Mustaqil ish guruh: Bajardi: Qabul qildi: Navoiy-2023 mavzu: Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv yemirilish qonuni, radioaktiv siljish qoidalari
Download 145.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: _________________________ Qabul qildi: ______________________ Navoiy-2023
- Radioaktivlik
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI __________________________________________ FAKULTETI ____________________________________________ fanidan MUSTAQIL ISH Guruh: _________________________ Bajardi: _________________________ Qabul qildi: ______________________ Navoiy-2023 MAVZU: Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv yemirilish qonuni, radioaktiv siljish qoidalari. Reja: Radioaktivlik hodisasi haqida umumiy tushuncha. Radiaktiv yemirilish qonuni. Radiaktiv siljish qoidalari. Radioaktivlik (lotinchadan radio — nurlanish, radius — nur va activus — taʼsirchan) 1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel kashf etdi. A. Bekkerel uran metalli birikmalari boigan ruda ko‘zga koʻrinmaydigan, ammo fotoplastinkaga taʼsir qiladigan nurlar chiqarishini payqadi. Agar qorong‘i uyda bir parcha uran rudasi fotoplastinka ustiga bir necha kun qo‘yilib, so‘ngra plastinka ochtirilsa, unda ruda parchasining tasviri tushib qolganini ko‘rish mumkin. Radioaktivlik hodisasini Bekkerel ana shu yo‘l bilan topgan. Bekkerel kashfiyotidan ko‘p oʻtmasdan bunday ko‘zga ko‘rinmas nurlami boshqa moddalar ham chiqarishi aniqlangan. Barcha bunday moddalar radioaktiv moddalar deb, moddalarning bunday nurlar chiqarish xususiyati esa radioaktivlik deb atala boshlandi. Radioaktivlik hodisasini o‘rganish sohasida fransuz olimlari Mariya Sklodovskaya-Kyuri va Pyer Kyurilaming xizmati katta bo‘ldi. Ular bir necha tonna uran rudasini qayta ishlab, fanga maʼlum bo‘lmagan metallning bir grammiga yaqin miqdorini ajratib olishgan. Bu metallning radioaktivligi uranning radioaktivligidan bir necha million marta ortiq ekanligi aniqlandi. Olimlar bu metallni radiy deb atashgan (radiy — nurli demakdir, lotincha radius — nur so‘zidan olingan). Olimlar radioaktiv parchalanish jarayoniga tabiatdagi qanday kuchlar taʼsir eta oladi (uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi) degan savolga javob izlay boshladilar. Izchil tekshirishlar natijalaridan maʼlum bo‘ldiki, juda yuqori yoki juda past harorat, kuchli elektr va magnit maydonlari, yuqori bosim va tezlanishlar, kuchli kimyoviy reaktivlar ham radiyning parchalanish jarayoniga taʼsir eta olmasligini ko‘rsatdi. Pyer va Mariya Kyurilar radiy donachasini magnit maydoniga qo‘yib, bir jinsli boʻlgan radioaktiv nurlar dastasini maydon taʼsirida ikki dastaga ajralishini payqadilar. Bu dastalardan birida radioaktiv zarrachalar oldingi yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi, ikkinchisida esa bir tomonga og‘ib, o‘z yo‘lini o‘zgartiradi. Nurlarning og‘ish yo‘nalishi va burchagiga qarab, og‘uvchi nurlar manfiy zarralar oqimi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Juda sinchiklab tekshirishlar natijasi bu nurlarning elektronlar ekanligini ko‘rsatdi. Uchib chiqayotgan elektronlaming tezliklari turlicha bo‘lib chiqdi. Magnit maydon taʼsirida og‘uvchi dastada tezliklari yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi elektronlar ham uchraydi, Radioaktiv nurlarning magnit maydonida og‘maydigan qismi qanday tabiatga ega ekanligini aniqlashgina qoldi. Ingliz fizigi Ernest Rezerford bu masalani hal qilishga kirishdi. U Pyer va Mariya Kyurilar tajribasini kuchli magnit maydonida oʻtkazishga ahd qiladi. E.Rezerford tajribasida radioaktiv nurlarning Pyer va Mariya Kyurilar tajribasidagi magnit maydon taʼsirida og‘maydigan qismi kuchli magnit maydonda ikkita dastaga ajralishi kuzatildi. Bu dastalardan biri magnit maydon taʼsirida mutlaqo og‘may, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab boradi, ikkinchisi esa elektronlaming og‘ish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga biroz og‘adi. Rezerford o‘z tajribasi natijalarini tahlil qilib, radioaktiv nurlaming bu qismi musbat zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat degan xulosaga keladi. 1896 yilda Fransuz olimi Bekkerel uranning va uran birikmalarining kuzga kurinmas nurlar chikarishini va ular odatdagi nurlarni utkazmaydigan kora kogozdan fotoplastinkaga utib ta'sir etishi natijasida xavoni ionlanishini anikladi. Bu xodisani urganishni Fransuz olimlari Pyer va Mariya Kyurilar davom ettirdilar va 1896 yilda atom massalari 226 va 210 ga teng bulgan, ikki yangi element Radiy (Ra) va Poloniy (Ro) ni kashf etdilar. M.S.Kyuri taklifiga binoan moddalarning uz-uzidan nur tarkatish xodisasi radioaktivlik deb, bunday xodisaga ega bulgan moddalar esa radioaktiv moddalar deb nomlandi. Radioaktiv nurlar moddalarni (masalan, suv, vodorod xlorid va xokazo) xamda tirik tukimalarni parchalaydi, lekin oz mikdori usimliklar usishiga kumaklashadi. Radioaktiv nurlar, nurlardan tashkil topgan. Masalan, usti teshik kurgoshin idishga radioaktiv preparatni joylashtirib, teshik karshisiga fotoplastinka urnatsak, plastinkada kora doglar paydo buladi. Bu esa radioaktiv preparatdan kandaydir nurlar tarkalayotganligini isbotlaydi (2-rasm). Agar bu nurlar yuliga magnit yoki elektr maydonini kiritsak fotoplyonkada uch xil dog paydo buladi, bu esa uch xil nur tarkalayotganligini kursatadi. 2-rasmdan kurinadiki, elektr va magnit maydonida nurlarning bir okimi (nurlar) manfiy kutbga, ikkinchi okimi (nurlar) musbat kutbga buriladi, uchinchi okimi nurlar esa uz yunalishini uzgartirmaydi. - nurlar musbat zaryadli zarrachalar okimi bulib, ularning zaryadi elektron zaryadidan ikki marta ortik. Bu zaryadning massasi 4 u.b.ga teng. -zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni ekanligi 1909 yilda isbotlandi. U material maydon xarakatida elektron kabul kilib, geliy atomiga aylanadi.
Download 145.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling