N.Bodalev, F.V.Bassin, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vo‘chatskiy, A.V.Vedenov, Yu.M.Zabrodin, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, G.A.Kitvel, Ye.S.Kuzmin, M.S.Kagan, V.S.Merlin, V.N.Myasishchev, V.S.Magun, I.G.Pavlov K.K.Platonov, B.D.Paro‘gin, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘oziyevlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixohlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. Kasb tanlash jarayoni esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda professor E.G‘oziyev tomonidan talaygina ilmiy mulohazalar bildirilgan. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga subyektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik - subyekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, «subyekt-subyekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday subyekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi muammosini yechish, shaxs subyekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozisiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan. Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar. Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib kasb tanlash jarayonini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdim Foydalanilgan adabiyotlar 66 G’oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi): PedҒозиев Э. Психология: (Ёш даврлари психологияси): Пед. Ин-тлари ва ун-тларнинг талабалари учун ўқув қўл. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 244 б. 67 Haydarov F.I., Xalilova N.I., Umumiy psixologiya. –T.: 2010-yil. 68 Haydarov F.I., Xalilov N.I. Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi (o’quv qo’llanma). –T.: “Mehnat” nashriyoti, 2007-yil, 178 b. 69 Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti , 1997-yil, 246 b. 70 Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild, -T.: “Oqituvchi” nashriyoti, 1995-yil, 461 b. 71 Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 2010-yil. 424 b. 72 Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M. va boshqalar. Pedagogika tarixi: (pedagogika oliy o’quv yurtlari va dorilfunun talabalari uchun o’quv qo’llanma.). –T.: O’qituvchi, 1996-yil. V. Qoshimcha adabiyotlar. 73 Abdullaeva M. (ma’sul muxarrir), Jalolov A., Nazarov Q., Nosirov R., Otamurodov S., Ochildiev A., Ro’ziev R (rahbar), Sharipov A., Shermuhamedov S., Haitov Sh., Hoshimova I. Falsafa: ensiklopedik lug’at. T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010-yil, 344 b. 74 Djuraev R.X., Tolipov O’.Q, Safarova R.F., To’raqulov X.O., Inoyatova M.E., Divanova M.S. Pedagogik atamalar lug’ati. –T.: “Fan” nashriyoti, 2008-yil. 75 Hasanboev J., To’raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Pedagogika fanidan izohli lug’at. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008-yil. 480-bet. 76 Qiyomiddin Nazirov (tuzuvchi). Falsafa qomusiy lug’at. –T: “Sharq” nashriyoti. 2004-yil, 496 bet. 77 Turg’unov Q., Ruscha-o’zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug’ati. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 1975-yil, 195 b. 78 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4 tom. Toshkent.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2002-yil. 704-bet. VI. Davriy nashrlar va ilmiy maqolalar to’plami. 79 “Kasb-hunar ta’limi” jurnali 2007-yil. №1 80 “Kasb-hunar ta’limi” jurnali. 2008-yil. №2 81 “Ma’rifat” gazetasi. 2012-yil. 28-noyabr, № 94 (8535). 82 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiningijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2012-yil. 7-noyabr. №45(210). 83 “O’quvchilarning milliy ma’naviyatini shakllantirishda boshlang’ich ta’limning o’rni” mavzusuga bag’ishlangan ilmiy maqolalar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent. 2010-yil. VII. Internet saytlari. 84 www. tdpu. uz 85 www.Ziyonet. Uz 86 w.w.w.google.uz . Download 106.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling